14-mаvzu. Transport tizimi. Reja



Yüklə 88,65 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü88,65 Kb.
#167260
  1   2
Ma\'ruza №14


14-MАVZU. TRANSPORT TIZIMI.


REJA:
1. Transport tizimining sinflanishi va ishlatilishi.
2. Transport tizimini loyihalashdagi asosiy yo‘nalishlar.
3. Yuk tashishi texnologik jarayoni va transport aloqalari sxemasi.
4. Sex ichidagi va operatsiyalararo transport tizimi.
5. Sex transporti turini tanlash.
Transport tizimining sinflanishi va ishlatilishi
Korxona transport vositalari tizimi 3 turga bo'linadi: tashqi, sexlararo va sex ichki.
Tashqi transport korxonani yaqin joylashgan magistrallar, boshqa sanoat va xo'jalik korxonalari bilan bog'lash uchun xiz­mat qiladi. Bu tizim avtomobil va temir yo'llarda hamda suv yo'llarida amalga oshiriladi.
Temir yo'llardagi transport vositasi sifatida teplovoz, elektro- vozlar, motovozlar, avtomobil yo'llarida esa avtomobillar va trak- torlar qo'llaniladi.
Sexlararo transport sexlararo va omborlardan yuklar tashish uchun xizmat qiladi. Bunda transport vositasi sifatida elektrli va avtoaravalar, avtomobillar, avtotagachlar, osma elektr telferli monorelslar va temir yo'llar qo'llaniladi.
Sex ichki transporti sex ichida yuklarning harakatlanishi uchun xizmat qiladi. Ular dastgohlar, yig'uv stendlari ish joylari va omborxonalarga xizmat ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Trans­port vositasi sifatida elektrli avto va dastaki komplekslar, temir yo'llar, elektr telferli osma monorelslar; ustunga o'rnatilgan te- ferli burilish kranlari; telferli kran-balkalar; oddiy va buriluvchi strelali ko'prikli elektr kranlar; konveyerlar, rolganglar, sklizlar, liftlar qo'llaniladi.
Transport tizimini ishlatishda quyidagilar bajariladi:
talab qilingan paytda omborda ishlab chiqarish bo'limiga yuklarni yetkazib berish;
talab qilingan paytda yarimfabrikatni yoki buyumni, zago- tovkani texnologik jihozga yetkazib berish, mo'ljallash va o'rna- tish;
dastgohdan tayyor buyumni yoki yarimfabrikatlarni yechish va navbatdagi ko'rsatilgan manzilga yetkazish;
yig'gichga yuklarni jo'natish va talab qilingan paytda ular­ning tarqatish;
ishlab chiqarish bo'limi yoki sexdan yarimfabrikatni yoki tayyor mahsulotni omborga yetkazish.
Ishlab chiqarish jarayonini samarali ishlashi transportirovka qilish usuliga bog'liq bo'ladi. Chunki transport tizimi texnologik jarayonning alohida bosqichlari orasidagi aloqani ta’minlaydi. Transport tizimi o'z vaqtida va talab qilingan ketma-ketlikda texnologik jihozlarning barcha talablarini qondirish, yig'gich va omborlarni zarur zagotovkalar hamda tayyor detallar bilan ta’minlashi kerak.
Transportirovkalash usuli yoki transport tizimi elementlarini tanlashda yuklar va transport tizimlarini ishlab chiqilgan sinflan- ishiga qaraladi.
Yuklar transport-texnologik tavsifiga ko'ra guyidagicha sin- flanadi: massasiga, o'lchamiga, shakliga, yuklash usuliga, ko'ri- nishiga va xossalariga.
Optimal transport tizimini tanlash uchun yuklar quyidagi guruhlarga bo'linadi:
tashilayotgan yuklar massasiga ko'ra: 0,01 dan 0,5 kg gacha-yengil; 0,5 dan 16 kg gacha-o'rtacha, 16 kg dan yugorisi- og'ir;
yuklash usuliga ko'ra: idishda, idishsiz, sochilgan holatda, orientirlanish bo'yicha;
shakliga ko'ra: valsimon, tanasimon, disksimon, maxsus turdagi (uzun) va boshgalar;
material turiga qarab: metall, nometall va boshqalar; —material xossasiga ko'ra: qattiq, mo'rt, plastik, magnitli.
O'z navbatida transport tizimi ham sinflanadi:
vazifasiga ko'ra: sex ichidagi va operatsiyalararo;
harakatlanish turiga qarab: idishh va idishsiz yuklar, orien­tirlanish bo'yicha va sochilgan;
harakatlanish tamoyili bo'yicha: davriy va to'xtovsiz; —harakatlanish yo'nalishi bo'yicha: to'g'riga yuruvchi va qaytib keluvchi;
tarmoq chizig'ining joylashishi bo'yicha: poldagi, estaka- dali va osma;
ish tamoyili bo'yicha: ko'tarib boruvchi, itaruvchi va tortu- vchi;
harakat sxemasi bo'yicha: chiziqli va berk, tarmoqlangan va tarmoqlanmagan;
-konstruktiv bajarilishi bo'yicha: relsli va relssiz;
marshrutli kuzatish bo'yicha: mexanik (yo'naltiruvchi bo'­yicha), induktivli, gidroskopli, yorug'lik elektronli va radio bilan boshqariluvchi.
Mahsulotni tashish yo'ldoshli yoki yo'ldoshsiz amalga oshi- rilishi mumkin. Yo'ldoshsiz usulda, asosan, aylanuvchi turdagi (vallar, vtulkalar, flaneslar va boshqalar) detallar tashiladi.
Yo'ldoshli tashishning keng tarqalishiga sabab, bunda yarim- fabrikatlarni almashtirishni avtomatlashtirish mumkin bo'ladi. Bunga sabab esa yo'ldoshning asosiy bazasining dastgohning va transport tizimi jihozlarining ish stoliga o'rnatiladigan moslaman- ing yordamchi bazasi bilan birligidir.
Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishida davriy va uzluksiz ish- laydigan transport tizimlaridan keng foydalaniladi. Davriy hara­katdagi transport tizimi ikki guruhga bo'linadi: oqim bo'yicha liniyada qo'llaniluvchi, bir-biriga ulangan transport tizimi va moslanuvchan aloqadagi transport tizimi. Transport tizimining turi texnologik operatsiyani bajarish vaqtini va detallarni tayyor­lash sharoitini hisobga olgan holda tanlanadi. Ishlash tarmoqlari (yo'llari) polning balandligiga teng bo'lsa, poldagi transport tizimi deb ataladi. Ishchi tarmoqlari balandligi ishchining qo'li balandligida joylashgan bo'lsa, estakad transport tizimi deb ata­ladi. Agar undan baland bo'lsa, osma transport tizimi deb ataladi.
Yukni ko'tarib tashuvchi transport tizimi bitta ishchi tarmo- qqa ega bo'ladi, surib ishlovchi esa ikkita tarmoqqa - yuqoridagi (tortuvchi) va pastdagi (yuk tashuvchi). Buning natijasida istalgan vaqtda tashilayotgan yukni to'xtatib qolish mumkin bo'ladi. Tor­tuvchi konveyerlar, asosan, mahsulotni yig'ishda ishlatiladi.
Mexanika—yig'uv ishlab chiqarishida bitta transport tizimini yaratish zagotovka, yarimfabrikat va tayyor detallarni ish o'rin- lari orasida mo'ljallab tashish imkonini beradi. Bu zagotovkani, yarimfabrikatni va tayyor, detalni qo'shimcha mo'ljallash trans­port operatsiyasini qisqartirishga olib keladi va natijada tashish­ning tannarxi va ish hajmi kamayadi. Transport tizimining sin- flanishini ko'rib chiqib, mexanika-yig'uv ishlab chiqarishini loy- ihalashda foydalaniladi. Transportning har bir turi uchun hozirgi paytda unifikatsiyalangan elementlar ishlab chiqilgan bo'lib, bu- lar samarali va ishonchli transport tizimini yaratishga imkon be­radi va faqat alohida hollardagina maxsus transport vositasi yara­tishga to'g'ri keladi. Transport tizimini loyihalayotganda tashish operatsiyalarini avtomatlashtirish darajasiga e’tibor berish kerak va iqtisodiy natijalardan kelib chiqib tanlash kerak. Yana shu narsani e’tiborga olish kerakki, ya’ni transport tizimiga uncha ko‘p bo'lmagan kapital mablag' sarflab, sezilarli miqdordagi yor- damchi ishchilarni gisqartishga erishish mumkin.
Transport tizimini loyihalashdagi asosiy yo‘nalishlar
Transport tizimini loyihalashdagi asosiy vazifa ko'tarish, tashish, operatsiyalari hajmini qisqartirish va belgilangan ish hajmini bajarishda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat bo'ladi. Texnologik jarayonni loyihalashda zagotovkani ratsional shaklini tanlash yo'li bilan ko'tarish-tashish operatsiyalar hajmini kama- ytirish mumkin bo'ladi. Bunda zagotovkaning shaklini tayyor de­tal shakliga iloji boricha yaginlashtiriladi va natijada, harakatla- nayotgan yuklarning massasi qisqaradi. Harakatlanayotgan yuk- laning massasini kamaytirishning yana bir yo'nalish sifatida mar- kazlashgan holda quyma va pokovkalarga dastlabki ishlov bera- digan korxonalardan quyma va pokovkalarni olishni tashkil eti- shni ko'rish mumkin.
Yuk oqimining quvvatini qisqartirishni ishlab chiqarish bo - limlarini tashkil etish va komponovkalash yechimini qabul qilish bosqichlarida ham amalga oshirish mumkin. Masalan, mexanika yig'uv binosida yarimfabrikat omborini joylashtirish trans­porting yo'lini qisqartiribgina qolmay, balki transportdan foyda- lanishni ham yaxshilaydi.
Polda yuruvchi g'ildirakli transportdan foydalanishda, ayniq- sa yuklarni vertikal yo'nalishda siljitishni qisqartirish, tashish vaqtida yukning balandligini bir xil ushlab turish juda muhim- dir. Barcha yarimfabrikatlar ishlab chiqarish taralarida tashilishi kerak va ularni polga tushirish hamda poldan qo'lda ko'tarish umuman tae’yqiqlanadi.
Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishini detallar bo'yicha va predmetli maxsuslashtirilishi, agar dastgohlar va ishlab chiqarish bo'limlari texnologik jarayon bo'yicha joylashgan bo'lsa, yuk­larning ortigcha siljishini, ularning orqaga qaytish harakatini to'xtatadi, bu esa yuklarning yurish yo'nalishlarini qisqartiradi.
Ishlab chiqarish bo'limlari va ular orasida bir xil turdagi av­tomatlashgan transport tizimlarini (osma suruvchi konveyerlar, EHM boshqaruvchi o'zi yurar aravali transport, robokaralar, yuk- lovchi qurilmali va vaqt bo'yicha aylanuvchi rolikli konveyerlar, masofadan boshqariluvchi osma kran operatorlari va boshqalar) ish hajmini tubdan qisqartirishga va tashish ishlarining samara- dorligini oshirish imkonini beradi. Bir turdagi transport vosita- larini boshqarish va ularga xizmat qilish qulayroqdir.
Yuk tashish texnologik jarayonini turlarga bo'lish yanada samarali jarayonlarni qo'llash va rastional tipdagi jihoz va mos­lamalarni o'rnatish, yuk tashish texnologik jarayonini ishlab chi- qishni yaxshilash imkonini beradi, bundan tashqari, kerakli mate-riallar, zagotovkalar, yarimfabrikatlar va mahsulotlarni tex­nologik jihozlar oldiga yetkazib berishni qisqartiradi.
Texnologik jihozlarga ishlov beriladigan (yig'iladigan) detal­larni yuklash va ularni ishlov berilgandan (yig'ilgandan) keyin yechib olishni avtomatlashtirish hamda transport tizimi bilan tex­nologik jihozni tutashtirish uchun sanoat robotlari va avtomatik tutashtiruvchi qurilmalardan foydalanishni talab qilinadi.
Transport tizimining sezilarli darajada samarali ishlashiga yuklarni konteynerlarda tashishdan foydalanish yordamida ta­shish partiyasini kattalashtirish orqali erishish mumkin bo'ladi.
Yuk tashish texnologik jarayoni va transport aloqalari sxemasi
Transport tizimini loyihalashda asos qilib mexanika-yig'uv ishlab chiqarishidagi transport aloqalari sxemasi olinadi, ushua sxemada texnologik jihozlar, yig'gichlar, ishlab chiqarish bo'lim- lari va omborlar orasidagi yuk oqimlari ko'rsatiladi. Yuqorida keltirilgan transport tizimining sinflanishiga asosan yuk tashish jarayonini yanada aniq, chuqur ishlab chiqish uchun yuk tashish aloqalarining sex ichidagi sxemasini qurish zarurdir. Ushbu sxe­mada ishlab chiqarish bo'limlari va omborlar orasidagi yuk oqim- lan va ishlab chiqarish bo'limlaridagi operatsiyalararo transport aloqalari sxemasi ko'rsatiladi.
Sex ichidagi transport aloqalari sxemasini ko'rish uchun mahsulot tayyorlashni texnologik jarayonini bilish kerak. Tex­nologik jarayonda yuklarni ishlab chiqarish bo'limlari orasida yurish ketma-ketligi, sexning boshlang'ich komponovkasi va sexdagi yuk almasfrinuvi, yuklarning nomenklaturasi, massasi va gabarit o'lchamlari, ularning harakatlanish sharoitlariga talablar ko'rsatiladi.

rasm. Yig'uv sexi yuk tashishi texnologik jarayoni va transport aloqalari sxemasi:
IUtayyor detallar ombori; IlUkorpus detallarini to'g'rilash va bo'yash uchastkasi; IllUuzellami yig'ish uchastkasi; IVOmashmalarni montaj qil­ish uchastkasi; VUmashinalarni sozlash va sinash uchastkasi;
Vlllmashinalarni bo'yash uchastkasi; VllUbo'yoqlarni tayyorlash uchastkasi; VlllUkomplektlash va qadoqlash uchastkasi; Yuk oqimi: DOalohida detallar; UOyig'ilgan uzellar; KUyig'ilgan komplektlar;
MUyig'ilgan mashinalar.
Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishini loyihalashning oxirgi bosqichida, ya’ni sexni yakuniy komponovkalashda, transport aloqalari sxemasini korrektirovka qilish zarurati kelib chiqishi mumkin. Sex bo'yicha yuk aylanishini aniqlash uchun asosiy va yordamchi materiallarga, zagotovkalarga, yarimfabrikatlar va bu- yumlarga bo'lgan talabni aniqlanadi. Ularning massasi har bir ishlab chiqarish bo'limi uchun barcha ishlab chiqarish dasturi bo'yicha tonnalarda berilishi kerak. Agar transport tizimi ishlab chiqarish bo'limiga asboblar, texnologik moslamalar yetkazib bersa, u holda umumiy yuk oqimini aniqlashda ularning mas- sasini ham hisobga olish kerak bo'ladi.
Komponovka qilishda yuk oqimlari polosa kabi ko'rsatiladi, ularning kengligi yuk oqimi qiymatiga (to’sut yoki to’yil) to'g'ri kelishi kerak. Har bir yuk oqimi raqamlai bilan ko'rsatiladi. Yuk oqimini aniq ko'rsatish uchun turli xil rangdagi shtrixli (yoki qizil) chiziqlarda tasvirlanadi, chunonchi yuklarning turi shu chiziqlarga mos kelishi zarur; yuklarning yo‘nalishi kirish va chiqish joylarida strelkalar bilan ko'rsatiladi, agar yuk oqimi katta bo'lsa, butun uzunligi bo'yicha ko'rsatiladi. 11.1-rasmda yig'uv sexining transport sxemasi ko'rsatilgan.
Yuklar oqimining sxemasi taransportlarni ishlab chiqish uchun baza bo'lib xizmat qiladi, shuningdek turini, sonini va yuk tashish vositalarining asosiy texnik parametrlarini taniash imko­nini beradi. Loyihalashda yuk oqimlarining bir necha variantlari bajarilib, optimal varianti tanlab olinadi.
Optimal transport-texnologik sxema quyidagilarni ta’min- lashi kerak:
zarur bo'lgan operatsiyalarning minimal soni;
yuk tashishning minimal masofasini va minimal sonini;
har bir operatsiyani yuk tashish jarayoni bilan birgalikda avtomatlashtirish;
mahsulot tayyorlashdagi operatsiyani yuklash-tashish op- eratsiyasi bilan mos tushish imkonini oshirishga erishish;
progressiv yuqori unumli vositalardan jarayonni avtomat­lashtirish uchun foydalanish;
yuk tashish jarayonini avtomatlashtirish vositalarining bir xilligini ta’minlash;
bir-biri bilan kesishishi va yoyilib ketishining sonini eng kam miqdorga keltirish;
mehnat xavfsizligi talablari;
iqtisodiy jihatdan samaradorlilik;
ta’mirlashga yaroqlilik.
Barcha ko'rsatilgan talablar ishlab chiqarish bo'limining op- eratsiyalararo transport aloqalar sxemasini qurish uchun ko'r­satilgan va texnologik jihozlar orasida yuklarning yurish ketma- ketligini belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayonidagi transport alo- qalarini tuzib chiqilgandan keyin yuk tashish texnologik jarayoni ishlab chiqiladi.
Yuk tashishning texnologik jarayoni deb ishlab chiqarish jarayonini bir qismi tushuniladi, bunda ishlab chiqarish obyektin- ing (material, zagotovka, yarimfabrikat, mahsulot) fazoviy joy- lashishi o'zgaradi, lekin sifati o'zgarmaydi. Yuk tashish tex­nologik jarayoni ma’lum bir tartibda bajariluvchi bir necha op- or
Sex ichidagi va operatsiyalararo transport tizimi
Sex ichidagi transport tizimi zagotovkalarm, yarimfabrikat- larni, tayyor detallarni, materiallar va boshqa yuklarni ombor- dan talab qilingan ishlab chiqarish bo'limiga yoki bo'limlardan omborga o'z vaqtida yetkazib berish uchun, snuningdek, bo'lim­lar orasida yuk tashish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Ishlab chiqarish bo'limining ehtiyoji asosida mahsulotni ish­lab chiqarishning berilgan dasturini ta’minlash uchun har bir ombordan yuborilgan yuklar yuk oqimini aniqlaydi va sexning yuklar tashish aloqalari sxemasida ko'rsatiladi. Bundan tashqari, umumiy yuk oqimini aniqlash uchun tashilishi zarur bo'lgan bar­cha yuklarning massasini hisobga olish kerak bo'ladi. Yuk tash­ish usullarini o'zida mujassamlashtirgan, yuk tashish texnologik jarayonidan kelib chiqib, texnologik jihoz va omborlarni re- jalashda, sexni komponovkalashda yuk tashish tizimining hisobi bajariladi. Ishlab chiqarish bo'limiga yuk tashish jarayoni om- borning qabul qilish-topshirish seksiyasidan, tashish uchun tay­yor holdagi yukni qabul qilish bilan boshlanib, ishlab chiqarish bo'limini qabul qilish-topshirish bo'limiga yukni uzatish bilan tugaydi.
Transport tizimining turini, yuk ko'taruvchanligini va sonini tanlashda transport vositalarini asosiy va yordamchilarga bo'li- nishini hisobga olish zurur. Asosiy transport vositasi markaz- lashgan loyihalanadi va seriyali ishlab chiqiladi, yordamchi vosi- talar esa joyida tayyorlanadi, chunki ularning o'lchami va turlari turli xil bo'ladi.
Asosiy transport vositalariga konveyerlar, transport robotlari, pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari va boshqalar kiradi. Yordamchi transport vositalariga mo'ljallovchi, turtuvchi, irg'i- tuvchi, ko'taruvchi stollar, buraluvchi koordinatali stollar, ko tar- gich va ishlab chiqarish taralari kiradi.
Sex transportining turini taniash
Transport vositalari turini taniash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: tayyorlanadigan mahsulot tavsifi, uning og'ir- ligi va o‘lchamlari; ishlab chiqarish turi va ishni tashkil etish shakli; harakatdagi yuklar soni; transport vazifasi, transport to­monidan xizmat ko'rsatiluvchi bino turi va o‘lchamlari.
Oulay transport vositasi sifatida elektr aravalar (11.2-rasm) qo'llaniladi. Ular boshqarishda qulay, sodda va shovqinsiz ish- laydi. Elektr aravalar yuqoridagi afzalliklari tufayli korxonalarda keng qoilaniladi.

rasm. Yuk ko'taruvchi kran bilan jihozlangan elektroarava.


Elektroaravalar akummulyatorlar batareyasidagi tok bilan ta’minlanadigan elektrodvigatel yordamida harakatlanadi. Ular
75; 1,0; 1.5; 2; 3 va 5 tonna yuk ko'tarishga mo'ljallangan bo'ladi.
Elektroaravalarni sex ichida boshqarish oson va qulay, rezina shinalar yordamida shovqinsiz harakatlanadi. Harakatlanish tezligi 6U15 km/soat ni tashkil etadi.
Keng relsli temir yo‘1 transporti sex omborlariga ko'p sonli og'ir zagotovkalami keltirish hamda tayyorlangan og'ir va katta o'lchamli mahsulotlarni yig'uv sexlaridan olib ketish uchun qo'l­laniladi. Bunday holatda temir yo‘1 relsi to'g'ri sex ichiga kel- tiriladi.
Ayrim holatlarda temir yo‘l relsi sex binosi yonidan o'tadi va tayyor mahsulot tashqi transport vositalari va ko'prikli kran yor­damida yuklanadi.
Telferli monorelslar turli materiallar yoki mahsulotlami sexdan sexga, dastgohdan dastgohga va omborxonalardan uza­tish uchun xizmat qiladi.
Oddiy strela ko'rinishdagi buraluvchi kranlar telfer yoki tal bilan jihozlangan bo'lib, ular bir dastgoh yoki ish joyiga xizmat ko'rsatish uchun ustunlarga, radius bo'yicha buriladigan holatda o'rnatiladi. Bunday buraluvchi kranlar dastgohlarga og'ir zago- tovkalarni yuklash va ayrim hollarda bir prolyotdagi dastgohdan boshqa prolyotdagi dastgohga detallarni uzatish uchun ham qo'llaniladi.
Sexlarda eng qulay va ko'p qoilaniladigan yuqori darajadagi transport sifatida elektr toki yordamida ishlaydigan ko'prikli kranlar qo'llaniladi. Ular bir vaqtning o'zida ham ko'tarish, ham transport vositasi afzalliklariga ega bo'lib, sexning barcha ishlab chiqarish maydoniga xizmat ko'rsata oladi. Bunday kranlar 350 tonnagacha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Konveyerlar, rolgan, tamov, skat, skliz va boshqa transport qurilmalari detallar, zagotovkalar yoki materiallarni ish davomida bir ish joyidan navbatdagi ish joyiga uzatish uchun xizmat qiladi.
Mashinasozlikda asosan lentali, plastinali, aravali poldagi vertikal va gorzontal berk, osma zanjirli hamda odimlovchi pulsli konveyerlar keng ko'lamda qo'llaniladi.
Lentali konveyerlar detallar uchun maxsus uyalar yasalgan rezinali lentalar bilan jihozlangan bo'ladi. Mexanika-yig'uv sex- larida 200—600 mm kenglikka ega bo'lgan konveyerlar qo'lla­niladi. Ishchi konveyerning harakat tezligi 6—30 m/min trans­port konveyerning harakat tezligi esa 30—60 m/min ni tashkil etadi.
Plastinali konveyerlar uzunligi 200 metrgacha, kengligi 400­1600 mm o'lchamlarda tayyorlanadi. Ishchi konveyerning harakat tezligi 1—5 m/min, transport konveyerning harakat tezligi esa 7—20 m/min ni tashkil etadi.
Oqim bo'yicha ishlab chiqarishda detallarni dastgohdan dastgohga uzatish uchun skat va sklizlar qo'llaniladi. Bu quril- malai detaining harakatlanish usuli bo'yicha nomlangan, ya’ni skat—dumalash, skliz — sirpanish.
Skatlar silindrsimon yoki zoldir ko'rinishli detallarning hara- katlanishi uchun moijallangan bo'ladi. Skatlar metall konstruk- siyalardan yig'ilib, detal og'irligini hisobga olgan holda 1:10 dan 1:15 qiyalikda tayyorlanadi, uzunligi esa 10 metrgacha boiishi mumkin.



Yüklə 88,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə