16-mavzu: Osiyoning yangi industrial davlatlari



Yüklə 115,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.05.2023
ölçüsü115,12 Kb.
#113669
1   2   3   4   5
16 OsiyoAfrika (1)

SINGAPUR DAVLATI:
Singapur 1958-yilgacha Buyuk Britaniya 
mustamlakasi bolgan. (1828-yilda Buyuk Britaniyaning mustamlaka hududiga 
aylangan edi). 1959-yilda unga Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida muxtoriyat 
maqomi berildi. 1963-yilda esa Malayziy
 
federatsiya tarkibiga kirdi. 
 
Biroq, tez orada iqtisodiy masalalarda federatsiya subyektlari о’rtasida chuqur 
kelishmovchliklar yuzaga keldi. Natijada 1965-yilda Singapur federatsiya 
tarkibidan chiqdi va 9-avgust kuni o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi.
Mustaqillik yiIlarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan 
davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot 
ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu yerda 
hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug‘ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug‘iladi. 
Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko’p farzand ko nshga chaqirdi. S. R. Natan 
mamlakat Prezidenti lavozimida ishlamoqda. 
INDONEZIYA DAVLATI: 
1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan 
Idoneziya 1945-yilda ozod bo‘ldi va 4 sentabrda Sukarno (1901-1970) 
boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947-yil iyuhda Gollandiya bostirib kirdi. 
BMT ning aralashuvi va AQSH ning ta’siri bilan
 
1949 - yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligim tan oldi. 1950-yilda Su karno 
lndoneziya unitar respublikasini e’lon qildi. Mamlakatda mustaqillikning 
beshtamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga 
e’tiqod asosida ish olib borildi. 


Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Neft kon , kauchuk 
plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqa, to’qimachilik mollari, tayyor kiyimlar 
tayyorlash kuchaytirildi. Tabuy boyliklar xalq qo liga о tdi. 
1965-yil 30-sentabrda kommunistparastlar davlat to’n tarishi uyushtirmoqchi 
bo‘ldilar. Lekin uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar 
qatag‘on qilindi. 
1968 - yilga kelib general Suxarto prezident bo’ldi va mamlakatni 1998- yil 
iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik 
hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, Yaponiya va 
boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. 
Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. 
Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, 
neft eksport qiluvchi, davlatga aylandi. 90-yillarda 4 yil ichida 35 mlrd. dollar 
miqdorida xorijiy kapital kiritildi.Turli avtomobillar, zamonaviy samolyotlar 
yig‘ildi. Lekin 1997 – yilda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar 
yopildi, ishsizlar soni 20 mln ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd. dollarni tashkil etdi. 
1998-yil iyunida prezident Suxarto iste’foga chiqib, noyabr oyida В. 
Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi. Ammo siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlay olmadi. 
1999-yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon musulmon 
diniy partivasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib sayland. U ham 
vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975 -yilda 
Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham 
shunday huquqni qo‘lga kiritdi. 
Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to’la egalladi. Indoneziy hozirgi 
kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ко’mir, mis, qo’rg’oshin, nikel, baliq 
mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi. 0‘zbekiston bilan yaqin 
hamkorlik о’rnatgan. 
Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan Myanman1942-yilda Yaponiya 
butunlay bosib oldi. 1945- yilda Yaponlarni quvib chiqargan ozodlik harakati 


kuchaydi. 1947-yil 24-sentabrda Ta’sis Majlisi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini 
qabul qildi. 1947-yil 17-oktabrda Xalq ozodligi antifashistik ligasi yangi prezidenti
U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Birma Ittifoqi 
1948-yil 4-yanvardan mustaqil deb e’Ion qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi va 
1952-yilgacha mamlakatni boshqardi. 
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g‘alla, makkajo xori, paxta, 
shakarqamish jut va boshqa mahsulotlarni ko'paytirishga harakat qilindi. Guruch 
tozalash, yog', choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari, yangi 
texnologiyalar bo‘yicha rekonstruksiya qilindi. 
1952-1957-yillarda Ba U, 1957-1962-yillarda U Vin Maung presidentlik 
qildilar. 1962
– yil martda harhlylar general Ne Vin boshchiligida davlat 
to’ntarishini o‘tkazdilar. 1947-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat 
Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshlandi. Yangi sotsialistik 
jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin rivojlanish ko’ngildagidek 
bo’lmadi. 1988- yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung 
prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o’tish boshlandi. Ahvol 
yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo’1 ochildi. Yalpi mahsulotning o‘sishi 
yiliga 8 foizga ko'tarildi. 1992-yilda hokimiyatga kelgan U Tan Shve mamlakat 
iqtisodini yanada ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar munosabatlarini yaxshilash yo'lini 
tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib 
chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, qo‘rg‘oshin-rux 
korxonalari rivojlangan.

Yüklə 115,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə