145 buxoro xonligi markazlashgan davrda rossiya bilan diplomatik munosabatlarga oid manbalar tarixi tarixshunosligi



Yüklə 446,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.03.2023
ölçüsü446,22 Kb.
#102468
1   2   3   4
buxoro-xonligi-markazlashgan-davrda-rossiya-bilan-diplomatik-munosabatlarga-oid-manbalar-tarixi-tarixshunosligi

.


150 
xonavayron etilishi musulmonchilikdan yiroqdir. Agar xon (ya’ni Abdullaxon) Buxoroga 
kay’tib, galayon olovini o’chirsa, ma’qul bo’lardi». 
Bu kabi siyosiy va geopolitik jarayonning yuzaga kelishi, o`z navbatida Buxoro va 
Rossiyaning o`zaro yanada jadal tarzda tashqi aloqalarga kirishishi uchun zamin yaratgan 
deyish mumkin. Qolaversa, Buxoro mintaqasining tabiiy boyliklari va unumdor yeri ham 
Rossiya va boshqa qo`shni davlatlarni e`tiborini tortgan edi. Jumladan bu davrlarda Buxoro 
xonligida bug‘doyning 10 xil turi, suli, qo‘noq, jo‘xori, mosh, no‘xat, makkajo‘xori, loviya, 
sholi, paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog‘dorchilik, 
chorvachilik va ipakchilik rivojlangan hamda ushbu mahsulotlar horij bozorlarida anchayin 
xaridorgir sanalgan. Bundan tashqari Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon, Xo‘jand, Andijon, 
Toshkent, Jizzax, O‘ratepa, Shaxrisabz va bir qancha xonlikning yirik shaharlarda 
hunarmandchilik taraqqiy qilgan. 
47
Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma’lum 
bo‘lishicha, XVI asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo‘lgan. Movarounnahrlik 
kosiblar zo‘r san’at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, a’lo navli 
qog‘ozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri ham bir muncha kengaytirilgan, devor va 
harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, 
yangi rastalar barpo qilingan. Shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarida tim (Abdullaxon timi), 
ko‘chalar chorrahasi ustiga gumbaztoqlar, hammomlar, karvon yo‘llarida sardobalar, 
karvonsaroylar, ko‘priklar qurilgan. Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston, 
Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. Tarixiy 
manbalardan ma’lum bo‘lishicha, 1572-1578- yillarda Hindistonda Buxoro xonining 
elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarshohning elchilari bo‘lgan. Shayboniylar 
hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, 
hunarmandchilik, savd-osotiq rivojlangan, madaniy hayot ancha yuksalgan. Juda kup 
sug‘orish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Oqchopsoy to‘g‘oni va suv 
ombori, Vaxshdan chiqarilgan ko‘plab ariqdarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantirdi.
47
Mubinov, M. A. "Diplomacy of the eastern states and central asian khanates in the struggle for 
independence." 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 
2.5 (2021): 26-31.


151 
Ushbu maqolani xulosalar ekanmiz, ayrim fikrlarni keltirib o`tishni o`rinli deb bilamiz; 
Bir qarashda Shayboniylar davrida Movarounnahrda Temuriylar hukmronligining so`ngi 
davridagi parokandalik va alg`ov-dalg`ovli yillar ortda qolib, barqarorlikka erishilgandek 
taasussurot uyg`onishi tabiiy. Biroq, Shayboniyxonlar boshqaruvida ham yo`l qo`yilgan 
ayrim xato va kamchiliklar keyinchalik yuz bergan ichki va tashqi siyosatdagi 
muvaffaqyatsizliklaning bosh asosi bo`lib xizmat qilgan deyish mumkin. Ayni jahon 
mustamlakachilik tizimi kurtak yoza boshlagan vaqtda Movarounnahrda sekinlik bilan 
bo`lsada, qoloqlik alomatlari ko`zga tashlana boshlagan. Bu esa keyinchalik tashqi siyosatda 
va diplomatik munosabatlarda o`z ta’sirini ko`rsatmasdan qolmagan. 

Yüklə 446,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə