13-mavzu. Auditning standartlari va auditning uslubiyati (2 soat) Dars o’quv maqsadi


Shartnoma quyidagi qismlarni o’z ichiga olishi kerak



Yüklə 19,75 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü19,75 Kb.
#157023
1   2   3   4   5
13-mavzu. Auditning standartlari va auditning uslubiyati (2 soat

Shartnoma quyidagi qismlarni o’z ichiga olishi kerak:
1.Shartnomaning predmeti ;
2.Tomonlarning huquq va majburiyatlari;
3.Tomonlarning javobgarligi va shartnomani bekor qilish shartlari;
4.Ishni topshirish tartibi;
5.Shartnoma bo’yicha hisob-kitoblar;
6.Qo’shimcha shartlar;
7.Tomonlarning yuridik manzillari va xizmat qiluvchi banknint rekvizitlari.
Shartnomaning 1-qismida shartnomaning predmeti aniq ko’rsatiladi, ya’ni tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati yoki uning alohida qismi auditning predmeti tariqasida qayd qilinadi. Tekshiriladigan moliyaviy-xo’jalik faoliyatining alohida qismiga misol qilib, hisob-kitob schetidagi pul mablag’larini, yoki debitorlik va kreditorlik qarzlarini yoki boshqa obyektlarni tekshirishni ko’rsatish mumkin. Demak,bu qismda to’liq tekshiriladigan jarayon ham, qisman tekshiriladigan obyekt ham aniq ko’rsatilishi kerak.
Shartnomaning 2-qismida mijoz korxona (buyurtmachi)ning va auditorlik tashkiloti (bajaruvchi)ning huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi.
Buyurtmachining majburiyatlari bo’lib quyidagilar hisoblaadi:
-bajaruvchining xodimlariga (ya’ni auditor va uning yordamchilariga) korxonaning bo’limlariga hech qanday qarshiliksiz bemalol kirishga ruxsat etish;
-auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni taqdim etish.
Bajaruvchining majburiyatlari bo’lib quyidagilar hisoblaadi:
-tekshirishni qonunchilik talablariga mos holda haqqoniy o’tkazish;
-tekshirish jarayonida olingan axborotlarni maxfiyligiga rioya qilish.
Shartnomaning 3-qismida mijoz korxona (buyurtmachi)ning va auditorlik tashkiloti (bajaruvchi)ning javobgrliklari ko’rsatiladi.
Buyurtmachi bajaruvchiga tekshirish uchun taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarning sifati uchun to’liq javob beradi;
Bajaruvchi shartnomada ko’rsatilgan xizmatlarni o’z vaqtida bajarmasa, buyurtmachiga keltirgan zarar uchun javob beradi.
Shartnomaning ushbu-qismida, buyurtmachi, bajaruvchining sifatsiz materiallar taqdim qilganligi to’g’risidagi arizasiga javob bermasa, bajaruvchi shartnomani buzish yoki holat to’g’rilangunga qadar tekshirishni to’xtatib turish huquqiga egaligi ham ko’rsatiladi..
Shartnomaning 4-qismida bajarilgan ishni topshirish tartibi bayon qilinadi. Ishni topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. Tekshirish tugagandan keyin bajaruvchi buyurtmachiga xabar beradi. Buyurtmachi tekshirish natijasini 5 kun ichida ko’rib chiqishi kerak.Kelishmovchiliklar bo’lsa, tekshiruvchi bilan hal qilishi kerak. Masala hal bo’lgandan keyin dalolatnomaga imzo chekib, tasdiqlaydi.
Shartnomaning 5-qismida shartnoma bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi bayon qilinadi.
Shartnomaning 6-qismida quyidagi qo’shimcha shartlar ko’rsatilgan bo’lishi mumkin:
1.shartnoma bo’yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar arbitraj organlari orqali hal qilinishligi;
2.shartnomaga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar, yozma shaklda rasmiylashtirilgan bo’lib, ikki tomon ham imzo chekkan taqdirda, haqiqiy hisoblanishligi.
Shartnomaning 7-qismida tomonlarning yuridik manzillari va ularga xizmat qiluvchi banknint rekvizitlari ko’rsatiladi, ya’ni:
1.buyurtmachiga xizmat qiluvchi bank nomi va buyurtmachining undagi hisob-kitob schetining raqami;
2.bajaruvchiga xizmat qiluvchi bank nomi va bajaruvchining undagi hisob-kitob schetining raqami;
Tuzilgan shartnoma auditorlik tashkilotining rahbari va xo’jalik yurituvchi subyekt boshlig’i tomonidan imzolanadi hamda ularning pechati bosilib, tasdiqlanadi.Tasdiqlangan shartnoma huquqiy kuchga kiradi va yuridik hujjat bo’lib hisoblanadi.Shundan keyin auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruviga kirishadi.

Yüklə 19,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə