14 oktabr 2022 yil. Boshlang’ich sinf xonasi №3. soat 12-30 Qatnashdilar: Boshlang’ich ta’lim metod birlashasi a’zolari


Tayyorladi: Boshlang’ich ta’limmetod birlashasi rahbari: S.Mo’minova



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#139540
1   2   3   4
2-MEZON BOSHLANGICH2

Tayyorladi:

Boshlang’ich ta’limmetod birlashasi rahbari: S.Mo’minova


Boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari (pedagogik texnologiya)
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda
(innovatsion) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Iinnovatsiya- muayyan tizimning ichki tuzilishi.
Ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi vata’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi. Innovatsiya- yangilik kiritish,yaratishdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmalarini egallash jarayonidgi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o’qitish metodlaridan foydalanishi ham muim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko’proq interaktiv metodlarga e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. (Interaktiv so’zi inglizcha-interaction,ya’ni inter-aro,o’zaro,asta harakat ma’nosini anglatadi.) Interaktiv usullar - bu o’zaro harakat,ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir.
Interaktiv usullarning asosiy turlari

  • Kognitiv usullar

  • O’yinlar, eksperimental faoliyat

  • Ishbilarmonlik o’yinlari,modellashtirish

  • Amaliyot orqali o’qitish,bevosita faoliyat

Boshlang’ich sinflarda foydalanish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari:
Ilmiylik tamoyili - har qanday o’quv predmeti o’quv materiali fanning zamonaviy yutuqlarga tayanish lozimligini ko’rstadi. Bu tamoyil o’quv dasturlari, o’quv qollanma, darsliklarini yaratishda amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga ko’ra har yili fanlarning ishchi o’quv rejalari va o’quv materiallarini takomillashtirish talab etiladi. Loyihalash tamoyili - o’quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o’quv jarayoni grafigi, o’quv reja, fanning ishchi o’quv dasturi, fan bo’limlari o’quv maqsadlari toifalari, o’qitish jarayoni texnologiyasi egallangan bilim va malakalarni baholash mezonini yaratishni anglatadi.
Tizimlilik tamoyili - o’quv jarayonining barcha elementlari, ularning o’zaro bog’liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi.
Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili - har bir fanni o’qitish jarayoni ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Boshqaruvchanlik tamoyili - o’quv jarayoni boshqariladigan taqdirda o’qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin.
Qayta takrorlanish tamoyili - zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga oshitiladi.
Samaradorlik tamoyili - innovatsion texnologiyalarni o’qitishning ko’zlangan natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishni ko’rsatadi.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili,
Faoliyat yondoshuvi tamoyili - ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo’llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə