2. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 29,07 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü29,07 Kb.
#105342
PQ-323 18.07.2022




[OKOZ:

1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.03 Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.04 Davlat oliy ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ta’lim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi xotin-qizlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;
ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining so‘rovlariga asosan kelgusida 14 foiz stavkada ta’lim krediti ajratish uchun ularga 10 foiz stavkada depozit mablag‘lari joylashtiriladi;
Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun tijorat banklariga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash va nazorat qilish maqsadida Jamg‘armaga 1 ta Maktabgacha ta’lim vazirligi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan va 1 ta Moliya vazirligining umumiy shtat birliklari doirasida jami 2 ta shtat birligi ajratiladi.
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
4. Moliya vazirligi Jamg‘armaga 2022-yilda mablag‘larning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-iyul,
PQ-323-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5102-son qarorida:
a) 1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-iyuldan” so‘zlari “2023-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 28-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2022-yil iyul” so‘zlari “2023-yil yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-son qarorida:
a) qaror nomlanishi va muqaddimasidagi “Oliy ta’lim” so‘zlari “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilsin”;
beshinchi xatboshi “oila a’zolari” so‘zlaridan keyin “va boshqa uchinchi shaxslar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-son qarorida:
a) qaror nomlanishi, muqaddimasi hamda 1-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oliy ta’lim” so‘zlari “oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “oliy” so‘zidan keyin “, o‘rta maxsus va professional” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun kredit ajratish”;
v) 1-ilovada:
nizomning nomidagi “oliy” so‘zidan keyin “, o‘rta maxsus va professional” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini (keyingi o‘rinlarda — ta’lim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi”;
3-bandining:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga (keyingi o‘rinlarda — kredit oluvchi) beriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “vasiylari” so‘zi “boshqa uchinchi shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oliy ta’lim tashkilotida” so‘zlari “Ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oliy ta’lim tashkilotiga” va “oliy ta’lim tashkilotida” so‘zlari tegishincha “ta’lim tashkilotiga” va “ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandidagi “oliy” so‘zi chiqarib tashlansin;
13-bandidagi “Oliy ta’lim tashkilotlari” so‘zlari “Ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandining “b” kichik bandi, 21-bandining birinchi xatboshisi va 23-bandidagi “oliy” so‘zi chiqarib tashlansin;
24-bandida:
birinchi xatboshidagi “oliy ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari “ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)

Yüklə 29,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə