13-mavzu. Auditning standartlari va auditning uslubiyati (2 soat) Dars o’quv maqsadi


Auditorlik standartlarining ahamiyati nimadan iborat



Yüklə 19,75 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü19,75 Kb.
#157023
1   2   3   4   5
13-mavzu. Auditning standartlari va auditning uslubiyati (2 soat

Auditorlik standartlarining ahamiyati nimadan iborat? Ularning ahamiyati shundan iboratki, audit sifatining oshishiga, tekshirish natijalarining mukammal va haqqoniy bo’lishiga, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosalarining haqqoniy rasmiylashtirilishiga sababchi bo’lishligidan iborat. Auditorlik standartlari xo’jalik faoliyatini audit qilishda, auditning haqqoniy bo’lishi, audit sifatining oshishi, audit natijalari bo’yicha tuziladigan hisobot va xulosaning haqqoniy tuzilishiga olib keluvchi,sababchi bo’luvchi yuridik hujjat bo’lishligi bilan ahamiyatlidir,ya’ni audit sifatining oshishiga, barcha jarayonlarning haqqoniy tekshirilishiga, yutuq va kamchiliklarning haqiqiy aniqlanishiga, oqibatda tekshiruv pirovard natijalarining haqqoniy rasmiylashtirilishiga asos bo’lishligi bilan auditorlik standartlari katta ag’amiyatga egadir. Boshqacha aytganda, auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga amal qilish audit sifatini oshirish va uning natijalarini ishonchligini kafolatlay olishligi bilan katta ahamiyatga egadir.
Auditorlik standartlarining ahamiyatini quyidagi ko’rsatkichlar bilan ham ifolhdalash mumkin:
-Auditorlik standartlari talablariga amal qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi.,
-Auditorlik standartlari muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi.
Auditorlik standartlarining maqsadi bo’lib nima hisoblanadi?
Auditorlik standartlarining maqsadi bo’lib, xo’jalikning moliyaviy hisoboti va u bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy axborotlarni me’yoriy talablar - asosida auditorlik tekshiruvini o’tkazish va uning natijalarini qonuniy rasmiylashtish bo’yicha nazariy va uslubiy yo’l-yo’riqlar berish hisoblanadi.
13.2.Auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’rsisida shartnoma. Dastlabki kelishuvlar
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’ladigan shartnoma auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan mijoz korxona bilan auditorlik tashkilotining o’zaro munosabatlarini belgilab beruvchi rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini Uzbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 5-moddasida nomi zikr etilgan shartnoma asosida amalga oshiradilar.Qonunning ushbu moddasida “Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini o’zining fuqarolik javobgarligi xususidagi sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda auditorlik xizmati ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoia asosida amalga oshiradilar” deb ko’rsatilgan.Ushbu shartnomada auditorlik tashkilotining ham, audit o’kaziladigan korxonaning ham huquqlari,majburiyatlari va javobgarliklari aks ettiriladi.

Yüklə 19,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə