2. Geoekologiyaning rivojlanishi va hozirgi holati. Geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy asosi sifatida



Yüklə 44,65 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü44,65 Kb.
#157613
  1   2   3
1. Geoekologiyaning tadqiqot ob‘ekti va-fayllar.org


1. Geoekologiyaning tadqiqot ob‘ekti va

1-Mavzu: GEOEKOLOGIYA ASOSLAR KURSINING MAQSADI, VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TARIXI
Reja:


1. Geoekologiyaning tadqiqot ob‘ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Geoekologiyaning rivojlanishi va hozirgi holati.
3. Geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy
asosi sifatida.
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, jiddiylashib uning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari kuchayib borayotgan bir fursatda geografiya fanining ahamiyati borgan sari faollashmoqda. Chunki geografiya fani tabiat qonunlari va qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish qonunlarini yaxshi anglagan xolda bu muammoning yechimini boshqa fanlarga nisbatan majmuali ravishda to‘g‘ri hal qilishga qodir. Ekologik vaziyatlar taxlikali bo‘lib borayotgan bir sharoitda atrof muhitni o‘rganish, ekologik ahvolni ilmiy tarzda baholash, tegishli chora - tadbirlarni ishlab chiqish zamon talabiga aylangan. Ekologik vaziyat va uning makon va vaqt mobaynida o‘zgarishini o‘rganish uta dolzarbligi bilan ajralib turadi.

Geoekologiyaning tadqiqot ob‘ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari. XX asrning II yarmidan boshlab fan-texnikaning rivojlanishi va zamonaviy fanlarga extiyoj sababli fanlarning integratsiyalashuvi hamda ikki yoki uch fan―orasida ko’plab yangi fanlarning shakllanishi va rivojlanishi ro’y berdi. Shunday fanlardan biri geoekologiya bo’lib, geografiya va ekologiya fanlari orasida, ko’pgina fanlarda bo’lgani kabi, geografiya faninning ―ekologiyalashuvi bilan shakllandi. Uning shakllanganiga bir asrga yaqin vaqt bo’lganiga qaramasdan adabiyotlarda o’rganish ob‘ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari haqida o’quvchilarni chalg’itadigan fikrlar uchrab turadi. Albatta buning ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari bor.
Geoekologiyaning ob‘ekti va predmeti haqida bildirilgan tushunchalar xilma-xil bo’lib, ularning bari asosan tabiiy muhitga salbiy antropogen ta‘sirni o’rganish va tabiiy muhitni optimallashtirishga qaratilgan (Sharipov, 2007). Bu borada biron fikr bildirishdan oldin ayrim mamlakatlardagi taniqli olimlarning fikrlarini keltirmoqchimiz. Nemis olimi K.Trollning fikricha, geoekologiyaning ob‘ekti – landshaft, predmeti – landshaftning ekologik xususiyatlari va funksiyalaridir(Troll,1972).
Fransuz olimi P.Delkurtning fikricha, ob‘ekti – landshaft, predmeti – landshaftning strukturasini hamda uning hududiy va davriy jarayonlarining borishini baholash, landshaftning antropogenlashuvini ekologik oqibatlarini o’rganishdir (Rixling,1999).
Polyak olimi A.Rixling bo’yicha, ob‘ekti – landshaft, predmeti – landshaft komponentlari va ular orasida ro’y beradigan o’zaro aloqadorlikni tahlil qilish, tabiiy hududiy birliklarni, tabiiy muhitni insonning turli faoliyati uchun baholash, tabiiy hududni tashkil etishdir(Rixling,1999).
Gollandiyalik Y.S.Zonnefeldning fikricha, ob‘ekti – Yer yuzasi, ya‘ni geografik qobiq, predmeti – geografik qobiqdagi sodir bo’layotgan barcha hodisalarni inson ekologiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etish (Rixling,1999).
AQSh olimlari R.Forman va M.Gordonlarning fikricha, ob‘ekti – ekosistema, predmeti – ekotizimlarning shakllanishi va ekologik funksiyalari hamda hududlardan foydalanishning usullarini optimallashtirishdir(Rixling,1999).
B.I.Kochurov (1999) ta‘rificha, ob‘ekti – geotizim, predmeti – tirik organizmlarning abiotik muhit bilan o’zaro ta‘sirining makon-zamondagi qonuniyatlari haqidagi fandir.
A.G.Isachenko (2003) bo’yicha, ob‘ekti – geotizim, predmeti – geotizimlarni ekologik nuqtai nazardan va insoniyatning ekologik muammolarini yechish maqsadida tadqiq etish, o’rganishdir.
I.E.Timashevning (2000) fikricha, ob‘ekti – geotizim, predmeti tabiat va jamiyat orasidagi bo’lishi mumkin barcha hodisa va jarayonlarni, ayniqsa salbiy tusdagilarini – insonlarni o’rab turgan tabiiy va tabiiy antropogen geotizimlarning holatiga va rivojlanishiga ta‘sir etadiganlarini o’rganish, tavsiflash va oldini olish.
A.V.Chigarkin (2003) bo’yicha, ob‘ekti – geotizim, predmeti – geotizimlarning ekologik xususiyatlarini tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sog’lom atrof-muhitni saqlash maqsadida o’rganish.
A.A.Rafiqovning (2000) fikricha, ob‘ekti – geotizim, predmeti – geotizim (landshaft) lardagi ekologik qonuniyatlar va jarayonlarni inson ekologiyasi nuqtai nazaridan o’rganish.
Geoekologiyaning o’rganish ob‘ekti ekotizimlar (K.Shreyber, R.Forman va M.Gordon) va geoekotizimlar (V.A.Bokov, A.G.Emelyanov, V.A.Kobilyanskiy) deguvchilar ham bor, lekin predmetiga ta‘rif berishganda yuqoridagi singari asosan tabiiy muhitga salbiy antropogen ta‘sirni o’rganish, uni oldini olish va tabiiy muhitni optimallashtirishga qaratilgan (Sharipov, 2007).
Bizningcha, geoekologiyaning ob‟ekti – turli ko’lamdagi geotizimlar, tadqiqot predmeti esa – geotizimlarning tabiiy holatini saqlash, muhofaza qilish, geoekologik muammolarning oldini olish va bartaraf etish, tabiiy muhitni optimallashtirish, shuningdek geotizimlarning komponentlaridan resurs (biologik, mineral, rekreatsion va b.) sifatida oqilona foydalanish masalalaridir.
Geotizim – boshqaruvchan tizimlarning alohida, o’ziga xos sinfi; yer yuzasidagi komponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo’lgan hamda ma‘lum yaxlitlik sifatida fazo qobig’i va kishilik jamiyati bilan o’zaro ta‘sirda bo’ladigan barcha o’lchamdagi maydon (V.B.Sochava,1978, 292- b).
Mazkur ta‘rifga ko’ra, geotizim – o’zaro bog’liq komponentlarning to’g’ri va teskari aloqalar orqali birlashgan hamda bir-biri bilan o’zaro ta‘sirda bo’ladigan tabiat va jamiyat kichik tizimlaridan iborat moddiy- energetik bir butun yaxlit holdagi hududiy tizim, deb ta‘rif bersak bo’ladi.
Geoekologik tadqiqotlarda geotizim – insonning xaqiqiy yashash muhiti, xo’jalik faoliyati bevosita yoki bilvosita ta‘sir etadigan tabiiy, tabiiy-antropogen (o’zgartirilgan tabiiy) yoki antropogen (inson tomonidan butunlay o’zgartirilgan) hududiy tizim sifatida qaraladi.
Geotizimlarning ko’lamiga, ya‘ni katta-kichikligiga qarab global, regional, topologik (lokal) darajalari ajratiladi. Geotizimlarning modda va energiya almashinuviga ko’ra ikki tipi ajratiladi: modda, energiya va axborot almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmaydigan yopiq tizimlar, masalan geografik qobiq;
modda, energiya va axborot almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqadigan ochiq tizimlar, masalan landshaftlar;
Geotizimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
gomeostazning mavjudligi – ichki dinamik muvozanatning holati;
turg’unlik – tizimda tebranishlarning tezda so’nishi yoki yo’qligi;
barqarorlik – tashqi ta‘sirga qarshilik ko’rsatish va bu ta‘sir tugaganidan so’ng dastlabki holatini qayta tiklash imkoniyati;
elastiklik – tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish qobiliyati.
Maqsadi va vazifalari. Ma‘lumki, fanning asosiy vazifasi inson hayotini, turmushini farovon bo’lishiga xizmat qilishdir. Bu masalaga har bir fan sohasi, jumladan geoekologiya ham, o’z tadqiqot yo’nalishi doirasida hissa qo’shadi.
Geoekologik tadqiqotlarning maqsadi – geotizimlarda insonning tabiiy muhit bilan bo’lgan munosabatida yuz beradigan barcha hodisa va jarayonlarni tadqiq etish, geotizimlarda bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlash, baholash, prognozlash, boshqarish va tabiiy muhitni optimallashtirishdan iborat.
Geoekologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi – geotizimlarda kechayotgan tabiiy jarayonlar bilan manfaatlari ko’pincha zid bo’lgan aholi va ishlab chiqarish orasida oqilona va maqbul murosa topish orqali atrof- tabiiy muhitni optimallashtirish. Shundan kelib chiqadigan, kichikroq vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
tabiiy muhitda bo’layotgan tabiiy va antropogen jarayonlarni o’rganish;
geotizimlarga ta‘sirning asosiy manbalarini va ularning geoekologik vaziyatini aniqlash;
atrof-muhitga va geotizimlarga antropogen ta‘sir manbalarini, ularning turlari va miqyosini, makon va zamondagi taqsimlanishini o’rganish;
turli tabiiy komponentlarning va tabiiy muhitning ifloslanish darajasini va o’zgarishini tadqiq etish, ular dinamikasining doimiy nazoratini olib borish;
geotizimlarga turli darajadagi antropogen yukni va bu yukka ularning barqarorligini o’rganish, ushbu geotizimlarni tartibga solish va boshqarish, turli ko’rinishdagi texnologik jarayonlarga biotaning ta‘sirlanishini o’rganish;
geotizimlarning inson sog’ligi va xo’jalik faoliyati uchun qulay yoki noqulaylik darajasini aniqlash;
antropogen ta‘sirlarni baholash, prognozlash va modellashtirish;
geotizimlardan oqilona va eng yaxshi natija beradigan foydalanish turi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.

Yüklə 44,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə