18-mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn


Blokcheyn texnologiyalari



Yüklə 350,15 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü350,15 Kb.
#146441
1   2   3   4   5
18-MAVZU KRIPTOVALYUTALAR BOZORI VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR

2.Blokcheyn texnologiyalari




Blokcheyn texnologiyalar – kriptovalyutalarni asosini tashkil etuvchi texnologiyalar boʻlib, moliya bozorini taraqqiy etishini yangi
bosqichga olib chiquvchi, raqamli innovatsion texnologiyalar boʻlgan, kriptografik tizim orqali himoyalangan va kiberxavfsizlikning yuqori darajasiga ega texnologiyalardir. Tranzaksiyalar bloklarda qayd etiladi, har bir blok oʻzidan oldingi blok bilan bogʻlanadi va natijada bloklar zanjiri hosil boʻladi. Hosil boʻlgan bloklar zanjiri esa “Blokcheyn” (Blokchain) deb ataladi. Blokcheyn texnologiyalarning xususiyati ularning markazlashmaganligi va taqsimlanganligidir (B, C, 1-rasm) va aynan shu xususiyati bilan an’anaviy markazlashgan (A, 1-rasm) toʻlov tizimlaridan farqlanadi. Blokcheyn texnologiyalarni yaratuvchi va ularni yangilab borish bilan shugʻullanuvchilar maynerlar deb ataladi. Maynerlar (Miners) buning uchun mukofotga ega boʻladilar. Hozirgi kunda Mayning (Mining) bilan shugʻullanuvchilar soni keskin ortmoqda. Mayning bu kriptovalyutani murakkab matematik formulalar orqali yaratish (qazib olish)dir. Buning natijasida ular mukofot (Bitkoyn)ga ega boʻladilar. Ma’lumotlarga koʻra, Moskvada oxirgi 2017 yilda videokartalar sotuvi 3 marta koʻpayib, bozordagi talab taklifdan ortib ketishi kuzatilgan. Moskva axborot texnologiyalar departamenti ma’lumotlariga koʻra 2017 yilning 1 kvartalida videokartalar oʻrtacha 9300 rublda baholangan, bu esa 2016 yil IV choragiga nisbatan 6%ga arzon boʻlsa, shu yilning I choragiga nisbatan esa 9%ga qimmatroqdir. “Yandeks Market” ma’lumotlariga koʻra Rossiyada videokartalar narxi 2017 yil yanvar oyida oʻrtacha 13997 rublni, may oyida esa 17 040 rublni tashkil etgan. “Marvel- distributsiya” kompaniyasi departamenti direktori A. Kirichevskiy soʻzlariga koʻra, joriy davrda videokartalarga boʻlgan talab keskin koʻtarilib, bunday holat oxirgi 10 yilda kuzatilmaganligini hamda buning natijasida 200-600$ narxdagi yuqori unumdorlikka ega kartalar defitsiti yuzaga chiqayotganligini va ularni sotib olish navbati 3–4 oyga choʻzilayotganligini ta’kidlab oʻtdi. Bunday koʻrsatkichning boisi mayning bilan shugʻullanuvchilarning sonini keskin ortganligidir. Bunda ularga kuchli kompyuterlar kerak boʻladi. Mayning bilan shugʻullanuvchilarni yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirish befoyda, ular baribir buni inobatga olishmaydi. Xuddi XVII asrda shu kabi dalillarni inobatga olmasdan “tulip” lola oʻsimligi piyozlari bilan oldi-sotdi qilishga qattiq kirishgan gollandlar kabi.

A. Markazlashgan B. Markazlashmagan S. Taqsimlangan


1-rasm. Global toʻlov tizim sxemalari

Kriptovalyutalar mustaqil tizim hisoblanib, ular mutlaq avtonom va hech kimning yordamiga muhtoj emas, ya’ni bir markazlashgan tizim orqali boshqarilmaydi va shu xususiyati bilan an’anaviy toʻlov tizimlaridan farq qiladi. 15.1- rasmda an’anaviy toʻlov texnologiyalari


(A) va blokcheyn texnologiyalarning (B, S) global tizim sxemasi tasvirlangan. Markazlashgan toʻlov tizimida tizim Markaziy bank tomonidan tijorat banklari orqali boshqariladi. Unda Markaziy bankning asosiy roli toʻlovlarning haqqoniyligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Markazlashmagan yoki taqsimlangan tizimda esa bunday markaziy boʻgʻinga ehtiyoj yoʻq. Chunki toʻlovlar boʻyicha ma’lumotlar tizimning barcha ishtirokchilarida mavjud boʻlib, ular oshkora hisoblanadi va tizim ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadi.



Yüklə 350,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə