14-mavzu. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish reja



Yüklə 76,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü76,23 Kb.
#157141
1   2   3   4   5   6   7
14-MAVZU. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish

2. Fiskal siyosat
. Bu davlatning soliq- byudjet siyosatidir, unga binoan soliqlar 
belgilanadi, byudjet mablag’lari aniq maqsadlar yo’lida ishlatiladi. Fiskal siyosatda 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o’stirish uchun 2 xil yo’ldan boriladi: 
1.Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo’lgan 
iqtisodiy stabilizatorlarni-
vositalarni 
qo’llashni davom ettirish.Davlat qonun yo’li bilan shunday tartibni o’rnatadiki, 
unga binoan moliya normativlari joriy etiladi.Masalan, daromadlarni 80 % 
indeksatsiyalash tartibi o’rnatilgan bo’lsa, narx oshgan taqdirda shu 80 % darajada 
daromad ham ko’paytiriladi. 
2. SHaroitga qarab yangi normativlarni kiritish yo’lidan borish.Bu 
diskertsion 
fiskal siyosat
deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy 
etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, byudjet mablag’larini sarflash normativlari 
o’zgartiriladi. 
3. Byudjet siyosati.
Davlat byudjeti balanslashgan bo’lishi, ya’ni daromadlarga 
qarab xarajatlar qilinishi zarur bo’ladi.Byudjet siyosati shundan kelib chiqqan 
holda byudjet defitsitiga yo’l bermaslikni, defitsit bo’lgan taqdirda ham bu 
me’yorda bo’lishiga qaratiladi. 
4. Invistitsiya siyosati
. Bu invistitsiya resurslarini shakllantirish va ularni kerakli 
sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. 
5. Agrar siyosat.
Bu davlatning qishloq xo’jaligini qo’llab o’uvvatlashga 
qaratilgan siyosatidir.Mazkur siyosat qishloq xo’jaligining barqaror o’sishini, oziq 
ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko’zlaydi. 
6. Tashqi iqtisodiy siyosat. 
Bu davlatning o’zaro foydali tashqi aloqalarni 
rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuvini 
ta’minlashga qaratilgan siyosatidir.Bu siyosatning asosiy maqsadi iqtisodiyotning 
jahon xo’jaligidagi mavqeini mustahkamlashdir.Unga binoan eksport va import
chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi megratsiyasiga oid 
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to’lovlari, eksport va import 
litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo’llaniladi.

Yüklə 76,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə