17-Mavzu: Etika. Axloq va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Reja



Yüklə 29,4 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#136320
1   2   3   4
17-mavzu

Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. XX asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.
Ommaviy madaniyatning tanaga turli rasmlar chizdirish( tatu ), Helovvin bayramini nishonlash, tananing turli qismlarini teshdirib turli temirli buyumlarni taqish, Jamoat joylarida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqealarni foto va video lavhalarga olish(insonlarga yordam bermasdan) kabi turli ko'rinishlari mavjud.
Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop (ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop (ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. „Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ eta­yotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi.
„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R.Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatgichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.

Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə