2. Geoekologiyaning rivojlanishi va hozirgi holati. Geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy asosi sifatida


Geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy asosi sifatida



Yüklə 44,65 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü44,65 Kb.
#157613
1   2   3
1. Geoekologiyaning tadqiqot ob‘ekti va-fayllar.org

Geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy asosi sifatida. Geoekologiyaning shakllanishida asos bo’lgan geografiya va ekologiya fanlari so’nggi 150 yil davomida jadal rivojlandi. Bu fanlar zaminida tabiat va jamiyat o’zaro munosabatlarini o’rganishga yo’naltirilgan ko’pgina g’oyalar, konsepsiyalar, ilmiy yo’nalishlar dunyoga keldi.
Geoekologiya bu jihatdan bir qancha ta‘limotlar: biosfera haqidagi (Vernadskiy, 1926), geografik qobiq haqidagi (Grigorev, 1932), biogeotsenoz haqidagi (Sukachev, 1941) landshaft haqidagi (Solnsev, 1943), noosfera haqidagi (Vernadskiy, 1944), geosistemalar haqidagi (Sochava, 1963) va boshqa ta‘limotlarga hamda bir necha konsepsiyalar: biotsenozlar (Myobius, 1877), ekosistemalar (Tensli, 1935), geotextizimlar (Preobrajenskiy, Reteyum, Dyakonov, Kunitsin, 1972) va boshqalarga tayanadi.
Geografiya geoekologiyaga kompleks yondashuv, tabiatdagi mavjud o’zaro bog’liqliklar, geokomponentlarning butun geografik qobiq rivojlanishidagi o’rni va ularning jamiyatni barqaror rivojlanishi uchun resurs ahamiyati, geotizimlarning tabaqalanishi, barqarorligi va boshqa tushunchalarni berdi.
Ekologiya esa geoekologiyaga ekologik yondashuv, biosfera va noosfera haqida, atrof-muhit va uning sifati haqidagi, organizmlar, biotsenozlar va biogeotsenozlar, ekotizimlar haqidagi, energiya, modda va axborotning almashinuvi to’g’risidagi va boshqa tushunchalarni berdi.
Geoekologik tadqiqotlarning ilmiy nazariy asoslarini unda amal qilinadigan konsepsiyalar, prinsiplar va qonunlar, qo’llaniladigan yondashuvlar va tadqiqot usullari tashkil etadi.
Geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan konsepsiyalar, prinsiplar va qonunlar, qo’llaniladigan yondashuvlar va tadqiqot usullariga o’tishdan oldin, uning fan sohasi sifatidagi asosiy xususiyatlariga e‘tibor qaratishimiz lozim:
geoekologiya – geotizimlardagi ekologik hodisa va jarayonlar haqidagi fan;
geoekologiya – geoekologik muammolar va geoekologik vaziyatni o’rganuvchi fan;
geoekologiya – tabiiy va ijtimoiy ilm sohalari doirasida rivojlanmoqda;
geoekologiya – tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar hamda geoekologik hodisa va jarayonlarning o’zaro bog’liqligi, bir-birini taqozo etishi haqidagi fan (Timashev, 2000) ekanligi.
Ekologik geologiya va uning geoekologiyaga munosabati. V.T.Trofimov (1997) ning fikricha «ekologik geologiya» geologiyaning yangi yo‘nalishi tushunilib, unda litosferaning yukori gorizontlari (yer osti suvlari va gazlarni kushgan xrlda)ni ekosistemaning biotik komponentlaridan biri sifatida o‘rganiladi. Uning tadqiqot predmeti biologiya bilan geologiyaning kesishgan joyida vujudga keladi, boshqacha aytganda litosferaning eng yukori qatlamining ekologik funksiyasi tadkik predmeti hisoblanadi. «Ekologik geologiya» ning yo‘nalishi-bu geologiyada yangi yo‘nalish, u geoekologiyaning tarkibiy qismi hisolanadi. U litosferaning eng yuqori qatlamlarini ekologik funksiyasini baholaydi.
Tabiiy geografiya bilan ekologiyaning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi. Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ektlari-geografik qobiq, tabiiy xududiy majmualar, landshaft va uning morfologik birliklari hisoblanadi. Landshaftning barqarorlik ekologik va resursli xususiyatlari uning tabiiiy geografiyada asosiy hududiy birlik sifatida foydalanishni taqozo etadi.
Tabiiy geografiya bilan ekologiya o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Buni har bir tabiiy kompleks misolida kurish mumkin: tirik mavjudot atrof- muhitdagi notirik tabiat bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Demak, ular orasida bog‘liqlik bor, ular bir-birlariga ta’sir etadilar, modda va energiya almashuvi sodir bo‘lib turadi. Bu xol oddiy geografik fatsiyadan tortib to biosferagacha bo‘lgan xududda yuz beradi yoki u sayyoraviy miqiyosga ega.
Tabiiy muhit va uning tasniflanishi. Tabiiy muhit murakkab tushuncha, u ko‘pincha biror ob’ekt, predmet, hayvon, o‘simlik, insonni o‘rab to‘rgan tabiiy sharoit majmuasi tushuniladi, unda u yoki bu sub’ekti faoliyati yuz beradi. Tabiiy muhit xududning sharoitiga qarab abiotik va biotik qismlarga ajraladi. Bunda abiotik muhit-jonsiz tabiat-xozirda yashab to‘rgan organizm faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan sharoitda rivojlanadi. Biotik muhit-tabiatning kuchlari va xodisalarini kelib chiqishi- hozirda yashab turgan organizmlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Antropogen muhit-tabiiiy muhitning bir qismi, lekin u insonning xo‘jalik faoliyati natijasida turli darajada o‘zgargan. Insonni o‘rab to‘rgan muhit-abiotik, biotik, ijtimoiy muhitlarning birgalikda insonlarga va ularni xo‘jaliklariga ta’sir etuvchi muhitdir. Ekologik muhit-tirik organizmlarni urab to‘rgan tashki muhitdir.
Tabiiy muhit omillari va ularning tasniflanishi. Tabiiy muhit omillari ikki yirik guruhga, ya’ni abiotik va biotik omillarga bo‘linadi. Birinchi guruhga noorganik (notirik) tabiat omillari - yoruglik, harorat, namlik, bosim, shamol va iklimiy hamda geofizik omillar kiritiladi. Shuningdek, bu omillarga gravitatsion kuchlar, magnit, elektromagnit maydonlari, ionlashtiruvchi va kirib boruvchi radiatsiya, akustitik tebranishlar, to‘lkinlar, oqimlar, suv kutarilishi va kaytishi, tabiatning davriy, siklik va ritmik o‘zgarishlari kiritiladi. Abiotik omillarni miqdoriy tavsiflash mumkin va ob’ektni ulchash imkoniyatlari bor.
Biotik omillar-tirik tabiat omillari muhitga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bu yo‘nalishda o‘simlik, hayvon va odamning tabiatga ta’siri ustivor ahamiyatga ega. Biotik omillar abiotik omillar ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi, o‘z navbatida ular orasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Xudud sharoitiga qarab abiotik omillar biotik omillar ta’sirida o‘zgarishlarga uchraydi.
Antropogen omillar aloxida guruh tashkil qiladi. Bu omillar insonni xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq. Inson tabiiy muhitni yaxshi tomonga o‘zgartirish bilan birga, bu jarayonda turli oqibatlar kelib chikishi yuz beradi. Yerlarni sug‘orish maqsadida irrigatsiya jihatidan o‘zlashtirishi tufaili deflyatsiya, eroziya, sho‘rlanish, chukish, ushhon va boshqa xodisalar rivojlanadi. Resurslarda foydalanish jarayonida suv va havo xavza/hari ifloslanadi, tuproq va o‘simlik kimyoviy ashyolar bilan zaharlanadi va boshqalar. Antropogen omillarning katta qismi maxsus texnik vositalar bilan bog‘liq. Shuning uchun bu omillarni texnogen omillar deb ataladi.
Tabiiy muhitga moslashuv. Tabiiy muhitda ekologik sharoit tez-tez o‘zgarib turadi. Adabtatsiya(lotin tilida moslashuv) qonuniyati bilan tushuntiriladigan bu xodisaga o‘simlik va hayvonot olami turlicha kunikadi. Yashash muhitning o‘zgarishi uch turda sodir yubo‘ladi: a) siklik o‘zgarishlar, ya’ni yil davomida xodisalarning bir maromda o‘zgarishi (yil fasllarining o‘zgarishi, suv ko‘tarilishi va kaytishi, kun bilan tunning almashib kelishi); b) yunaltirilgan o‘zgarishlar, bu xolda yo‘nalgan o‘zgarishlar ma’lum davrda barkaror bo‘lib turishi organizmlarga turlicha ta’sir etadi. Masalan, eroziya va sho‘rlanish jarayonlarini rivojlanishi, suv yoki namlikni takchil bo‘lib turishi, havo haroratini kutarilishi va boshqalar; v) tartibsiz o‘zgarishlar bunda ekologik muhit betartib o‘zgarishi natijasida organizmlarning ularga moslashuvi ham turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha ularning halokatiga sabab bo‘ladi. Tabiiy muhitning yo‘naltirilgan xoldagi o‘zgarishlari kup xollarda organizmlarning halokati bilan tugayli. Orol dengizining kurib borishi bilan bog‘liq ekologik vaziyatning jiddiylashuvi bir tekisda, ayniqsa uning suvini sho‘rlanib borishi tufaili unda baliklarni barchasi sho‘r muhitga moslasha olmasligi sababli 1984 yilga kelib butunlay kirilib ketdi. Bu xodisa grunt suvlari sathini barkaror ravishda kutarilib borishi, natijasida o‘simliklarni (efemer, shuvok, kserofit va boshqalar) yukolib borishi kuzatiladi. Demak, moslashuv yuz bermaydi.
Tabiatda modda va kimyoviy elementlarning aylanma harakatlari. Moddalar almashuvi-bu litosfera, atmosfera, gidrosfera va umuman biosferadagi jarayonlarda moddalarni kup martalik qatnashishidir. Ammo xaqikatda moddalar tulik ravishda aylanma harakatda katnasha olmaydilar, bu jihatdan fakat kimyoviy elementlar sayyora miqiyosida aylanma harakatda bo‘ladilar. Biosferaning mavjud bo‘lishi, umuman Yerda xayotning davom etishi uchun ma’lum organizmlarning iste’mol qilgan moddalari ulardan so‘ng boshqa organizmlar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan darajada kabul qilinishi kerak. Moddalar va kimyoviy elementlarning bunday siklik migratsiyasi ma’lum darajada energiyaning sarf bo‘lishi bilan borlik, uning manbai asosan quyoshdir.
Suvning aylanma harakati Sayyoramizda yaxshi ifodalangan: okeandan ko‘tarilgan suv bug‘lari quruqlikka yog‘in sifatida tushib, yana Dunyo okeaniga qaytadi. Bu jarayonda yiliga 500 ming km3 suv Yer sathiga yog‘in-sochin sifatida tushib, shuncha miqdordagi namlik yana kaytadan buglanadi. Dunyo okeani bilan kuruklik o‘rtasida suvning sirkulyatsisi Yerda hayotning mavjud bo‘lishini ta’minlaydi, tirik tabiat bilan notirik tabiat o‘rtasida o‘zaro munosabat rivojlanadi. Litosferada yemirilgan jinslarni botiqlar va Dunyo okeaniga migratsiyasi yuz beradi.
Suvning aylanma harakati bilan birga biologik (biotik) aylanma harakat ham kelib chikdi. Ekologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda bu hol katta biosferali biotik modda almashuvi deb ataladi. Bu jarayonda sayyora miqiyosida tuxtovsiz qonuniy siklik modda, energiya va axborotni notekis taksimlanishi kuzatiladi. Kichik (biogeotsenetik) modda almashinuvi elementar tizimda-biogeotsenozda sodir bo‘ladi. Ilk bor moddalar va kimyoviy elementlarni aylanma harakati haqidagi ta’limotni V.I.Vernadskiy asoslagan. Biologik aylanma harakat-bu tuproq, o‘simlik, hayvonot olami, mikroorganizmlar orasida modda almashinuvidir, bunda o‘simliklardagi mineral moddalar hayvonlarga o‘tadi, ulardan atmosfera yoki tuproqka qaytadi. Bu jarayonda notirik tabiat katta miqdorda biomassa bilan ta’minlanadi.
Tirik organizmlar ishtirokida kimyoviy elementlarni biokimyoviy aylanma harakati yuz beradi. Uglerod, is gazi, azot, fosfor, oltingugurt, kislorod va boshqa elementlarni aylanma harakati muntazam bo‘lib, asosan o‘simlik, mikroorganizmlar, organizmlar harakati bilan bog‘liq. Geosferalar orasida moda va energiya almashuvida suvning harakati natijasida kimyoviy elementlarni ion xolda quruqlikdan dunyo okeaniga 2,5 mlrd t erigan xoldagi moddalar, 22,1 mlrd t. tog‘ jinslari, gillar kelib tushadi. O‘rta Osiyo berk oblastiga Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryolar orqali Orol dengiziga tuz, mikroelementlar oqib kelishi va uning oqibatlari xozirgi kunda salbiy xodisalarni rivojlanishiga sabab bo‘lmokda. Tuproq sho‘rlanib bormoqda, suv omborlarida foydali elementlar to‘planib bormoqda. Ma’lum geosistemalarda moddalarning mikro aylanma harakati tufayli ularning dinamik o‘zgarishlari va rivojlanishida sifatiy evolyutsiyalar yuz bermokda. Orol-Kaspiy bekix oblasti atrofdagi xududlar uchun moddalarning tuplanish makoni, tog‘ mintaqasi esa yuvilish zonasi funksiyalarini bajaradi. Bu xodisa butun bir yirik xududda sodir bo‘lsa, uning tarkibidagi ayrim xududlar (Qizilqum, Orolbuyi, Mirzacho‘l va boshqalar), botik va kavarik (elyuvial) geosistemalarda mahalliy aylanma harakat yuz beradi. B.B.Polinov bu harakat zanjirlarini elyuvial, superakval subakval komplekslar misolida asoslab bergan.
http://fayllar.org
Yüklə 44,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə