13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə8/19
tarix11.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#143578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:
- birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. SHuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir;
- ikkinchidan esa, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar.
Bolalarniig o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir, o‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. SHunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha; bolalar xayolining o‘zi o‘yin jarayonida yuzaga kelib, rivojlanadigan narsadir.
SHuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan bizning hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga guyo, bir mu’jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning xam) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirishi passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir xususiyati, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida. faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi, Albatga, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari xam) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni. O‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodisalarni bilish kuroli bo‘lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. O‘zgacha qilib aytganda, o‘yin kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o‘yin faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyagi, irodasi, temperamenti) yakkol namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. SHuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari, ularning individual ravishda o‘rganish uchun juda kulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgaz uynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta-sekinlik bilan jamoa shaklidan xislatlarga ega bo‘lib boradi.
Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan, ularning jamoa o‘yinlari orqali kuzatish kulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi, Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. CHunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bulingan jamoa o‘yin, bolalardan qat’iy koidalarga buysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. SHuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. CHunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin koidalariga, tartib-intizomga buysunish va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar esa endi o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baxo berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi,
Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nixoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalarning uchun eng yaxshi dakikalari va muvaffaqiyat bilan bog‘liq bo‘lgan musobaka o‘yinlarining ahamiyatliligidir.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vaqt - yutish va muvaffaqiyat bo‘lgan musobaka o‘yinlarining ham ahamiyati juda katta.
Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola sodda mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi,
3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. 3-7 yoshlik davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
- predmetlarni o‘rganishi;
- individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar;
- individual va guruhiy ijod;
- musobaka o‘yinlari;
- muloqot o‘yinlari;
- uy mehnati.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari haqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchogi masalasiga ham tuxtab o‘tish kerak.
Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Ma’lumki, 1-3 yoshdagi bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirgan bo‘ladilar. Ular hali ko‘p narsalarning rangini, xajmini ham yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga qo‘g‘irchoq bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniqsa, qiz bolalar o‘z qo‘g‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoqlarni berish foydalidir.
Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, avvalo, etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, o‘quvlar va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin faoliyati orqali erishadi.

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə