Revmatoid artrit etiologiyasi, klinikasi, tasnifi, tashxislash va davolash usullari



Yüklə 86,58 Kb.
səhifə1/10
tarix22.07.2023
ölçüsü86,58 Kb.
#119816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
REVMATOID ARTRIT


REVMATOID ARTRIT — ETIOLOGIYASI, KLINIKASI, TASNIFI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI
Revmatoid artrit (rus. Ревматоидный артрит) — murakkab autoimmun patogenezli noaniq etiologiyali eroziv-destruktiv poliartrit tipi bo’yicha asosan kichik bo’g’imlarning shikastlanishi bilan kechadigan biriktiruvchi to’qimalarning tizimli kasalligidir.

Kasallikning nomi qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib, ῥεῦμα — oqimoid suffiksi — kabi, o’xshash, ἄρθρον — bo’g’im va —it (yun. — itis) suffiksi yallig’lanish ma’nosini beradi.
Bugungi kunda kasallikning rivojlanishi sabablari noma’lum. Bilvosita ma’lumotlar: qonda leykotsitlar sonining va eritrositlar cho’kish tezligining (ECHT) ortishi — jarayonning infektsion tabiatli ekanligiga ishora qiladi. Taxmin qilinishicha, kasallik irsiy moyilligi bo’lgan shaxslarda immun tizimining buzilishiga olib keladigan infektsiya natijasida rivojlanadi; bunda to’qimalarda saqlanadigan va bo’g’imlarning zararlanishiga olib keladigan immun komplekslari (antitanalar, viruslardan va boshqalardan iborat) hosil bo’ladi. Ammo revmatoid artritni antibiotiklar bilan davolashning samarasizligi, ehtimol, bu taxminning noto’g’riligidan dalolat beradi.
Kasallik juda erta sodir bo’ladigan yuqori nogironlik (70%) bilan ajralib turadi. Kasallik tufayli o’limning asosiy sabablari infektsion asoratlar va buyrak yetishmovchiligi hisoblanadi.
Revmatoid artritni davolash asosan og’riqni yengillashtirish, kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish va jarrohlik aralashuvi yordamida zararlangan to’qimalarni tiklashga qaratilgan. Zamonaviy vositalar yordamida kasallik erta aniqlansa, uning bo’g’imlar va boshqa to’qimalarga yetkazishi mumkin bo’lgan zarari sezilarli darajada kamayadi.
Kasallik birinchi marta o’zini og’ir jismoniy zo’riqish, hissiy shok, charchoq, gormonal moslashuv paytida, noxush omillar yoki infektsiyaning ta’siri natijasida namoyon qiladi.
EPIDEMIOLOGIYA
Revmatoid artrit butun dunyoda tarqalgan bo’lib, barcha etnik guruhlarga ta’sir ko’rsatadi. Tarqalganligi 0.5-1% (keksalarda 5% gacha). Har yili 100 000 aholidan 5-50 tasi kasallikka yo’liqadi. 2010 yilda 49 mingga yaqin odam revmatoid artritdan vafot etgan.
Kasallik boshlanadigan o’rtacha yosh ayollar uchun 40-50 yoshni tashkil qiladi, erkaklar uchun esa biroz ko’proq. Ushbu kasallikka ayollar erkaklarga qaraganda 3-5 marta ko’proq chalinishadi.

Yüklə 86,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə