2- mavzu. Allergiya. Allergik reaksiyalarni klassifikatsiyasi. Reja



Yüklə 18,3 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü18,3 Kb.
#122495
2-mavzu


2- Mavzu.Allergiya.Allergik reaksiyalarni klassifikatsiyasi.
Reja
1.Allergiya
2.Auto-immunitet.
3.Allergik raksiyalar.

Allergiya (allergik reaksiyalar – gipersezuvchanlik reaksiyalari) organizmning


sog’lom to’qimalari zararlanishi bilan kechadigan immun tizimining reaksiyalari
sanaladi. Immun tizimi “begona narsalardan” organizmni himoya qiladigan mexanizmlar va “o’zining to’qimalari” zararlaydigan gipersezuvchanlik reaksiyalari mexanizmlari bir biriga o’xshaydi. Shunday qilib, immun tizimining komponentlari me’yorida sanalgan antitelalar, limfositlar va boshqa xo’jayralar infeksiyalar bilan kurashishdan tashqari allergik reaksiyalar rivojlanishida shuningdek qon quyishdagi reaksiyalarda, autoimmun kasalliklarida hamda ko’chirib o’tkazilgan organlarning bitib ketmasligi jarayonlarida ham ishtirok etadi. Odatda, allergik reaksiya atamasi bilan E (IgE) immunoglobulinlar sinfi
antitelasiga jalb etiladigan jarayonlarni anglatadi. Ushbu antitelalar qondagi
bazofillar singari maxsus xo’jayralar bilan hamda to’qimalardagi yo’g’on xo’jayralar bilan birikadi. IgE bilan bog’liq xo’jayraning atigeni bilan uchrashganda (mazkur holatda allergen nomlanadi) yon atroflardagi to’qimalarni zaralovchi moddani ajrata boshlaydi. Nazariy jihatdan immun javobini chaqiruvchi har qanday narsa: chang, o’simlik gardi, dori yoki ovqat mahsulotlari singari har qanday antigen ta’sir qiluvchi narsalar allergenlar bo’lishi mumkin.
Reaksiya turlariga ko’ra allergiyaning to’rt turi ajaratiladi, bular:
 Tez sodir bo’ladigan anafilaktik reaksiyalar bo’lib, allergen bilan inson
organizmi uchrashgandan so’ng bir necha daqiqa yoki 2-3 soatdan keyin namoyon bo’ladi. Mazkur holatda yorqin ifoda etilgan fiziologik ta’sir qiluvchi gistaminning kattagina miqdorini chiqarib yuborish holati sodir bo’ladi. Mazkur turga anafilaktik shok, allergik rinit, Kvinke shishi, atopik (allergik) bronxial astma, eshak yemi, va bolalarda uchraydigan deyarli barcha turdagi allergiyalar kiradi;
 Sitotoksik yoki sitologik namoyon bo’lishlar. Avvalgi turdagidan tezroq sodir
bo’ladigan ushbu reaksiyalar albatda xo’jayralarning yemirilishi hamda nobud bo’lishiga olib keladi. Bunga gemolitik sariq kasal (gepatit) hamda chaqaloqning onasi bilan rezus-konflektiga immun tizimining javobi sifatida yangi tug’ilgan go’daklarning anemiyasi, ba’zi bir preparatlarni qabul qilishdan keyingi asoratlarning qolishi shuningdek qon quyish natijasida vjudga kelgan har qanday turdagi reaksiyalar kiradi.
 Immunokompleksli reaksiyalar allergen bilan kontaktdan so’ng bir sutka
mobaynida vujudga keladi. Shu kabi jarayonlar natidjasida kapillyarlarning ichki
devorlarida jarohatlanishlar ro’y beradi. Odatda, bu yerda zardob kasalligi,
glomerulonefrit, allergik kon’yuktivit, revmatoidli artrit, sitemali qizil pildiriq,
gemmorrogik vaskulit hamda allergik dermatit singari allergiya turlari mavjud.
 Kechki gipersensibilizasiya ma’lum bir faktorlarning inson organizmiga salbiy
ta’siridan so’ng bir necha kundan so’ng rivojlanishi mumkin. Ko’p hollarda bronxial astma, rinit hamda kontaktli dermatit kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
 Giper sezuvchanlikni stimullovchi reaksiyalar. Reaksiyaning ushbu turi
avvalgilaridan shunisi bilan farqlanadiki, antitela gormonlarning molekulalari uchun mo’ljallangan reseptorlar bilan ta’sirlashadi. Shunday qilib, antitela gormonni uning tartibga soluvchi ta’siri bilan “almashtiradi”. Aniq bir reseptorga bog’liq holda V tip (tur) reaksiyasida reseptorlar hamda antitelalar kontakti natijasida organ funksiyasining stimulyasiyasi yoki bosimga uchrashi holati sodir bo’lishi mumkin. Allergik holatlar rivojlanishi mexanizmlari: allergik reaksiyalar turlari o’z asosida bir necha bosqichlarni ajratib ko’rsatish mumkin bo’lgan yagona mexanizmga ega.
1. Immunlogik bosqich. Organizmning antigen bilan ilk uchrashuvchi ro’y berib, unga nisbatan antitela ishlab chiqarish jarayoni – sensibilizasiya paydo bo’ladi. Bir qancha vaqtni egallaydigan antitelalar hosil bo’lishi vaqtida antigen organizmni tark etishga ulguradi hamda reaksiya sodir bo’lmaydi. U antigenning qayta hamda keyingi kirib kelishi jarayonida sodir bo’ladi. Antitela antigenni yo’q qilish uchun unga hujum qilib, antigenlar kompleksini – antitelalarni hosil qiladi.
2. Patokimyoviy bosqich. Hosil bo’lgan immun komlpekslari ko’plab to’qimalarda
mavjud bo’lgan alohida yirik (yo’g’on) xo’jayralarni zaralaydi. Ushbu xo’jayralarda nofaol shakldagi yallig’lanish mediatorlari – gistamin, bradikin, serotin va boshqalar mavjud bo’lgan granulalar joylashgan bo’ladi. Mazkur moddalar faol holatga o’tib, umumiy qon aylanish tizimiga chiqarib yuboriladi.
3. Patofiziologik bosqich organ hamda to’qimalarga yallig’lanish mediatorlari
ta’siri tarzida ro’y beradi. Allergiyaning turli xil tashqi ko’rinishlari – bronxlar
mushaklari spazmi, ichakning to’lqinsimon kerilishi, oshqazon sekresiyasi hamda slizlar hosil bo’lishi, kapilyarlar kengayishi, teri toshmalari paydo bo’lishi va boshqalar vjudga keladi.
Allergiya rivojlanishi sabablari:
Allergiya immun javobining amalga oshishi mexanizmidagi farqlanishlar
bo’lmasligi bilan izohlanadi. U uchun javob kuchining noodatiy nisbati xos bo’lib,
faktorni keltirib chiqarishi bilan izohlanishi muhimdir. Allergik holatlar immun
javobini keltirib chiqaradigan turli xil moddalar hamda zarrachalarga me’yorida
bo’lmagan sezuvchanlik bilan ajralib turadi. Allergik reaksiyalarning va ularning simtomatikalari namoyon bo’lish ehtimollari quyidagilarga bog’liq bo’lib ular qatoriga quyidagilar kiradi:
 Nasliy (irsiy) moyillik;
 Immun tizimining potologik holati;
 Immunitet faolligiga ta’sir ko’rsatgan og’ir hastaliklarni boshdan kechirish;
 Iqlim, ovqatlanish tarzi, hayot tarzining o’zgarishi.
Autoimmunitet.
Yana sababi – organizmda o’z xo’jayralariga nisbatan antitelar paydo bo’lishi
sababchi bo’ladigan atoimmun kasalliklari deb nom olgan katta guruh ham mavjud.Inson organizmida “begona” belgisini olib yuradigan qator to’qimalar mavjud. Bular ko’z gavhari, sperma, qalqonsimon bez to’qimasi. Organizmning boshqalaridan, demakki, immun tizimining “ko’zdan” ular to’siqlar bilan yaxshilab berkitilgan. Ushbu to’siqlar yemirilganda immun tizimi o’z ishini boshlaydi. Natijada autoimmun reaksiyasi paydo bo’ladi. Autoimmun kasallik asosida T-xo’jayralarning autoantitelalari yoki autoreaksiyalari yotadi. To’qimalarning zararlanishi tegishli autoantigenlarni olib yuruvchi xo’jayralarga T-oimfositlarning hamda antitelalarning bevosita hujumi, yoki immun komplekslarining, shuningdek yallig’lanish jarayonining xo’jayra va gumoral
ishtirokchilarining patogen ta’siri natijalaridir. Autoimmun kasalliklari (AIK) 5% dan 7% gacha insonlar populyasiyasiga zarar yetkazadi. Hozirgi paytga kelib AIK ning 80 dan ortiq turlari ma’lum. Ular ikki katta guruhga: organga xos bo’lgan hamda tizimli guruhlarga ajratiladi.Ma’lum autoimmunli patologik kasalliklarni ularning rivojlanishida quidagilarni inobatga olgan holda immunologik jarayonlarning asosiy mexanizmiga ko’ra tasniflab chiqish mumkin:
1) Xo’jayralararo matriks yoki o’z xo’jayralari antigenlariga ko’ra kasallanish
guruhi;
2) Immun komplekslari – organizm antigenlari bilan autoantitelalarning
patogen ta’sirini keltirib chiqaruvchi kasalliklar;
3) Sababi autoantigenga xos T-xo’jayralar bo’lgan kasalliklar.
Barcha autoimmunli kasalliklar yallig’lanish jarayonini asosiy patogen omillardan
biri sifatidagi yallig’lanish jarayonini o’z ichiga oladi. Yallig’lanish jarayonining
xo’jayra hamda molekulyar ishtirokchilari immun reaktivligining boshqa shakllarida ham kechadigan jarayonlarga o’xshab ketadi.
Yüklə 18,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə