32
C:H:0 =
j9
‘
74
;
= 3,31 :6,76 : 3,34 yoki
12 1 16
1:2:1
Demak, moddaning atom formulasi CH
2
0 ekan.
Bu formulaga bir necha modda to‗g‗ri keladi: CH
2
0 - chumoli aldegid, C
2
H
4
0
2
- sirka kislota, C
3
H
6
0, - sut kislota, C
6
H
|2
0
6
- glyukoza. Bu misoldan ko‗rinib turibdiki,
ko‗pgina hollarda bir xil atom (empirik) formulaga har xil modda to‗g‗ri keladi.
Shuning uchun tekshirilayotgan moddaning molekulyar og‗irligini bilish kerak.
Molekulyar formula modda molekulasidagi
elementlaming atom sonini
ko‗rsatadi va kimyoViy yoki fizikaviy usullar bilan aniqlanadi.
Kimyoviy usul. Bu usulda tekshirilayotgan moddaning hosilalari sintez qilinadi
vaolingan hosilalartekshiriladi. So‗ngrashu hosilalamingtopilgan atom formulalari
tekshirilayotgan moddaningatom formulasi bilan solishtirilib,
molekulyar formulaga
o‗tiladi.
Misol. Tekshirilayotgan moddaning eng oddiy formulasi CIT ligi aniqlangan.
Shu moddaning molekulyar formulasi topilsin.
Buning uchun moddani brom bilan reaksiyaga kiritib, hosil bo‗lgan mahsulot
ajratib olinadi, tozalanadi va tahlil qilinadi. Tahlilga
asosan topilgan eng oddiy
formula C
6
H
5
Br. Bir atom bromning bir atom vodorodga almashingani hisobga
olinsa, tekshirilayotgan moddaning haqiqi) i;^ lekulyar formulasi C
6
H
6
ekanligi
aniqlanadi.
Fizikaviy usullar. Bunda tekshirilayotgan moddaning
dastlab molekulyar
og'irligi topiladi va u atom formula bo‗yicha hisoblangan og‗irlik bilan solishtiriladi.
Farazqilaylik, atom formulasi C^ bo‗lgan moddaning molekulyar og‗irligi 78 ga teng,
ya‘ni atom formula bo‗yicha hisoblab chiqilgandagidan (CjH^H) olti'marta ortiq,
shuning uchun moddaning molekulyar formulasi C
6
H
6
bo‘ladi.
Molekulyar og‗irlikni aniqlashning turli usullari bor:
Meyyer usuli - modda bug‗ining vodorod bo‗yicha zichligini topishga
asoslangan.
Krioskop usuli - muzlash haroratining pasayishiga asoslangan.
Ebulioskopik usul - qaynash haroratining oshishiga asoslangan.
Meyyer usulida molekulyar og‗ irlik ushbu formula bilan hisoblab topiladi:
M=2D; bunda:
M - moddaning molekulyar og‗irligi, D- moda bug‘
ining vodorod
bo‗yichazichligi.
Hozirgi vaqtda moddalaming molekulyar og‗irligini aniqlashda mass-
spektroskopiyadan keng foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: