15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə11/20
tarix12.05.2022
ölçüsü54,53 Kb.
#86786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

Er resurslari – yangi erlarning ochilishi, sug‘orish, yangi texnik takomillashuvlar tufayli ko‘payish mumkin. Er resurslari taklifining ko‘payishi erga bo‘lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shahobchalarining kengayishi, intensiv dehqonchilikni qo‘llash tufayli er resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.

Ishchi kuchi (Mehnat) resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va xizmatchilarga ish haqi to‘lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, ish haqining o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.

Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o‘stirib borsa, yalpi taklif o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Masalan, agar jamiyat o‘z daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif ko‘payadi. Korxona o‘zining eski, sifati past bo‘lgan qurilmalarini, yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo‘la oladi. Agar mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.


Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə