17-Ma’ruza: Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. (4-soat) Reja



Yüklə 178,72 Kb.
səhifə6/6
tarix13.05.2022
ölçüsü178,72 Kb.
#86896
1   2   3   4   5   6
17- Ma\'ruza

N um = N ish +N MTX +N xiz+N KXX

bu yerda: N ish - smenadagi maksimal ishchilar soni, chiziqli yoki to‘rsimon kalendar rejadan olinadi;

N MTX –muhandis-texnik xodimlar soni;

N xiz- xizmatchilar soni;

N KXX –kichik xizmatchi xodimlar soni.

Muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlar sonini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi:



Qurilish ishtirokchilari tarkibi, %

Qurilish turi

Ishchilar

Muhandis texnik xodimlar

Xizmatchilar

Kichik xizmatchilar

Sanoat qurilishi

84,0

11,0

3,5

1,5

Qishloq xo‘jaligi qurilishi

83,0

13,0

3,0

1,0

Fuqaro qurilishi

85,0

8,0

5,0

2,0

Vaqtinchalik binoning umumiy maydoni 1 kishiga me’yor bo‘yicha lozim bo‘lgan maydonni bu binning turidan foydalanuvchilarning umumiy soniga ko‘paytirish orqali hisoblab topiladi. Bu hisoblarni bajarishda me’yoriy hujjat va maxsus jadvallardan foydalanish lozim. Vaqtinchalik bino va inshootlarni hisoblashda quyidagi jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiqdir:


Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali

T /r

Binoning nomi

Foydalanuvchilar soni, kishi



Binoning maydoni, m2

Vaqtinchalik binoning turi seriya

Binoning rejadagi o‘lchamlari, m

1 kishiga me’yor

Umumiy

1

2

3

4

5

6

7






















Vaqtinchalik binolar maydonlarini hisoblashda, bu binolardan foydalanuvchilarning soni quyidagi miqdorda olinadi:

- ish yurituvchining xonasi (boshqarma) uchun xizmatchilarning umumiy soni;

- madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish binolari uchun qurilishda ishtirok etuvchilar umumiy sonining 70-80 % i miqdorida, ya’ni 0,7 N um- 0,8 N um qabul qilinadi.

Vaqtinchalik bino va inshootlarning turi, maydoni va o‘lchamlari aniqlangach, ular shamolning yo‘nalishini hisobga olgan holda (“shamol atirguli”dan foydalanib) qurilish maydoniga joylashtiriladi. Bunda madaniy - maishiy maqsadlardagi vaqtinchalik binolarga ishlab chiqarish changlarining yetib kelmasligini yoki noxush hidlarning ish joyiga, ovqatlanish va dam olish joylariga yo‘nalmasligini ta’minlash kerak bo‘ladi.


11.2. Quriladigan vaqtinchalik binolarni hajmini hisoblash
Qurilish bosh tarhining qay darajada to‘g‘ri tuzilganligi ob’yekt qurilishida mehnat unumdorligini oshirishga zamin hozirlaydi. Bunday bosh tarh asosida qurilishning tashkil etilishi qurilish narhining kamayishiga, qurilish muddatlarining sezilarli qisqarishiga va ish sifatining oshirilishiga olib keladi. Shuning uchun loyihalash davrida qurilish bosh tarxi bir necha xil variantda tuzilib ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va o‘zaro taqqoslab ko‘riladi. Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng samarali deb topilgan loyihaning varianti qurilishda qo‘llash uchun qabul qilinadi.

Umummaydon qurilish bosh tarhi uchun quyidagi texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

1. Vaqtinchalik bino va inshootlar qurish uchun nisbiy sarf-harajatlar. Bu ko‘rsatkich umumiy smeta narxiga nisbatan % larda olinadi.

2. Tayyorgarlik davri uchun ya’ni, qurilishni tashkil qilish uchun ketadigan vaqt (qurilish maydonini o‘zlashtirish va tayyorlash uchun).

3. Vaqtinchalik bino va inshootlarni qurish uchun mehnat sarflari.

4. Bir gektar qurilish maydoniga to‘g‘ri keluvchi sarf-xarajatlar miqdori va boshqalar.

Alohida olingan ob’yektning qurilish bosh tarhini baholashda yuqoridagilardan tashqari quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi:

1. Qurilish maydonining yuzasi, m2

2. Qurilayotgan bino egallagan maydon, m2

3. Vaqtinchalik bino va inshootlar egallagan maydon, m2

4. Ochiq omborlar maydoni, , m2

5. Ichki yo‘l va yo‘laklar uzunligi, m

6. Vaqtinchalik devor uzunligi, m

7. Vaqtinchalik suv, telefon, elektr ta’minoti tarmoqlarining uzunligi, m

8. Tungi yoritish chiroqlarining soni, dona.
11.2. Vaqtinchalik inventor bino va inshootlar
Asosiy qurilish ishlarini boshlashdan oldin QMQning "Qurilish ishlab chiqarishini tashkillashtirish" qoidalariga binoan quyidagi tayyorgarlik ishlarini bajarish kerak bo’ladi. QMQ 3.02.02-97 "Turar inshootlar va zamin va poydevorlar"

1 Geodezik taqsimlov ishlarini amalga oshirish.

2 Eski qurilishlarini buzish, tozalash.

3 Maydonni tekislash ishlarini amalga oshirish.

4 Injenerlik tarmoqlarini ko’chirib qaytadan yotqizish.

5 Qurilish maydonini o’rash.

6 Vaqtinchalik bino va inshootlarni barpo etish, inventor vagonlarini montaj qilish.

Tayyorgarlik ishlarining muddati 2 oy

ER ISHLARI

Qurilish maydonining qamli va lyos guruntlar xisoblanadi, qazish qalinligiga qarab QMQni me'yoriy xujjatlariga asosan I va II guruxlarga kiradi va ularni qazish, tekislashda qurilish mashinalari va mexanizmlardan foydalaniladi.

Foydalaniladigan yer qazish mashinalari va mexanizmlarga quyidagilar kirishi mumkin.

Buldozerlar - D - 271

Ekskavatorlar - E - 652 teskari cho’michli cho’michning xajmi 0,65 m3

Avtograydr - J - 538

Og’ir trembovshik - R - 3,0

O’zi to’kar mashinalar - MAZ 503, ZIL, MMZ 555

Pnivmazichlagich yarim tirkanuv katak - D 551 A

Bino va inshootlarning poydevori loyixadagi chuqurlikgacha bo’lgan xandak va transhiyalarni qazish uchun teskari cho’michli ekskavatorlardan foydalaniladi.

Kam etajli binoni barpo etish chiziqli (muntazam metod) usulida olib boriladi. Bu usul muntazam ishlab chiqarish metodi bilan xarakterlanadi.

O’zakli oqim usuli qurilishni uzluksiz olib borish prinsiplariga asoslangan holda olib borishga va qurilishdagi texnologik jarayonlarni bir me'yorda uzluksizligini ta'minlashga asoslanadi. Xamma asosiy qurilish montaj ishlarining maromida borishi qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va uyushtirishning asosiy prinsplari xisoblanadi.

Binoni barpo etish majmuali oqim usulida olib boriladi.

Majmuali oqim metodi xamma ishlarni doimiy va vaqtinchali bino va insho-otlarni qurilishi, yo’l, muxandisli tarmoqlari va boshqa qurilish montaj ishlarini tay-yorgarlik davridagi qurilish ishlarini xam o’z ichiga oladi.



Tayyorgarlik davrida qurilgan vaqtinchalik va doimiy bino inshootlar qaysi qurilish davrida ishlatiladigan, va qurilish uchun zarur bo’lganlari quyidagi ob'ekt oqimlari orqali amalga oshiriladi.

  1. Maydonni territoriyasi qurilishga tayyorlash;

  2. Tashqi elektr manbalari bilan ta'minlash va suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya;
    g) Vaqtinchalik bino va inshootlar;

  3. Avtomabil yo’llari va maydonchalar.

Bunda maksimal ravishda mavjud qurilgan yo’llar, binolar, muhandislik tarmoq-laridan xamda tayyorgarlik qurilgan inshootlardan foydalanish.




121


Yüklə 178,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə