14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi


-rasm. “Kambag’allik tuzog’i”



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə22/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org

8-rasm. “Kambag’allik tuzog’i”.
Iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qiluvchi salbiy holatlar doiraviy ko’rinishda joylashgan bo’lib iqtisodiy o’sish omillaridan foydalanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Past darajadagi investistiya qo’yilmalari mehnat unumdorligini oshirish va daromadlarni ko’paytirish imkonini bermaydi. Aholining tez o’sishi oziq-ovqat va iste’mol tovarlarining o’sishini “eb tashlaydi”. Iqtisodiy turg’unlik vaziyati kelib chiqadi.
Bu “tuzoqdan” qanday qutilish kerak? Nurske fikriga ko’ra, davlat investistiyalarni ko’paytirish iqtisodiy o’sishga keskin turtki bo’ladi. Bunda dastlabki investistiya qo’yilmalari milliy daromadning 12-15 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Investistiyalarning ko’payishi mehnatga bo’lgan talabni oshiradi, bu esa jamg’armaning o’sishiga va xususiy investistiyalarning jonlanishiga olib keladi. “Keskin sakrashdan” keyin davlat aralashuvi qisqartirilishi kerak, negaki stixiyali bozor mexanizmi amal qila boshlaydi.
A.Xirshman iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida “investistion turtkining” zarurligi to’g’risida qayd qilib o’tadi. Bu borada xorijiy investistiyalar ancha ko’p yordam berishi mumkin.

O’z resurslariga suyanish va bozor mexanizmini faollashtirish. Neoklassik yo’nalish namoyandalari keynschilarning davlatning rolini kuchaytirish va iqtisodiy erkinlik prinstiplariga putur etkazish qoidalarini tanqid qildi. Ularning fikriga ko’ra, xo’jalikni rivojlantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni xohlovchi davlatning asosiy vazifasi – bozor imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, bozor infratizimini tashkil etishdan iborat. Jamiyat vaziyatni birdan, keskin
o’zgartira olmaydi. An’anaviy institutlarni xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga asta-sekin moslashtirib bordi.
Agar keynschilar asosiy e’tiborni yirik korxonalarni rivojlantirishga va xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratgan bo’lsalar, neoklassiklar kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni zarur deb hisobladilar. Ularning fikricha, asosiy muammo xususiy jamg’arma va investistiyalarning etishmasligi emas, balki ichki bozorning torligidir. Xususiy tashabbuskorlikka keng yo’l ochib berish iqtisodiyotning jonlanishiga, daromadlar darajasining oshishiga va demak iste’mol va jamg’armaning o’sishiga olib keladi. Eng asosiysi – bozor iqtisodiyotining me’yorida amal qilishini ta’minlovchi institutlarni tashkil etishdir.
XX asrning 70-yillari neoklassiklarning tavsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Buning asosiy sababi, birinchidan, xo’jalik hayotini erkinlashtirish tufayli muvaffaqiyatlarga erishgan bir qator “yangi industrial mamlakatlar” tajribasi ta’siri bo’lsa, ikkinchidan, keynschilik andazalaridan faol foydalangan mamlakatlarda vujudga kelgan ko’plab muammolarning (protekstionizm siyosati tufayli xalqaro savdo hajmining qisqarishi, import hisobiga qoplash imkoniyatlarining cheklanishi, surunkali inflyastiya, monopolizm, korrupstiya va b.) mavjudligi hisoblanadi. Lekin neoklassik modellarini amaliyotda qo’llash anchagina tanqidiy qarashlarni keltirib chiqardi. Asosiy tanqid ob’ekti - inflyastiyani jilovlash maqsadida qattiq monetar siyosatini olib borish zarurligi hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikning monetar metodlari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi kabi natijalarni bermaydi, chunki ular o’rtasida chuqur institustional farq amal qiladi. Shuning uchun qattiq moliyaviy siyosat tez-tez iqtisodiyotning keskin qisqarishiga, turmush darajasining pasayishiga, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keladi.


«Osiyo fojiasi». Atoqli shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi
Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə