18-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berish texnologiyalari. (2 soat)



Yüklə 11,37 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü11,37 Kb.
#141107
  1   2
18-mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiya beris-fayllar.org


18-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berish texnologiyalari. (2 soat)




18-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berish 
texnologiyalari. (2 soat) 
1. Kirish
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berish vazifalari.
3. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli.
4. Xulosa
Tayanch tushunchalar: didaktik o‘yinlar, jozibali munosabat, elementar
tushuncha, o‘simlik va hayvonot olami, atrofdagi olam, ekskursiya, klassifikatsiya,
rang, shakl, kattalik.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli. Bolalarni
bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va
ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun
bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarni
maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning o‘rni katta. Bilimlar zaxirasini
kengaytirish, aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish, maktabda yaxshi o‘qish,
keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartidir.
Bola 6–7 yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash
uchun aqliy rivojlantirish yetarli bo‘lishini ta’minlash tarbiyachidan katta
mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib
boradi, boyib boradi. Nutq shaqllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng
oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab
muomala orqali, so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish.
2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol,
tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning
muhim vazifasidir.



3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini


rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining
sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan
iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat
usullari predmetlarni tekshirish ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish
faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishiga
yordam beradi.
Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmay, ularni olgan
bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydalanishga o‘rgatish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad
va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat,
shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni ta’minlash,
ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga
erishish «Bolajon» tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. Shu
bois «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini
ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur
tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning
ustuvor yo‘nalishidir.
Hech kimga sir emaski, respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya
muassasalariga jalb etish 17 foizni tashkil qiladi. Bunday sharoitda maktabgacha
ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan 83 foiz bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan 17
foiz bolaning rivojlanish darajasi o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelmoqda.
Bunday nomutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlab



ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngi yillarda maktabgacha


ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va
metodlarini yengillashga aloqida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat
maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini
qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan
davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda
ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch
dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan
3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida
maktabga tayyorlash imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir
so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib
belgilandi.
Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha ta’limga o‘ziga xos
yondashuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat
hamda ota-ona zimmasiga uning sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi
qo‘yildi. Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatini tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola
bilimlarni chuqur egallab olishiga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarda aqliy tarbiya usullari. Pedagogika, psixologiya fani aqliy
tarbiya vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlaridan
to‘g‘ri foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab
bo‘ladigan ortiqcha zo‘rayish bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu
sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab
muomala orqali so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarni
egallab olishi, aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab
olishi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga
tayyorlanishda manba bo‘lib, xizmat qiladi.



Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy


vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi,
sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol,
tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning
erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, sinchkovligini
rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat
usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi
bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.





Yüklə 11,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə