2-amaliy mashg’ulot: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari ma’nosini ochib berish


Yuzlik ichida qo’shish va ayirish



Yüklə 25,38 Kb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü25,38 Kb.
#131684
1   2   3   4
2-amaliy

2.1. Yuzlik ichida qo’shish va ayirish.Mavzuda amallarni o’rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig’indiga qo’shish va yig’indini songa qo’shish, sonni yig’indidan ayirish va yig’indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig’indini yig’indiga qo’shish va yig’indidan ayirish xossalari qaraladi.
Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishda avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o’quvchilar sonlar yig’indisi va sonlar ayirmasi kabi mamavzutik ifodalarni o’zlashtiradi, qo’sh tengliklar, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o’rganadi, ikki xonali sonlarni o’nlik va birlik yordamida yoza oladilar.
Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish:
2.2.Yuz ichida ko’paytirish va bo’lish.
O’qituvchi dars o’tishda quyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
1)ko’paytirish va bo’lish ammallari ma’nosi bilan tanishtirish;
Ko’paytirishning o’rin almashtirish, gruppalash va ko’paytirishning qo’shishga nisbatan tarqatish (qavslarni ochish) xossalarini tushuntirish;
2)ko’paytirish jadvalini o’rgatish (yodlatish);
3)jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish (0 ga ko’paytirish, 1 ga ko’paytirish va bo’lish, qoldiqli bo’lish);
Ko’paytirish va bo’lish jadvali bilan ishlash.
Jadvalda ko’paytirish va bo’lish matematika o’qitishning muhim vazifalaridan biridir. Jadval asosan 2-sinfda tuzilib, 3-4-sinflarda minglik va ko’p xonali sonlarga tadbiq qilinadi. Jadvalni tuzish quyidagi reja asosida olib boriladi:
1)Bir xil ko’rinishlarni qo’shish. Masalan: 5*3=5+5+5=15
2)Namuna misol asosida boshqa ko’pytirishlarni bajarish.
3)Ko’paytirishning qo’shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish.
4)Ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasidan foydalanish.
O’zgarmas songa ko’paytirish va bo’lish jadvalini tuzish.
Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish
Bu quyidagi tartibda tushuntiriladi.
1.Sonni yig’indiga ko’paytirish va yig’indiga nisbatan taqsimot qonunini o’rgangandan keyin yig’indini songa bo’lish xossasi qaraladi.
2. Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishda eng avvalo nol bilan tugaydigan sonlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir
Shundan keyin 2 xonali songa ko’paytirishda uni o’nlik va birliklarga ajratib ko’paytirish holi qaraladi.
3.Jadvalda qoldiqli bo’lish. Bu mavzu 2-sinfda quyidagi tartibda olib boriladi.
1.Qoldiqli bo’lish misollar yordamida tushuntiriladi. O’quvchilarga bo’lishdan chiqqan qoldiq bo’luvchidan kichik bo’lishi kerak degan qoida o’rgatiladi.

Yüklə 25,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə