13-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot. Reja



Yüklə 38,42 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü38,42 Kb.
#154413
  1   2   3   4   5   6
13-mavzu


13-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot.


Reja:
1.Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi
2.Migratsiya va urbanizatsiya barqarorlik va beqarorlik omili. Covid19 – muammosi
3.Ta’limga oid Bolonya deklaratsiyasining innovatsion xarakteri
4.Ta’limning mazmuni hamda uni tashkil etish shakllari va usullari


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:


Globallashuv, globalaistika, barqaror taraqqiyot, migratsiya, urbanizatsiya, pandemiya, Covid19, tarbiya, ta’lim, Bolonya deklaratsiyasi, ta’limning Bolonya tizimi, kredit-modul tizimi, ta’limning mazmuni, ta’limni tashkil etish shakllari,darsning didaktik shakllari

1. Globallashuv – lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Ushbu atama Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tomonlariga e`tibor berilgan.


Globallashuv so‘ziga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir. Bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim. Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi”. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”deb ta’kidlaydi.
Yana bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir». U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o‘zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi». 2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’sirini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning yetakchi olimlari hamkor-ligida «Глобалистика международных междудициплинарных энциклопедических словар» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda globallashuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerikalik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim». Keltirilgan fikrdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globallashuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor.
Bundan tashqari, globallashuvni turli soрalarda sodir bo‘layotgan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub’ek-tiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo‘l va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Yana yuqoridagi tushunchalar taxliliga qaytib shuni aloqida ta’kidlash lozimki, bugun bir qator olimlar globallashuv jarayon sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qilgan, degan fikrlarni ham ilgari surmoqdalar. Hatto qadim dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yuzaga kelishi va rivojlanish jarayonlarini «globallashuv» bilan bog‘lash to‘g‘risidagi fikrlar ham uchraydi. Jumladan, yuqorida tilga olingan maqolada Muhammadjon Xolbekov: «Moziyga qaytaylik. Miloddan ol-dingi IV asrda yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy butun Osiyoni qurol kuchi bilan zabt qilib, aslida yarim dunyoni birlash-tirmoqchi, qudratli davlat barpo etmoqchi bo‘lgan va shu tariqa insoniyat tarixida globallashuv jarayonning boshlab bergan. Yoki miloddan oldingi I asrda Rim imperatori Yuliy Sezar ham xuddi shunday yo‘l tutib, butun Yevropani ishg‘ol qilgan va qudratli imperiya sarqadlarini kengaytirgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, insoniyat tarixida zo‘ravonlik bilan bo‘lsada, ikkinchi globallashuvga asos solgan», deb yozadi.
Globallashuv deganda hozirgi sharoitda turli mamlakatlar, davlatlar va xalqarning iqtisodiy madaniyati, ma’naviyatining, odamlar o’rtasidagi o’zaro ta’siri va bog’liqlikning kuchayib borishi tushuniladi. Globallashuvga ta’rif bergan fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bu jarayon uch o’lchovli ekanini ta’kidlaydi:
- globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
- globallashuv – jahonning universallashuv jarayoni;
- globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni deb hisoblaydi.
Globallashuv – murakkab jarayon bo’lib, turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga ta’sirini tahlil qilish jarayonida unga nisbatan jahonda bir-biriga raqobat bo’lgan ikki guruh: globalistlar, ya’ni globallashuv tarafdorlari bo’lsa va unga qarshi aksilglobalistlar guruhi ham mavjud bo’lib, ular bu jarayonga qarshi yondoshuvchilardir. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov “bugungi kunda globallashuv jarayonidan hech bir xalq chetda turishi mumkin emas, shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi mumkin” deb ta’kidlaydi. Globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin haarakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta kuzatishi muqarrar.

Yüklə 38,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə