2- topshiriq Tarbiya fanining maqsad va vazifalari?


Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 45,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü45,02 Kb.
#144385
1   2   3
Boshlang‘ich ta’limda fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi talabalari

 
3.Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston 
Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖ talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq 
holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya 
berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy 
qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos 
bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs 
tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani 
falsafa fani bilan bog‘liqdir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya 
jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy 
bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga 
oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga 
bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda 
rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida 
amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, 
tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati 
va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun 
psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.


Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini 
quyidagicha ifodalash mumkin:

Falsafa

Psixologiya

Gigiyena

Tarbiya ishlar metodikasi

Anatomiya, fiziologiya

Etika

Pedagogika
O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular 
organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining 
rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Anatomiya, fiziologiya 
fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas 
bog‘liq ish ko‘radi.
Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik 
qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. 
Ko‘rinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham 
bog‘langan.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish 
zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday 
ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 45,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə