145 buxoro xonligi markazlashgan davrda rossiya bilan diplomatik munosabatlarga oid manbalar tarixi tarixshunosligi



Yüklə 446,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.03.2023
ölçüsü446,22 Kb.
#102468
  1   2   3   4
buxoro-xonligi-markazlashgan-davrda-rossiya-bilan-diplomatik-munosabatlarga-oid-manbalar-tarixi-tarixshunosligi



145 
BUXORO XONLIGI MARKAZLASHGAN DAVRDA ROSSIYA BILAN 
DIPLOMATIK MUNOSABATLARGA OID MANBALAR TARIXI 
TARIXSHUNOSLIGI 
 
Qodirov Nusratjon Uchqun o’g’li 
O`zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti,
tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yo’nalishi II- kurs magistranti 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada Buxoro xonligining tashkil topishi davri va Rossiya davlati bilan tashqi 
diplomatik va savdo aloqalari haqida ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Har tamonlama va 
chuqur o’rganilgan o’rta asrlar davridan bizning davrimizgacha bo’lgan (ХVI-ХVIII 
asrlar) tariximizga nazar tashlash orqali o`rganilayotgan davr muhitini ma`lum ma`noda 
his qilish imkoniyatiga ega bo`lamiz. 
Kalit so‘zlar:
 
Buxoro xonligi, Muhammad Shayboniyxon, Ismoil Safaviy, Ubaldullaxon, 
A.Jenkinson, Abdullaxon II, qozoq juzlari, Ivan Grozniy, Jung‘orlar, Xiva xonligi. 
ANNOTATION:
This article provides some information about the formation of the 
Bukhara Khanate and foreign diplomatic and trade relations with Russia. By looking at our 
comprehensive and deeply studied history from the Middle Ages to our time (XVI-XVIII 
centuries), we have the opportunity to feel in a sense the environment of the period under 
study. 
Keywords:
Bukhara khanate, Muhammad Shaibanikhan, Ismail Safavi, Ubaldullah, A. 
Jenkinson, Abdullah II, Kazakh juzs, Ivan Grozny, Jungars, Khiva khanate. 
Buxoro xonligi — o`zbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri bo`lib, Amir Temur 
asos solib ketgan Temuriylar davlati tanazzulga yuz tutgan davrda Dashti Qipchoqda davlat 
tuzgan turkiylarning o`zbek urug`idan chiqqan Muhammad Shayboniyxon tomonidan 
milodiy 1500-yilda asos solingan. Milodiy 1533-yilgacha mamlakatning markazi Amir 
Temur davlatining poytaxti sifatida belgilanib kelingan Samarqand shahri bo‘lgan. 
Ubaydullaxon davrida (mil. 1533-1539) Buxoro xonligining poytaxti Samarqanddan 
Buxoroga ko‘chiriladi. Chunki, Muhammad Shayboniyxon hayotligi vaqtida ukasi Sulton 


146 
Muhammadga Buxoro shahri meros sifatida berilgan edi. Poytaxt ko`chirilganidan keyin,
davlat nomi ham o`zgaradi va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan.
Shayboniylar davlati bilan bevosita hududiy qo`shni bo`lgan Eron Safaviylari davlati 
o`rtasida o`zaro sovuq munosabatlar mavjudligi bois ikki davlat o`rtasida harbiy nizo kelib 
chiqishi muqarrar edi. Ana shu to`qnashuv milodiy 1510-yil Marv yonida sodir bo`ladi. 
Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviyning harbiy hiylasiga uchraganligi sababli, ushbu 
jangda mag`lub bo`lgan. Muhammad Shayboniyxon va uning yaqinlari ham ushbu jangda 
Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlaridan yengilib halok bo‘lgandan keyin Movarounnahrda 
hokimiyat vaqtinchalik temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qo‘liga o‘tadi. Lekin, 
ko‘p o‘tmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab 
Movarounnahr butunlay shayboniylarga tobe bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda xonlikka hozirgi 
O`zbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon hududlari kirgan. 
Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi. 
Chunonchi, Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon, Samarqandda esa 
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon mustaqillik hukmronlikni e’lon qilgan.
41
Balx va 
Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxon mustaqil hukmronlik qilgan. Shu tariqa 
Shayboniylar ham o`zaro sulolaviy urushlar girdobiga tortiladi. Shu yillari mamlakatda 
qo`sh hokimiyatchilik yuzaga kelgan bo`lib, shayboniy sultonlari va mahalliy 
mulkdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navro‘z 
Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon 
va bir qancha kichik-kichik hukmdorlar mustaqil bo‘lib olganlar. Milodiy 1551-1556 
yillarda shayboniylar o‘rtasidagi Movarounnahr uchun kurashda Iskandarxonning o‘g‘li 
Abdullaxon g‘olib chiqib, Buxoro xonligida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan. Abdullaxon taxtga 
bevosita otasi Iskandarxonni o`tqazadi va otasining nomidan davlatni o`zi boshqaradi 
hamda Abdullaxon II nomi bilan atala boshlangan. Milodiy 1557-yildan boshlab Buxoro 
uzil-kesil xonlik poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563—83) va uning o‘g‘li Abdullaxon 
II davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan. Abdullaxon II Balx (1573), 
Samarqand (1578), Toshkent (1582), Farg‘ona (1583), Badaxshon (1584), Ko‘lob (1585), 
41
Хофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. Биринчи китоб Форс тилидан С. 
Мирзаев таржимаси. - Тошкент. 1999. 122-бет



Yüklə 446,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə