2-amaliy mashg’ulot: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari ma’nosini ochib berish


“Minglik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish



Yüklə 25,38 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü25,38 Kb.
#131684
1   2   3   4
2-amaliy

3.1“Minglik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish.
Bir xonali va ikki xonali sonlar ichida arifmetik amallarni bajarib bo’lganlaridan keyin 1000 og’zaki va yozma hisoblash, qo’shish va ayirish amallarini bajarishga o’tadilar. 1000 ichida qo’shish va ayirishning og’zaki usullari 100 ichidagiga ko’p jihatdan o’xshash tomonlari bor. Bu yerda ham oldin sonni yig’indiga qo’shish, yig’indini songa qo’shish, yig’indini yig’indiga qo’shish, yig’indidan sonni ayirish, sondan yig’indini ayirish, yig’indidan yig’indini ayirish kabi usullar tushuntiriladi.
1000 ichida ko’paytirish va bo’lish. Yaxlit yuzliklar va o’nliklarni bir xonali songa ko’paytirish va bo’lishni og’zaki bajarish bilan tanishtiriladi; ko’paytirish va bo’lishga doir misollar og’zaki yechiladi. So’ngra o’quvchilar 1000 ichida yozma ko’paytirish va bo’lishga o’tadilar. Uch xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish usullari ko’p xonali sonlarni qo’shish va ayirish usullaridan keskin farq qiladi hamda ancha murakkabdir. Yaxlit yuzliklar va o’nliklarni bir xonali songa og’zaki ko’paytirishda bo’linuvchini yuzlik yoki o’nlikning birliklari sifatida ifodalaydilar.
Ko’paytirish va bo’lish jadvallarini bilgan bolalarda ko’paytirish va bo’lishning bu usullari unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Bolalarning bo’lish belgisi ∟ (burchak) bilan tanishtiriladi va qoldiqli bo’lishga doir (hollar ) bir nechta misol yechiladi:
Ko’p xonali sonlarni qo’shish va ayirish
Qo’shish va ayirish bir vaqtda o’rganiladi, ularning hisoblash usullarini o’xshash va o’zaro bog’liq bo’lganligi uchun natijada bilimlarni egallash uchun yaxshi sharoit yaratilgan bo’ladi. Buning nazariy asosi yig’indini yig’indiga qo’shish va yig’indidan yig’indini ayirish qoidalaridan iboratdir. Bular esa oldingi sinflardagi qoidalarga asoslanadi. Bunda anologiya mеtodidan foydalaniladi.
Ko’p xonali sonlarni qo’shishda ham qo’shishning o’rin almashtirish xossasi qo’llaniladi. Ko’p xonali ismsiz sonlarni qo’shish va ayirish bilan bog’liq holda uzunlik, massa, yuza, baho o’lchovlari bilan bog’langan ismli sonlarni qo’shish va ayirish ustida ishlash amalga oshiriladi.

Yüklə 25,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə