14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi


E.Denison: iqtisodiy o’sish «arifmetikasi»



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə20/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org

E.Denison: iqtisodiy o’sish «arifmetikasi»


Biz iqtisodiy o’sishning bir omil, (Xarrod, Domar) va ikki omilli (Duglas, Kobb) modellarini ko’rib chiqdik. Amerika iqtisodchisi Edvard Denison ulardan farqli o’laroq iqtisodiy o’sish muammosiga omillarni maydalashtirish va detallashtirish orqali yondashdi. U turli mamlakatlardagi iqtisodiy o’sishni aniq tasavvur qilish uchun iqtisodiy o’sish sur’atiga ta’sir etuvchi bir talay omillarning «hissasini» hisoblab chiqishga harakat qilgan.
Denison G’arbiy Evropa, Yaponiya, AQSh mamlakatlarida o’sish sur’atlari nega bir birlaridan keskin farq qilishini, unga ta’sir etuvchi sabablarni (omillarni) aniqlab berishni o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Bunda iqtisodiy o’sishda qaysi omil birlamchi, qaysi omil ikkilamchi rol o’ynashini ham tadqiq qiladi.
Tahlil keng statistik materiallar yoradamida olib borildi. 23 omil, jumladan, ta’lim darajasi, professional tayyorgarlik, bilim tarqatish, asosiy kapitalning “yoshi” va boshqa omillar ta’sirini aks ettiruvchi mufassal jadval tuzildi. Turli omillarning amal qilishi bir biriga chirmashib ketadi. Ba’zi omillar iqtisodiy o’sishga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatsa, ba’zilari bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Amerika iqtisodchisi barcha omillarni ikki guruhga ajratadi:
«jismoniy» (mehnat va kapital) va «unumdorlik» (texnologiya, joylashish, ko’lami, ixtisoslashuv). O’z navbatida, yiriklashtirilgan omillar ancha mayda shakllarga ajratiladi; masalan, kapital – uy joy, xalqaro aktivlar, imorat-inshootlar va asbob-uskunalarni o’z ichiga olsa, mehnat esa, ishchilarning soni, jinsi, yoshi bo’yicha tuzilishi, ta’lim va ishlatilgan vaqtni o’z ichiga oladi. Mehnatni o’lchashda ketma-ketlik uslubidan foydalaniladi. Avvalo ishlovchilarning umumiy soni olinadi, keyin unumdorlikka ta’sir etuvchi ishlovchilarning sifat tavsifi hisobga olinadi va shunga o’xshash.
Denisonning statistik raqam, hisob-kitob va xulosalarini aniq tasavvur etish uchun, uning «Iqtisodiy o’sish sur’atidagi farqlar tadqiqoti» kitobida 12 mamlakat misolida alohida davrlar uchun berilgan jadvali asosida tuzilgan quyidagi jadvalni ko’rib chiqamiz.

Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə