15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə5/20
tarix12.05.2022
ölçüsü54,53 Kb.
#86786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Bu erda gap mamlakatda pul massasi hajmining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul masasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi.

Investitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.

Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi.

Texnologiya. YAngi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.


Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə