16-mavzu. O‘zbekistonda xom ashyo manbai va uni joylashtirish


 Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi



Yüklə 361,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü361,09 Kb.
#134166
1   2   3
\'Мавзу Хомашё нинг Ўзбекистонда манбаи ва уни жойлаштириш

 
3. Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi 
Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun resurslar tekin 
emas. Ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. 
Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo 
xarajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir. Izlanishlar 
qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi 
so‘nggi bosqichi va muqobil yo‘li resurslar tejamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda. 
Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi 
vazifalarni hal qiladi: 
-xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi; 
-alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z 
o‘rnini egallash; 
-mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish; 
-iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o‘sishiga 
intilish; 
-dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va 
xo‘jalik faoliyatidan foydaolish. 
Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini – yo unisini, yo bunisini tanlab 
olish zaruriyati) shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi va taktikasining 
tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik 
oshishiga olib keladi. 
Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, 
moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan 
tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas’ullikni, bozor 
iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy 
tadqiqot va ularning yechimlarini teran anglashni talab qiladi. 
Rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, ularni bepul va 
qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga 


taqsimlanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarga va ulardan foydalanishga 
bo‘lgan talab kuchayayotganligi bois bunday vositalarni tejamkorlik bilan 
ishlatishni taqozo etmoqda. 
Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun 
resurslar amaliyotda emas, balki hujjatlarda «tejalardi». Endilikda bu masala 
oldingidek, “yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning samaradorlikni oshirishga bo‘lgan qiziqishi asosida hal etilmoqda. 
Hozirgi sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishgina 
emas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘ 
talab qilinishi ham ko‘pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Bu har 
bir korxonani bir tomondan, talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa, resurslar 
xarajatining kam chiqimli yo‘llarini axtarishga undaydi. Bulardan tashqari, har bir 
korxona uchun xarakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi ham 
aynan shuni taqazo etadi. 
Xom ashyodan ratsional foydalanish sanoat xom ashyo bazasini kengaytirish 
va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xom ashyodan 
maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko‘p jihatdan qayta ishlovchi sanoat 
tarmog‘I yoki korxona uchun xom ashyoni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. 
Xom ashyo mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va 
uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga, 
ishlab chiqarish tsiklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog‘ida bir necha turdagi xom ashyo 
qo‘llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni tanlash maqsadga muvofiq 
ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot 
tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom ashyodan maksimal foydalanish; kamyob 
bo‘lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish 
mumkinligi; sun’iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning 
progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo‘lg‘usi tayyor 
mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi; ma’lum davrda muayyan tarmoqda 
qo‘llashning iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim 
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va 
innavatsion faoliyat. 
Xom ashyodan to‘liq va har tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli 
xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak. 
Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo‘li xom ashyo va 
materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, yedirilgan mashinalar, binolar va eski 
texnikalarning metall qismlari, qog‘oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta 
foydalanish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmonida tasdiqlangan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy 


xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan 
yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish» ga alohida muhim o‘rin berilgan
2

Iqtisodiyot tizimining raqobatbardoshligini yanada oshirish, aholi farovonligini 
yuksaltirish, birinchi navbatda, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, elektr 
va energiya resurslaridan tejamli foydalanilishiga bog‘liqdir. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Xom ashyo tushunchasi va uni guruhlashning qanday an’anaviy usullarini bilasiz? 
2.O‘zbekiston sanoatining xom ashyo bazasi va uning rivoji qanday? 
3.Sun’iy materiallar ishlab chiqarishning rivojini nimalarda ko‘rish mumkin? 
4. Sanoat xom ashyosidan foydalanishning oqilona usullariga ta’rif bering? 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni. 7 fevral 2017 yil. http://press-service.uz/uz/document/5482/. 

Yüklə 361,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə