15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə9/20
tarix12.05.2022
ölçüsü54,53 Kb.
#86786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

2-chizma. Ishlab chiqarish real hajmi. Taklif egri chizig‘i.
I. YOtiq kesma. Rasmdagi Qt nuqta to‘liq bandlilik sharoitida milliy ishlab chiqarish hajmining potensial darajasini ko‘rsatadi. YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmidan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmini o‘z ichiga oladi. Bu kesma iqtisodiyot chuqur tanazzul yoki depressiya holatida ekanligini, ko‘plab mashina, uskuna va ishchi kuchi foydalanilmayotganligidan guvohlik beradi. Foydalanilmayotgan resurslar harakatga kelishi mumkin, lekin bu narx darajasiga xech kanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu kesma yana ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovarlar va resurslarga narxi eski darajada qolishini bildiradi. SHunday qilib, yotiq kesma milliy ishlab chiqarish hajmi o‘zgarganda ham narx darajasi doimiy qolishini ko‘rsatadi.

II. Q va Qt nuqta o‘rtasidagi oraliq kesma milliy ishlab chiqarishning real hajmining ko‘payishi, narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchilar ham ishga jalb qilinadi. SHu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan harajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. SHu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.

III. Tik kesma iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to‘xtovsiz oshib borishi xam ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.


Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə