2. Dielektriklar- dielektriklarning va o’tkazgich-dielektriklarning qutblanishi. Elektr maydonidagi dielektrik


Izolyasiyani namlikdan himoya qilish



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə2/9
tarix22.03.2024
ölçüsü68,28 Kb.
#182915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Dielektriklar- dielektriklarning va o’tkazgich-dielektriklarn

Izolyasiyani namlikdan himoya qilish.
SHimdirish usulida izolyasiya bo‘shliqlari gigroskopik bo‘lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq dieliktrik bilan to‘latiladi. SHimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o‘ziga nam olmaydi. Havo bo‘shliqlari bo‘lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli bo‘lib, ularda ET qiymati quruq shimdirilgan metallarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Izolyasiya tavsifini o‘zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, laklash usulidan ham foydalaniladi. Bunda shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lak qatlami bilan qoplanadi, lekin bu usul namlik 80 % dan oshganda o‘zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2mm bo‘lgan plasmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bu usul havo namligi 90% gacha bo‘lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahculot yuzasini qoplash usullaridan biri, ishlov beradigan yuzaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plasmassa to‘ldiriladi.
Barcha hollarda jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gigroskopik hususiyatiga ega bo‘lgani uchun o‘zidan namlikni o‘tkazadi.
Dielektrikning issiqlik xossasi
Dielektrikning issiqqa chidamligi uning muhim xossalaridan biridir. Dielektrikning issiq va sovuqqa chidamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqdan kengayishi uning issiqlik xossalariga kiradi.
Dielektrikning issiqqa chidamligi: anorganik dielektriklarning issiqqa chidamligi ularning elektr ( ) qiymatlarining o‘zgarishiga qarab baholanadi. Organik dielektriklarning issiqqa chidamligi, ularning cho‘zilishi va egilishi orqali yoki qizitilgan dielektrikka igna botirib ko‘rish orqali aniqlanadi.
Izolyasiya materiallarining haroratga chidamligi Martenc usuli orqali ham aniqlanadi. Bu usulda jismning qisqa muddatli issiqlikka bardoshligi uning mexanik xossalari o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Dielektriklarning issiqlikdan yumshash harorati qizdirilgan namunaga shar yoki doirani ma’lum kuch bilan ta’sir ettirib aniqlanadi.
Suyuqlikning chaqnash harorati uning haroratini ko‘tara borib, cho‘g‘lanishga yaqinlashtirilganda, suyuqlikning havodagi bug‘i yonib ketishi bilan aniqlanadi.
Suyuqlikning alangalanish harorati tekshirilayotgan suyuqlikka alangani yaqinlashtirganda uning yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish harorati uning chaqnash haroratidan birmuncha yuqoridir. Bunday tavsiflar transformator moyi va erituvchi suyuqliklar sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan tavsiflanadi:
(4.3)
bu erda - yuzadan o‘tadigan issiqlik oqimining quvvati, dT/dl harorat gradienti. Solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanligi elektr izolyasion materiallarda metallarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Materiallarni siqish va tashqi bosim orqali ta’sir qilish ni oshishiga olib keladi.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə