2- topshiriq Tarbiya fanining maqsad va vazifalari?



Yüklə 45,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü45,02 Kb.
#144385
  1   2   3
Boshlang‘ich ta’limda fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi talabalari


Mohichehra



2- Topshiriq 
1.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari? 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-
tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash 
sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish 
haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa 
ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Tarbiya - yosh avlodni 
har tamonlama voyaga yetkazish,
unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib
, shaxsni aqliy 
,jismoniy, 
ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda 
yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning 
jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va 
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. 
3.Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kuntalabiga 
javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu 
o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining 
pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan 
iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga 
yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy 
– tashkiliy
, tarbiyaviy ishlar amalga 
oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga 
takomillashib bormoqda. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni 
ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy 
merosimizga,
umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli 
shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga 
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; 


- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, 
ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; 
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z 
faoliyatida ijodiy foydalanish ; 
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini 
kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; 
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy 
rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin 
tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir 
qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama 
kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish 
zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. 
2.Asosiy kotegoriyalari. 

JISMONIY TARBIYA 

MEXNAT TARBIYASI 

AQLIY TARBIYA 

AXLOQIY TARBIYA 

ESTETIK TARBIYA 

HUQUQIY TARBIYA 
Jismoniy tarbiya- inson komolotiga ta’sir qiluvchi tarbiya vositasidir.Xarakatlin 
o’yin,sport gimnastikasi, mashg’ulotlaridan iborat bpo’lib , o’quvchilarning 
salomatligini yahshilaydi. 
Mehnat tarbiyasi- bosh vazifasi bolalarni mehnat qurollari bilan ishlashni 
o’rganish,foydali mehnatga tayyorlashdan iborat.
 


Estetik tarbiya- tabiat,san’atdagi go’zallikni his eta olish, tushunish,faxmlash va 
odatlanishdan iborat.

Yüklə 45,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə