2- Topshiriq
1.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari?
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-
tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar
egasi qilib tarbiyalash
sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish
haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa
ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tarbiya - yosh avlodni
har tamonlama voyaga yetkazish,
unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib
,
shaxsni aqliy
,jismoniy,
ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda
yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning
jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib,
shaxs va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
3.Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kuntalabiga
javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu
o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining
pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan
iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni
barkamol qilib voyaga
yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy
–
tashkiliy
, tarbiyaviy ishlar amalga
oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy,
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy
ishlar tizimi kundan-kunga
takomillashib bormoqda.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni
ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda
xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy
merosimizga,
umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli
shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab,
ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z
faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini
kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z
bilimini doimiy
rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin
tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir
qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama
kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish
zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar
yoshlar bilan tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
2.Asosiy kotegoriyalari.
JISMONIY TARBIYA
MEXNAT TARBIYASI
AQLIY TARBIYA
AXLOQIY TARBIYA
ESTETIK TARBIYA
HUQUQIY TARBIYA
Jismoniy tarbiya- inson komolotiga ta’sir qiluvchi tarbiya vositasidir.Xarakatlin
o’yin,sport gimnastikasi, mashg’ulotlaridan iborat bpo’lib , o’quvchilarning
salomatligini yahshilaydi.
Mehnat tarbiyasi- bosh vazifasi bolalarni mehnat
qurollari bilan ishlashni
o’rganish,foydali mehnatga tayyorlashdan iborat.