14-mavzu. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish reja


Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va



Yüklə 76,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü76,23 Kb.
#157141
1   2   3   4   5   6   7
14-MAVZU. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish

 
3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va 
korxonalarni tartibga solish iqtisodiy vositalari. 
 
Iqtisodiyot yaxlit bo’lar ekan iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin 
davlat siyosatining aniq yo’nalishlari bor. 
1. Monetar siyosat
– bu davlatning pul-kredit siyosati bo’lib, pul 
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni 
ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati 
hisoblanadi.Uning maqsadi narxlarni va shunga ko’ra milliy pul birligi xarid 
qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir oqibatda pulga talab 
bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo’ladi. 
Monetar siyosatning 3 ta asosiy jihati bor: 

Qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati.
 
Bunda davlat nomidan 
markaziy banklar uchyot stavkasini o’zgartiradi.Stavka oshganda pul 
qimmatlashib, unga talab qisqaradi.U pasaytirilganda pul arzonlashib, 
unga talab oshadi.Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat 
bo’lishini 
bildiradi.Bu 
esa 
iqtisodiyotda 
kredit 
hisobidan 
yuboriladigan invistitsiyalarni o’zgartirib, uning o’sishiga ta’sir etadi. 
Masalan, yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi 2001 yil 
oxirida 1,7% bo’lsa, 2002 yil oxirida bu 0,9 % ga tushdi.Bu bilan kredit 
arzonlashtirildi, chunki komertsiya banklari shunga qarab kredit uchun 
undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar. 


Ochiq 


bozorda 
operatsiyalar 
o’tkazish siyosati. Bu davlat 
obligatsiyalarini chiqarib firmalar, banklar va aholiga sotish, vaqti 
kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi.Bu obligatsiyalarni 
olish qulay bo’ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat 
to’laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi.Davlat 
obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog’lanib qoladi, natijada uning 
muomaladagi miqdori qisqaradi.Aksincha, ular qaytadan sotib 
olinganda pul ulardan bo’shab muomalaga keladi, u yerdagi pul 
miqdori ko’payadi.Demak bu usul bilan pul miqdori tartiblanadi. 

Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar 
boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. 
Bu tartibga ko’ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini 
markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli 
qisqaradi.Agar u kamaysa, bu pul ko’payadi.Masalan, mamlakatda 
jami kredit resurslari 80 mlrd. Dollar. SHundan 10 % rezervga 


o’tkazilsa, 72 mlrd. Doll. Kredit uchun pul qoladi.Bordi-yu bu rezerv 
15 % ni tashkil etsa, kreditga 68 mlrd. Doll. Qoladi. Bu bilan kreditga 
mo’ljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi.SHunga qarab 
kredit olish goh oshib, goh qisqaradi. 

Yüklə 76,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə