15-son umumiy o’rta ta’lim maktabining huquq fani o’qituvchisi Gulchehra Raxmatovaning ning,,yosh huquqshunos” nomli



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/7
tarix13.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#127629
1   2   3   4   5   6   7
Yosh Huquqshunoslar to\'garak 2022-2023-yil;

Obyektiv huquq - huquq normalarining yig'indisi.
Subyektiv -huquq esa ma'lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo'lgan huquq.
Misol uchun kimningdir uy-joyga bo'lgan yoki biror-bir mulkka nisbatan bo'lgan huquqi. Subyektiv huquq obyektiv huquqsiz mavjud bo'lmaydi. Huquqning o`zi esa davlat bilan uzviy bog'liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo'lishi mumkin emas.
Huquq quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • tartibga solish

  • qo'riqlash

  • tarbiyalash.

  • Bu esa o'z navbatida huquq funksiyalarida namoyon bo'ladi.



Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar tizimi axloq hisoblanadi. O'zbekiston hududida ming yillar davomida shakllangan milliy axloq normalari milliy huquq tizimimizning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan, shuningdek O'zbekistonning mustaqillik yillarida qabul qilgan huquq normalari.
Axloq - kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig'indisi.
"Ota-onalar о'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag 'batlantiradi".
O'zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi

Aholi aksariyat qismining qarashlari va tushunchalari ham axloq ham huquqda aks etadi.


Axloq va huquq o'rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:

  • huquq davlat tomonidan belgilangan bo'ladi, axloq (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik kabilar) esa davlatning yordamisiz o'z- o'zidan shakllanadi;

  • huquq davlat irodasini, axloq esa jamiyat a'zolarining fikri, dunyoqarashi hamda insoniy fazilat va tushunchalarini aks ettiradi;

  • huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, axloq normalari esa jamoatchilik fikri orqali qaror topadi;

  • axloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq doirasini (do'stlik, o'rtoqlik va hatto muhabbatni ham) tartibga soladi. Huquq esa muayyan ijtimoiy munosabatlami tartibga solishga qaratilgan;

  • huquqda xatti-harakat yoki harakatsizlikni baholash mezoni "qonuniy-noqonuniy", axloqda esa "yaxshi-yomon"dan iborat;

  • huquq hujjatlarda aniq ko'rinishga ega.

Huquq va axloq bir yo'nalishda harakat qiladi. Ba'zan huquq jamiyatning eskirgan axloq normalaridan xalos bo'lishiga ko'maklashadi (masalan, xun olish asosida shakllanadi. Shu bilan birga, huquq axloq(“ezgulik” va “adolat” tushunchalari) asosida shakllanadi. Ko'pincha, sud "sha'n va qadr-qimmatni haqoratlash", qo'pollik" va boshqa shu kabi tushunchalarni to'g'ri tushunish maqsadida axloq qoidalariga murojaat qiladi.
Axloq bilan huquq alohida tushunchalar bo'lsa-da, ular umumiy xususiyatlarga ham ega.
1.Huquq va axloq tushunchalarining ko'pincha yonma-yon kelishiga sabab nimada deb o'ylaysiz?
2.Huquq qay tariqa paydo bo'lgan?
3.Obyektiv huquq nima? Misol keltiring
4.Subyektiv huquq nima? Misol keltiring.
5.Huquq funksiyalarini sanab bering.
6.Huquqning tartibga solish funksiyasining mohiyatini aytib bering.
7.Huquqning qo'riqlash funksiyasining mohiyatini aytib bering.
8.Huquqning tarbiyalash funksiyasining mohiyatini tushuntiring.
9.Axloq alohida inson uchun zarurroqmi yoki jamiyat uchunmi?
10Axloq bilan huquq tushunchalarining bir-biri bilan qanday bog'liqligi bor deb o'ylaysiz?
11.Agar bu ikki tushuncha o'rtasida ziddiyat paydo bo'lsa, unda nima o'zgartiriladi - huquqmi yoki axloqmi? Nima uchun?
12.Axloq va huquq o'rtasidagi farqlarni sanab berin
Dars mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə