3.Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar
tayyorlash milliy
dasturi‖ talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq
holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya
berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy
qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos
bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir.
Shuning uchun shaxs
tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani
falsafa fani bilan bog‘liqdir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya
jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy
bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy
ishlar tizimini amalga
oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga
bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda
rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum
bir faoliyatlarida
amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib,
tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati
va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun
psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini
quyidagicha ifodalash mumkin:
Falsafa
Psixologiya
Gigiyena
Tarbiya ishlar metodikasi
Anatomiya, fiziologiya
Etika
Pedagogika
O‘quvchilarni to‘g‘ri
tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular
organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi
organizmining
rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Anatomiya, fiziologiya
fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi.
Shuning uchun ham Tarbiya
fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas
bog‘liq ish ko‘radi.
Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik
qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘rinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani
gigiyena fani bilan ham
bog‘langan.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish
zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday
ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: