16-mavzu. O‘zbekistonda xom ashyo manbai va uni joylashtirish


Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai



Yüklə 361,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü361,09 Kb.
#134166
1   2   3
\'Мавзу Хомашё нинг Ўзбекистонда манбаи ва уни жойлаштириш

 
2.Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai 
Mineral xom ashyo-konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir. 
O‘zbekistonning yer qa’ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha 
saqlangan ko‘xna konlar va ularning qoldiqlari O‘zbekison hududida konchilik 
qadimdan rivojlanganidan dalolat beradi
1

Hozirgi kungacha mamlakatda 3000 dan ortiq foydali qazilma koni aniqlangan 
bo‘lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan olganda, ularning 50 tasi asl, 
41 tasi rangli, nodir radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg‘i-energetika, 19 tasi 
kon-kimyo, 45 tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti 
suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat
1

O‘zbekiston yer osti boyliklari istiqboli juda ulkan. Respublika hududining 
faqat 20-25 % maydonida geologik qidiruv ishlari olib borilgan. 
O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega 90 ga yaqin neft konlari ochilgan 
bo‘lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat 
1
O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 12 – jild. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil. 17 - bet
 


konlari toifasiga kiradi. Mamalakatdan neft va gaz Farg‘ona, Surxondaryo, Hisor, 
Buxoro, XIVa va Orol-Ustyurt regionlarida topilgan. 
Asl metallarga oltin, kumush, ruteniy, radiy palladiy, osmiy, iridiy va platinalar 
kiradi. O‘zbekistonda shulardan faqat oltin va kumush toza holda qazib olinadi, 
boshqalari esa turli rudalardan ajratib olinadi. 
Aniqlangan oltin zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda to‘rtinchi, qazib olish 
darajasi bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Bu yerda oltinning 50 dan ortiq konlari 
qidirib topilgan. Uning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin 
koni butun Yevro osiyo qit’asida ma’lum va mashhur. Uning rudasi tarkibida oltin 
miqdori yuqori hisoblanadi.
Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari 
qidirib topildi. O‘zbekistondagi hozirgacha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming 
tonnadan oshadi. 
Respublikada umuman olganda 26 ta kumush koni aniqlangan. Ular asosan 
Qizil qum va Chotqol-Qurama tog‘lari hududlarida to‘plangan. 
Rangli metallarning eng muhim turlari hisoblangan uran va mis zahiralari 
bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yettinchi o‘rinni egallaydi. Uranning razvedka 
qilingan zahiralari aniqlangan, vulkonogen jinslarda topilgan bo‘lib, mezozoyning 
qum toshli tipiga mansub. 
Uran bilan yo‘ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, 
mis, qo‘rg‘oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir 
va rangli metallarning yirik konlari bor.
Respublikamizda har yili 90 ming tonnaga yaqin mis ishlab chiqariladi. 
Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni 100 yil 
mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir. 
Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon rayonida joylashgan. Qalmoqqir 
mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash mamalakatdagi eng 
yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. 
Shuningdek, bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va 
boshqa katta zahiralarga ega bo‘lgan Dalniy koni bor. 
Mamlakat hududida 100 dan ortiq qo‘rg‘oshin va ruh konlari mavjud bo‘lib, 
ular asosan Olmaliqdagi Qo‘rg‘oshin kon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va 
Surxondaryo viloyatidagi Xondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo‘ldosh 
metallar – mis, kumush, kamdiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O‘zbekistonda 
molibdenli formatsiyalar ham bor. Chotqol-Quramatog‘lari vismutga boy. Janubiy 
Farg‘ona belbog‘ining o‘zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan ortiq surma 
rudalanishlar aniqlangan. 
Respublika nodir metallarning eng muhim turi hisoblanadigan volframning 7 
ta koni va 200 dan ziyod ruda belgilari mavjud yerlari aniqlangan. Volfram 
ob’ektlari Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum hududlarida to‘plangan.
Qorametallardan eng ko‘p tarqalganlari temir, titan, marganets, magniy, xrom 
va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko‘rinishlari aniqlangan. Ular 
orasida muhimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tebin buloq titan-magniy koni 
hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon, Qora tepa, Lola buloq va boshqa joylarda 


mavjud. Magmatik xrom Qizilqumda, Farg‘onada, ayniqsa, Tomdi tovva Sulton 
Uvaysda ko‘plab uchraydi. 
O‘zbekistonda nometall xom ashyo-glaukonit, dalashpati, vallastonit, grafit, 
asbest, talk, talktoshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari 
ko‘p. Vollastonitning 5 ga yaqin ko‘rinishi va konlari aniqlangan. Grafitning 30 dan 
ortiq ruda-rudalanishi va konlari ma’lum. Qimmatbaho va ishlov beriladigan 
toshlardan topaz, feruza, ametist, tog‘ xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, 
amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik 
zahiralari qayd etilgan. 
Geologik tadqiqotlar natijasida Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va 
Farg‘ona artezian xavsazining yer osti suvlarida yod, brom, litiy, seziy, stransiy va 
boshqa sanoat Konsentratsiyalari aniqlangan. 2005 yildan boshlab Kruk konida yod 
olinmoqda.
O‘zbekiston xududida 500 dan ziyod g‘isht, sement, gips, ohak tosh, beton 
to‘ldiruvchiliklari va boshqa qurilish materiallari konlari razvedka qilingan va 
ulardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 
Potensial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni qazib 
olishning iqtisodiy samarali usullarini qo‘llash uchun konlar zahirasining miqdorini 
iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri aniqlash va sanoat ko‘lamida ekspluatatsiya qilish 
navbatini belgilash alohida ahamiyatga ega. 
Zahiralarni o‘rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi asosida 
olib boriladi. Sanoatning mineral xomashyoga bo‘lgan talabini aniqlashda 
konlarning o‘rganilganlik darajasi muhim o‘rin tutadi.
Mineral xomashyo zahiralarni qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik 
darajalari bo‘yicha bir necha kategoriyalarga bo‘linadi. 
Ular ma’lum bir davr uchun texnik – iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi 
darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo‘linadi.
Balansdagi zahiralarga sanoat talablariga va foydalanishning texnik shartlariga 
javob beruvchi va hozirgi kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq bo‘lgan zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiralarga esa tarkibida 
foydali komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo‘lgan yoki ekspluatatsiya 
sharoitlari og‘ir bo‘lgan, xomashyosini sanoat usullari bilan qayta ishlash hozircha 
mumkin bo‘lmagan zahiralar kiradi. 
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish ishlab 
chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma va 
normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarishga 
kerakli xomashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, 
ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va ishlab chiqarish 
resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot sifati bo‘yicha 
qo‘yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo va materiallarni tejashning asosiy yo‘llari 
quyidagilardan iborat: 
-mashina va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash; 
-yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish; 
-texnologik jarayonlarni yaxshilash; 


-xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish; 
-ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Istiqlol va bozor iqtisodiyotiga kirib borish mamlakatning xomashyo 
resurslarini ko‘paytirishga va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga keng yo‘l 
ochdi. Davlatning respublika sanoati xomashyo bazasi borasidagi xo‘jalik siyosati 
qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining yuqori sur’atlar bilan taraqqiy etishini 
ta’minlovchi xomashyo resurslarining jadallashtirilgan rivojlanishini ta’minlashdir. 
Sanoat xomashyo bazasi rivojining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
yangi xomashyo manbalarini aniqlash bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini 
kengaytirish;
-
undiruvchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining sanoat uchun yetarli darajada 
mahsulot etishtirishini va uning tovardorlik qobiliyatini kuchaytirish; 
-
sun’iy materiallar va ular o‘rnini bosuvchi turli xil buyumlari yaratish va 
h.k.lar. 

Yüklə 361,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə