18-mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn



Yüklə 350,15 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü350,15 Kb.
#146441
1   2   3   4   5
18-MAVZU KRIPTOVALYUTALAR BOZORI VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR

Kriptovalyuta nomi



Belgisi

Narxi (dollar)

Bozor kapitallashuvi
(mlrd dollar)

24 soatlik aylanmasi hajmi
(mln dollar)

1

Bitcoin

BTC

$61550.5
4

$1162,4

$35825

2

Ethereum

ETH

$4,510.78

$533

$ 20663

3

XRP

XRP

$1.20

$16.88

$626.81

4

Bitcoin Cash

BCH

456.26

$7.98

$472.71

5

EOS

EOS

5.3937

$4.89

$738.11

6

Stellar Lumens

XLM

0.2205

$4.19

$53.89

7

Litecoin

LTC

52.644

$3.10

$373.30

8

Tether

USDT

0.98204

$2.69

$3.12

9

Cardano

ADA

0.07696

$2.01

$54.67

10

Monero

XMR

102.61

$1.71

$179.70

11

TRON

TRX

0.022635

$1.51

$172.33

12

IOTA

MIOTA

0.51961

$1.46

$32.51

13

Dash

DASH

169.14

$1.42

$220.99

14

Binance Coin

BNB

9.8204

$1.15

$31.92

15

NEO

NEO

16.51

$1.08

$189.65

16

Ethereum
Classic

ETC

9.97

$1.05

$233.73

17

NEM

XEM

0.09466

$0.851

$11.48

18

Tezos

XTZ

1.2862

$0.780

$2.01

19

VeChain

VET

0.0121

$0.674

$13.39

20

Dogecoin

DOGE

0.005471

$0.628

$13.18

Bitkoyn 2009 yilda yaratilgan eng birinchi yaratilagan blokcheyn texnologiyalar asosida yaratilgan kriptovalyuta hisoblanadi. Eng qiziqarlisi, oʻzini Satoshi Nakamoto deb nomlovchi Bitkoyn tizimi yaratuvchisi deyarli anonym shaxs hisoblanib, u 2011 yildan soʻng gʻoyib boʻldi va hattoki Internetdan ham yoʻqolib qoldi. Albatta bunday holatni tushunish mumkin, bu inson haqiqatda oʻz hayotidan xavfsirayotgan boʻlishi mumkin.


108 https://coinmarketcap.com/ru/all/views/all/
Biroq kutilmaganda oʻtgan yil avstraliyalik Kreyg Rayt omma oldida aynan u Bitkoyn kriptovalyutasini yaratuvchisi ekanligini oshkor etdi. U oʻz fikrlarini 3ta – BBC, GQ va Economist nashrlariga intervyu berish orqali bildirdi. BBC bilan uchrashuvda Rayt Bitkoyn tizimi dastlabki rivojlanishni boshlayotgan davrda yaratilgan, kriptografik kalitlar qoʻllanilgan elektron imzoni qoldirdi. Aynan ushbu kalitlar birinchi partiya Bitkoynlarni yaratishda ham qoʻllanilgan. 2009 yil yanvar oyida Bitkoynlar Xolu Finney kriptografikasiga oʻtkazilgan va bu kriptovalyuta bilan amalga oshirilgan birinchi bitim hisoblangan.
Raytning ta’kidlashicha, u Satoshi Nakamoto nomidan foydalanishga chek qoʻyishga qaror qilib, aynan u Bitkoyn yaratuvchisi ekanligini isbotlovchi axborotni e’lon qilishni va’da berdi. U shuningdek kriptovalyutalarni vujudga keltirishda unga katta koʻlamdagi yaratuvchilar jamoasi yordam berganligini aytib oʻtdi. Oʻtgan yili dekabr oyida Wired va Gizmodo jurnallari tekshiruv natijalarini nashr qilishdi, unda Bitkoyn yaratuvchisi Rayt ekanligi aytilgan. Shundan soʻng Avstraliya hukumati Raytning uyida tintuv oʻtkazishdi. Rayt esa bu tintuvlar soliqlarni toʻlanishi bilan bogʻliq tekshiruvlar sababli ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga koʻra, 2017 yil 21-oktyabrda Nakamoto Bitkoyn orqali 5.9 mlrd AQSH dollariga ega boʻldi. Umuman olganda, 2018 yilning oktyabr oyida 17 million 311 ming dona Bitkoyn muomilada boʻlgan. Biroq, maynerlar tomonidan topiladigan Bitkoynning maksimal miqdori 21 million donani tashki etadi. Muomalada boʻlgan Bitkoynlarning 34.28 foizini top-1000 Bitkoynning anonim egalari egalik qiladi. Barcha Bitkoyn anonim egalarining 90 foizi 0.1 BTC kam miqdorga egalik qiladi. 2010 yil 22 may oyida Laszlo Haynkez 2 ta Papa John’s Pizza pitstsalari 10000 BTC ayriboshladi va bu birinchi qonuniy tovar ayriboshlanishi uchun Bitkoynning ishlatilishi edi. Usha vaqtda 10000 BTCning narxi 41$ edi. 2021 yil oktyabr oyi holatiga 10000 BTC taxminan 650.67 mln dollarga teng bo‘lgan.
16.4-rasmda Bitkoyn narxining soʻnngi yilda, pandemiya davrida oʻzgarish diamikasi tasvirlangan. Unga koʻra, Bitkoynning narxi 2016 yildan 2017 yilning yanvariga qadar juda sekin miqdorda oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2017 yilning 2-choragidan boshlab Bitkoynning
narxi yuqori sur’atlarda koʻtarila boshlangan va 2017 yilning dekabr oyida esa maksimal nuqtaga erishdi. Biroq, keying 2018-yil boshidan keskin tushish kuzatilgan. 2018-yil oktyabr oyida esa 6500 dollar atrofida kuzatilgan. 2021 yilda esa 10 barobarga oshganligini (65000 dollar) govohi bo’ldik. Tahlil natijalariga e’tibor qaratadigan boʻlsak narxi yuqori tebranuvchan boʻlganligiga guvoh boʻlish mumkin.




4-rasm. Bitkoyn narxining soʻnngi 1 yilda oʻzgarish dinamikasi

Bugungi kunda dunyoda 500dan ortiq kriptovalyuta birjalari mavjud boʻlib, Binance, KuCoin, Huobi Pro, Chagelly, Bittrex, Poloniex, Bitfinex, Bitmex, Cryptopia kabilar dunyodsagi eng yirik kriptovalyuta birjalari hisoblanadi.





Yüklə 350,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə