2. Dielektriklar- dielektriklarning va o’tkazgich-dielektriklarning qutblanishi. Elektr maydonidagi dielektrik



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü68,28 Kb.
#182915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Dielektriklar- dielektriklarning va o’tkazgich-dielektriklarn

Organik dielektriklar
Elektrotexnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida polimerlardan ko‘p sonli turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.
YUqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko‘p atomlarning o‘zaro kovalent bog‘lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi. Aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari takrorlanadigan bir xil atomlar gruhi elementar xalqalardan tashkil topadi. Bunday makromolekulaga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birimalar monometrlar deyiladi.
Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo‘lgan birikmalar organik moddalar deb ataladi. Uglerod molekulalarining tuzilishi turli-tumandir. Bu molekulalar ko‘p sonli kimyoviy birikmalar hosil qiladi : molekula tuzilishi buyicha ular zanjirli, tarmoqlangan, doirasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. YUqori molekulali materiallarga sellyuloza, shoyi, kauchuk va boshqalar kiradi.
Sun’iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar ikki turkumga ajratilishi mumkin. Birinchisiga. tabiiy yuqori molekulyar moddalarga kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan tayyorlanadigan sun’iy materiallarni keltirish mumkin. Masalan, sellyulozani qayta ishlash orqali sellyuloza efiri olinadi. Ikkinchi turkumga quyi molekulyar moddalardan tayyorlanadigan yuqori molekulyar sintetik materiallar kirib, ular elektr izolyasiyasida alohida ahamiyatga egadir.
Reaksiya natijasida monometrlardan polimerlar hosil bo‘lishi polimerlash deyiladi. Polimerlash natijasida moddaning molekulyar massasi, suyuqlanish va qaynash harorati ortadi. Polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan, quyuq yoki qattiq holatga o‘tadi.

4.4.Dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi
Dielektriklarda elektr o‘tkazuvchanlik uning tarkibidagi erkin zaryadlar hisobiga sodir bo‘ladi. Jismdagi elektr o‘tkazuvchanlik elektronli, ionli, moliionli (elektroferetik) ko‘rinishlarga ega. Dielektriklarda asosan ionli elektr o‘tkazuvchanlik kuzatiladi. Odatda dielektrik oz bo‘lsa ham, ma’lum miqdorda elektr tokini o‘zidan baribir o‘tkazadi. Bu esa erkin zaryad tashuvchilarning borligi bilan tushuntiriladi. Izoliyasiya materiali odatda katta solishtirma qarshilikka ega bo‘ladi. Bu qiymat qancha yuqori bo‘lsa, dielektrikdan shuncha kam miqdorda elektr toki o‘tadi. Bundan ko‘rinadiki, dielektriklarda energiya isrofi kuzatiladi. Elektr o‘tkazuvchanligiga asosan jism tarkibida bo‘lgan qo‘shimcha va ifloslantiruvchi zarralar sabab bo‘lib, bu qo‘shimchalar dielektrikning elektr mustahkamligiga ta’sir qiladi. Dielektriklar tarkibidagi erkin zaryadlar ichki tok oqimiga olib keladi. Dielektriklarni qo‘shimcha zarralardan tozalash orqali uning elektr o‘tkazuvchanligi kamaytiriladi.
Elektr o‘tkazuvchanlikni solishtirma qarshilik  ga teskari proporsional birlik deb olinadi.
(4.13)
Metallar uchun:
(4.14)
Dielektriklar uchun:
(4.15)
Dielektriklarning hajmiy qarshiligi:
(4.16)
Bu erda S- elektrod yuzasi; m2 ; h-dielektrikninig qalinligi, m; p- dielektrik hajmiy qarshiligi, Om∙m;
(4.17)
Bu erda, Rs-dielektrikning yuza qarshiligi, Om; d –elektrodning uzunligi, I –elektrodlar orasidagi masofa.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə