2- topshiriq Tarbiya fanining maqsad va vazifalari?


Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 44,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#144429
1   2   3
Boshlang‘ich ta’limda

4.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
Tarbiya fanining eng asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:
- tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish;
- tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini


o‘zlashtirish;
- tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni bilish;
- tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlashtirish va tajriba 
o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi. Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda 
qo‘llaniladi.
Tarbiya fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e‘tibor 
beriladi:
a)
tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya 
g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo‘llariga alohida e‘tibor 
beriladi;
b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirishda tarbiyaviy 
yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi va bugungi kun talabalariga 
javob berishi masalalariga diqqat qilinadi;
v) tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga 
yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o‘qituvchilarga 
qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish va ularga amal qilish masalalariga 
e‘tibor beriladi;
g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish uchun talabalik 
davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o‘zlashtirish 
bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko‘nikmalar bilan 
qurollanishga diqqat qilinadi.
Bularning barchasi ―Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining quyidagi ko‟nikmalarga ega bo‘lishi taqozo etiladi:
-
tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish;
- bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish;


- muntazam o‘zi ustida ishlab borish;
- o‘z tajribalarini ommalashtirish.
,,Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi“ fanining ilmiy-
tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda 
quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-
davlat ta‘lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni 
birlamchi bilish;
-
pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul qilish; 
-
innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy 
ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish
-
o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual tajribalarini 
amaliyot sifatida qabul qilish;
- milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g‘oyalarga asoslanish.
Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab 
olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik 
ta‘lim jarayonida o‘qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va 
individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga 
ko‘ra, ,,Tarbiya“ fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lishi shart. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 
muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi. 
5. Kazius. 
O‘qituvchi o'z navbatida o'quvchilarini o'z hissiyotini jilovlay olgan holda 
sog'lom fikr bilan baholaydi va ijobiy hal etadi.Shunda muammo yuzaga kelmaydi. 


Biz bilamizki yosh o'quvchilari ta'sirchan bo'ladi shuning uchun ularga 
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish kk va hammasini bir ko'zda ko'rib adolatli 
baholash kk bu yerda adolat muhim. 
Suhbat orqali har birining ichki dunyosini bilish ham yaxshi yechim hisoblanadi.
O‘qituvchi agar xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa bu vaziyatdan o‘zining pedagogik 
mahorati va albatta nlmalakasi as qotadi chunki bu kabi tushunchalar shunday 
holatlar uchun ham pedagogka kerak 

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə