15-Mavzu: Loyihalarni yakuniy bosqichga tayyorlash Loyihalarni tayyorlash tushunchasi



Yüklə 12,55 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,55 Kb.
#159171
Loyihalarni yakuniy bosqichga tayyorlash


15-Mavzu: Loyihalarni yakuniy bosqichga tayyorlash

Loyihalarni tayyorlash tushunchasi..


3.1. «Loyihalarni tayyorlash» tushunchasi. 
3.2. Investitsiya loyihalari xujjatlarini tayyorlash bosqichlari. 
3.3. Investitsiya mkoniyatlarini qidirishni tashkil etish. 
3.4. Loyihalarni birlamchi tayyorlash. 
3.5. Loyihalarning oxirgi shakllangan varianti va uni texnik-iqtisodiy xamda moliyaviy jixatdan afzalligi. 
Loyihalar ma‘lum ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanishlar va marketing tadqiqotlari natijasida tuziladi va ilmiy jihat-dan asoslanadi. Izlanishlar natijasi sifatida aniq ROYA va loyihaning kotsepsiyasi yaratiladi. G‗oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Loyihani amalga oshirishda yulboshchi-ning roli benihoya kattadir. SHu bilan birga loyihaning mu-hiti qulay va rag‗batlashtirish mexanizmi samarali bo‗lishi kerak. Loyiha yulboshchisi o‗z atrofiga professional muta-xassislardan iborat komandani to‗shgay olsagina, har tomonlama asoslangan loyihani yaratishni ta‘minlashi mumkin. 
Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning etuk mutaxassislari ishlab chiqishadi. Agar korxona mu-taxassislarining bilimi va tajribasi etarli bo‗lmasa, profes-sional maslahatchilar xizmatidan foydalaniladi. Agar yirik loyihalar ko‗p komponentlarga ega bo‗lsa, bunday loyihalarni tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo‗lgan ekspertlar va mahal-liy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribala-ri tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asosliligini ta‘-minlaydi. Loyihalarning real bo‗lishi uchun, shuningdek, ularni tayyorlash jarayonida ekspertlarning xulosasini olish maqsadga muvofikdir. Ba‘zi hollarda loyihalarni tayyorlash jarayonida ularning samaradorligi pastligi va amaliyotga tatbiq etish qiy-inligi ekspertlar tamonidan isbotlanadi. Natijada kelgusidagi un}tisiz xarajatlarning oldi olinadi. 
3.2. Investitsiya loyihalari xujjatlarini tayyorlash bosqichlari. 
Investitsiya loyihalarini xalqaro tajribada uchta yi-rik bosqichga bo‗ladilar: 

  • investitsiya oldi bosqichi;

  • investitsiya bosqichi;

  • yangidan vujudga kelgan ob‘ektlarni ekspluatatsiya qilishbosqichi.

«Investitsiya loyihalari tahlili‖ fanining asosiy nazifasi birinchi bosqich to‗g‗risida fikr yuritishdir. BMTning YUNIDO nomli bo‗limi tomonidan chiqarilgan byulletenda investitsiya oldi bosqichini to‗rtta yo‗nalishga bo‗lib o‗rganish tavsiya etiladi. Bular: 

Investitsiya oldi bosqichini bunday yo‗nalishlarga ajratish maksadga muvofiqdir. CHunki avval korxonaning yoki tar-moqning investitsiya yordamida ijtimoiy va iktisodiy ko‗rsat-
kichlarini yaxshilash imkoniyati bor yoki yo‗qligini aniqlash kerak. Bundan keyin investitsiya haqidagi fikrlarni chukur o‗rganib chiqish va shu asosda biznes-rejani vujudga keltirish lozim. Agar bu reja investor va buyurtmachida qiziqish uyg‗ot-sa, ishni keyingi bosqichlarda davom ettirish lozim. Bu yo‗nalish biznes-rejani chuqur tahlilkilish va uni iqtisodiy-mo-liyaviy tomondan baholashdan iborat. Agar bu izlanishlar natijasi ijobiy bo‗lsa, loyihalarni vujudga keltirish bilan bog‗liq bo‗lgan oxirgi xulosa chiqarish yo‗nalishiga o‗tish tavsiya etiladi. Industrial rivojlangan mamlakatlarda inves-titsiya oldi bosqichini vujudga keltirish loyiha qiymatining 1,5-5% hajmidagi xarajatni talab etadi. 
Albatta, bu erda loyiha qiymati hajmi asosiy rol o‗ynaydi. Umumiy investitsiya xarajatlaridagi investitsiya oldi bosqichining yo‗nalishlari bo‗yicha xarajatlar ulushi quyida gicha: birinchi yo‗nalishda 0,2 – 1,0%, ikkinchi yo‗nalishda 0,25 – 1,5 %, uchinchi yo‗nalishda katta loyihalar bo‗yicha 0,2 – 1,2 %, kichiklari bo‗yicha esa 1,0 – 3,0%. 
Investitsiya oldi bosqichida mukrbil variantlarga ega bo‗lgan bir necha loyihalar o‗rganiladi va ulardan samarador-ligi pastlari yoki samara bermaydiganlari chiqarib tashlandi. Bunday loyihalar kelgusi yo‗nalishlarda ko‗rilmaydi va bu bi-lan juda katta mablag‗ tejab qolinadi.
Yüklə 12,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə