13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə6/19
tarix11.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#143578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
Bu davrdagi bolalar asosan o‘z xatti-harakatlarini o‘ylab utirmaydilar chunki xatti-harakatlar ularning xohish va hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning xatti-harakatlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yiglashi hamda yigidan tuxtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muhabbat boshqa shaklga o‘tadi. Endi bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtaradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashining boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko‘taring, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning o‘zim qilaman qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
3 yoshdagi krizis: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (xukuki bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qatiylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan kattalarga bildirilgan salbiy xatti-harakat bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 yoshdagi krizis bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglash natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga keladigan xususiyatlar iroda, layoqat va boshqa xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə