18-amaliy mashg’ulot mavzu: Volvoksning tuzilishi va ko‘payishi. Mashg‘ulot rejasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#152226
  1   2
8-amaliy ishlanma


18-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Volvoksning tuzilishi va ko‘payishi.


Mashg‘ulot rejasi:
1. Volvoksning tuzilishi
2. Volvoksning ko‘payishi.
3. Volvoksning ahamiyati.


Darsning maqsadi: Volvoksning sistematik o’rni, tuzilishi va ko’payishini o’rganish.
Ko’rgazmali qurol va jihozlar: Volvoks (Volvox)ning tirik materiali, shu suvo’tlarning doimiy preparatlari, jadvallar, kitoblar, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynalar, pipetka.
Ishning bajarilishi



  1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish.

Bo’lim: Yashil suvo’ttoifalar - Chlorophyta


Ajdod: Teng xivchinsimonlar - Chlorophycaea, Isocontae,
Qabila: Volvoksnamolar - Volvocales
Turkum: Volvoks - Volvox
Turlari Volvox globator, Volvox carteri


Umumiy tushuncha
Volvoksnamolar tartibining keyingi evolyutsiyasida sharsimon koloniya vujudga kelgan. Bularni, tipik vakili sifatida volvoks (Volvox) bilan tanishamiz. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organik moddalarga boy bo‘lib, yozda iliq ko‘lmak hamda xalqop suvlarda, mayda hovuzchalarda o‘sadi.
Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipsimon bo‘lib, diametri 2-3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500-600 mingga etadi. Volvoksni har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi. Koloniya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to‘lgan, ust tomonida gematokokkga o‘xshash ikki xivchin, yadrosi, xromatoforasi, ko‘zchasi, tebranuvchan vakuolalari bo‘ladi. Hujayra po‘sti yarim shilimshiq bo‘lib, xivchini tomoni tashqariga, dum tomoni markazga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Koloniyadagi hujayralar ingichka plazmasimon iplar (plazmodezmalar) yordamida o‘zaro birlashadi. Volvox globator degan turda bu iplar ancha dag‘al, yo‘g‘onlashgan hamda xromatofor bilan tutashgan bo‘lib, mikroskop ostida qaralsa senobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. (24-rasm).
Volvoksnamolar tartibining vakillari jinssiz ko‘paygan vaqtda qiz koloniyalar hosil qiladi. Masalan, Gonium jinssiz ko‘paygan vaqtda harakatdan to‘xtab, hujayra protoplasti eniga va bo‘yiga bir necha marta bo‘linib, oxirida 16 plastinkasimon hujayralar hosil qiladi (25-rasm).
Natijada ona hujayra (senobiy) ichida yangi senobiy paydo bo‘ladi. Ular kichikligi bilan ona senobiydan farq qiladi. Bu yosh senobiy ona senobiysi ichida harakat qilib o‘sadi. Ma’lum vaqt o‘tgach bola senobiy ona senobiy devorchasini yirtib, suvga chiqib, mustaqil o‘sadi va jinssiz ko‘payadi (26-rasm).
Pandarina, Eudorina va Volvoks turkumlarining turlari ham jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra protoplasti ko‘ndalang 2, 4, 8, 16 bo‘laklarga bo‘linadi. Natijada goniumnikiga o‘xshash ko‘p hujayrali plastinka vujudga keladi, keyin uni chetlari bukilib, xivchinlar chiqarib, kichik senobiy hosil bo‘ladi.
Volvoks senobiysida vegetativ va 8-10 reproduktiv hujayralar bo‘lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar gonidiy hujayralar deb ataladi.
Gonium va pandarinaning jinsiy ko‘payishi izogamiya, evdorinada - geterogamiya, volvoksda esa oogomiya.
Tomizgich bilan volvoksni bankadan suv tomchisi bilan olib, mikroskopni kichik keyin esa katta ob’ektivlarida qaralganda volvoks hujayrasining yirik, 2-3 mm. diametrli sharsimon koloniyasi ko’rinadi. Sharning chetlarida bir qavat hujayralar joylashgan, koloniyada hujayralar miqdori 500 dan to 60 000 tagacha etadi. Sanashga xarakat qilib ko’ring. Sharning ichki qismi shilimshiq bilan to’lgan. Hujayralar koloniyalar ichida bir-biri bilan plazmodesma ipchalari yordami birikkanligiga, tashqi tomonga hujayralardan ikkita xivchin chiqib turganligiga e’tibor bering.
Jinssiz ko’payishda qiz koloniyalar hosil bo’ladi. Volvoksda faqat 8-10 reproduktiv hujayra bo’ladi, ularning protoplasti uzunasiga bo’linib, yangi tsenobiy koloniyalarni shakllantiradi.
Volvoksda jinsiy jarayon – oogamiya. Erkak hujayralari – anteridiylarda ikki xivchinli sarg’ish spermatozoidlar etiladi. Urg’ochi hujayralar – oogoniy bitta yirik tuxum hujayralar yuzaga keladi.
Tuxum hujayra spermatozoid bilan qo’shilib, zigota hosil qiladi. U qalin po’st bilan o’ralib tinim davriga o’tadi. O’sib chiqayotganida diploid yadrosi reduktsion bo’linib, to’rtta gaploid yadro va to’rtta zoospora hosil qiladi. Zoosporalardan esa yangi volvokslar hosil bo’ladi.




Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə