14-amaliy mashg‘ulot. Qishloq xoʻjaligida nizo va stressni boshqarish Reja



Yüklə 122 Kb.
səhifə2/3
tarix07.02.2023
ölçüsü122 Kb.
#100305
1   2   3
14-amaliy mashg‘ulot. Qishloq xoʻjaligida nizo va stressni boshqarish (1)

Amaliy topshiriqlar


1-Topshiriq: Nizoning quyidagi kelib chiqish sabablarini jadvalga toʻgʻri joylashtiring va yozilgan jadvalni tushuntirib bering:
Manmanlik, qaysarlik
Vazifalarning oʻzaro bogʻliqligi
Kommunikasiya - oʻzaro aloqaning qoniqarsizligi
Maqsadlardagi har xillik
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik
Erkinlik, mustaqillik va oʻz kadrini bilishdagi har xillik
1-jadval
Nizo sabablari



Nizo sabablari

Izoh

1.




Hattoki eng ulkan korxonalarda ham resurslar cheklangan boʻladi. Rahbariyat materiallar mehnat va moliyaviy resurslarni oʻz tasarrufidagi boʻlimlarga umum korxona maqsadini amalga oshirish nuqtai nazaridan taqsimlashi kerak. Biriga asossiz koʻp, biriga oz taqsimlash soʻzsiz nizoning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Hamma ham koʻproq undirib olish payida boʻladi.

2.




Mehnat taqsimoti barcha boʻgʻinlarni bir-biri bilan bogʻlab qoʻyadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki bir guruh kishilarning bajaradigan ishi boshqa bir kishi yoki boshqa bir guruh kishiga bogʻliq boʻlib qoladi. Masalan, ishlab chiqarish boʻlimi xodimlardagi mehnat unumdorligining past darajada ekanligini ulardagi uskunalarning sifatsiz taʼmirlanganligi bilan bogʻlab, taʼmirlash boʻlimiga aybni toʻnkayd. Taʼmirlash boʻlimi esa oʻz navbatida boʻlim uchun zarur boʻlgan mutaxassislarni oʻz vaqtida ishga qabul qilmagan kadrlar boʻlimiga shunday eʼtirozni bildiradi va x. Koʻrib turibsizki, noroziliklar hamma boʻgʻinlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga sabab boʻladi.

3.




Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashsa shunchalik boʻlimlar koʻproq oʻz eʼtiborlarini korxonaning umumiy maqsadini bajarishga emas, balki oʻz boʻlimi maqsadini amalga oshirishga qaratdi. Masalan, sotish boʻlimi oʻzining ish koʻlamini oshirish va raqobatbardoshligini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish boʻlimidan imkoniyat boricha mahsulot assortimentini koʻpaytirishni talab qiladi. Ammo, ishlab chiqarish boʻlimi uchun mahsulot assortimentini xilma-xil qilib ishlab chiqarish emas, balki harajat va samaradorlik nuqtai nazardan assortimenti turli-tuman boʻlmagan mahsulotni ishlab chiqarish maʼqulroqdir. Koʻrib turibsizki, bu yerda ham manfaatlar turlicha.

4.




Bu – eng koʻp hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan, boʻysunuvchi oʻz fikrini aytishga har doim haqliman deb aytsa, rahbar bunga javoban: “Yoʻq, siz fikringizni faqat biz soʻragan paytda aytishingiz mumkin” desa, oʻylaysizki nizo uchun vaziyat tugʻilmaydi deb. Tugʻiladi, albatta. Yoki, tadqiqot boʻlimidagi yuqori malakali xodim nima uchun oʻz kadrini bilmasligi kerak. U ham maslahat berishga qodirku.

5.




Shunday xodimlar borki, faqat oʻzining fikrini maʼqullaydi, murosaga hyech ham bormaydi. Bunday odamlar gʻalvaning ini. Ular bilan nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda boʻlish kerak.

6.




Axborotning xoimlarga yetib bormasligi yoki uning juda sust boʻlishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham oqibat boʻlishi mumkin. Agar rahbariyat xodimlariga oʻz vaqtida yangi joriy qilinayotgan ish haqi tizimi toʻgʻrisidagi axborotni yetkazmasa, demakki xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishdagi manfaatdorligi eskiligicha qoladi.




Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə