2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi. Virtual tanishuvlar


Jurnalistlar uchun MAS bo’yicha ta’lim platformalari



Yüklə 399,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix30.03.2023
ölçüsü399,68 Kb.
#103756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-mavzu. Virtual o’yinlarning yoshlar ongida ta’siri

Jurnalistlar uchun MAS bo’yicha ta’lim platformalari 
Media va axborot savodxonligi ko’pincha hayot uchun va global mediadunyo uchun 
ta’lim sifatida belgilanadi. MASning ta’lim resurslari — bu multime- diyali kontentning dolzarb, 
ekspert bazali o’ziga xos xablaridir. YUNESKO ushbu yo’nalishdagi ko’p sonli loyihalar va 
dasturlarning 
tashabbuskori 
va 
muvofiqlashtiruvchisi 
hisoblanadi. 
Xalqaro 
darajada 
mediata’limga yo’l ochib bergan Gryunvald Deklaratsiyasi (1982) qabul qilingan paytdan 
boshlab, YUNESKO odamlar o’rtasida MAS sohasida kompetensiyalar rivojlanishini qo’llab-
quvvatlashda davom etmoqda. Ushbu amaliy qadamlar “Parij dasturi yoki mediata’lim bo’yicha 
12 tavsiya” doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan. 
Quyida MASni mustaqil o’rganish uchun onlayn resurslar, shuningdek, muta- xassislar 
o’rtasida aloqalar o’rnatishga, tadqiqotlarga ko’maklashuvchi plat- formalar keltirilgan. 
Mediasavodxonlik o’quv jarayoniga fundamental va barqaror joriy etish uchun jurnalistlarni oliy 
darajada va maxsus tayyorlashda akademik va qisqa muddatli kurslar shaklida umumta’lim 
dasturlari jarayoniga bir qator fanlarning kiritilishini ko’zda tutadi. Kanada ko’p yillar davomida 


mamlakat ta’lim jarayoni ishtirokchilariga mediasavodxonlikka o’rgatish talabini qo’yadi — 
maktablar, kollejlar, universitetlarda turli kurslar, fanlar va MOOS (keng foydalaniladigan 
onlayn kurslar) yo’lga qo’yilgan. Ontario ta’lim vazirligi quyidagilarni belgilaydi: 
mediasavodxonlik talabalarga OAV tabiatini, ular tomonidan foydalaniladigan texnikalar va 
ushbu texnikalarning ta’sirini ongli va tanqidiy tushunish ko’nikmasini rivojlantirishga 
yo’naltirilgan. Aynan MAS ta’limi o’quvchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari qanday 
ishlashi, fikrlarni qanday shakllantirishi, qanday tuzilgani va voqelikni qanday tashkil qilishini 
tushunishlarini kuchaytirishni ko’zda tutadi. YOsh avlod axborotni borliq, jarayonlar, voqea-
hodisalarning reprezentatsiyasi deb emas, aksi deb qaraydi. Ba’zan hatto uni yagona haqiqat deb 
qabul qiladi. Faqat tanqidiy tafakkur va ma’nolarni ajratib olish ko’nikmasi uning mohiyatini 
tushunishga, axborotni atrofdagi olam haqidagi ramziy — raqamli, audio, video, bosma tasavvur 
deb qabul qilishga yordam beradi. “Men media savodxonlikni hayotiy savodxonlik deb bilaman, 
chunki men kommu- nikatsiyalarning joriy shaklini tushuna olmasam va undan samarali 
foydalan- masam, men fuqarolik darajasida ham, shaxsiy darajada ham va professional darajada 
ham foydali inson bo’la olmayman”, deydi o’z intervyularidan birida Neyl Anderson. 
Mediata’lim sohasida birinchilardan bo’lgani holda, u mediasavodxonlikni rivojlantirishga ulkan 
hissa qo’shdi, o’qituvchilarga MAS kompetensiyalari texnologiyalarini o’z dasturlariga 
integratsiyalashga yordam berdi. Olim Osiyo, Avstraliya, yevropa, Kanada va AQSH 
mamlakatlarida ko’p sonli ta’limiy ma’ruzalar va seminarlarni o’tkazdi. 
MASni o’quv jarayoniga integratsiya qilish dunyoning turli mamlakatlarida turlicha 
sur’atlar bilan kechmoqda. Masalan, AQSHdagi Stoni Bruk universiteti o’ziga xos yangiliklar 
savodxonligi markazi (newsliteracy) hisoblanadi. U yerda mediasavodxonlik yangiliklar 
jurnalistikasida to’rtta yo’nalishga bo’linadi: axborotning turli shakllarini belgilash, buni fakultet 
“sizning axborot qo’shni- chiligingizni bilish” deb ataydi; axborot manbalari va yangiliklardagi 
manbalarni baholash; yangiliklar va fikrlarni aniqlash; va OAVning bir tomonlamaligini 
tushunish va aniqlash, shuningdek, yangiliklar iste’molchilarining qarashlari ular mediamatnlarni 
qanday tushunishiga ta’sir ko’rsatishini tushunish. 
Amerikalik olimlarning fikricha, MAS kompetensiyasi vamediakontentga doir tanqidiy 
tafakkur yosh avlodning salomatligi vafarovonligi, shuningdek, ularning mamlakatning fuqarolik 
vaiqtisodiy hayotidagi kelgusi ishtirokida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Media Literacy Now 
loyihasi ommaviy axborot vositalarining salomatlikka ta’sirini aniqlash bo’yicha tadqiqot 
o’tkazdi vamediasavodxonlikni ushbu jarayonga aralashish strategiyasi deb belgiladi. 
CHekish AQSHda bevaqt o’lim holatlarining asosiy sabablaridan biridir va chekishdan 
vafot etganlarning 90 foizi chekishni o’smirlik davridan boshlagan. Tadqiqotlar shuni 
ko’rsatdiki, OAVdagi chekish bilan bog’liq xabarlar, jumladan, filmlar va reklama e’lonlaridagi 
personajlar- ning chekishi o’smirlar o’rtasida chekuvchilar sonini sezilarli tarzda ko’paytiradi. 
Keyinchalik amalga oshirilgan loyihalar davomida ular shunday xulosaga kelganki, o’z ichiga 
mediasavodxonlikni qamrab oluvchi o’quv dasturi chekishga qarshi an’anaviy darslarga (ular 
samarali, ammo mediasavodxonlikni ko’zda tutmaydi) nisbatan ancha samarali bo’lib, 
o’quvchilarning chekishdan saqlanishlariga yordam beradi. 
Ushbu ma’ruza chekish, alkogolli ichimliklarni va giyohvand moddalarni iste’mol qilish; 
semirish va to’yib ovqatlanmaslik; ruhiy salomatlik, uyquning buzilishi va akademik 
xarakteristikalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, shafqatsizlik va zo’ravonlik; yoshlar 
uchun jismoniy salomatlik obrazi kabi dolzarb masalalarni qamrab oladi. Hisobotda 
mediaaxborotli iste’molning ushbu muammolarning avj olishiga ta’siri ko’rsatilgan va MAS 


to’g’ri tanlov qabul qilishda, o’lim holatlarining oldini olishda va maqbul kelajak barpo etishda 
mediasavodxon yoshlar qo’lidagi eng samarali vositalardan biri sifatida keltirilgan. 
YAna bitta misol keltiramiz, dunyoda 2011 yildan boshlab o’smirlik depres- siyasi va 
o’zini o’zi o’ldirish darajasi nihoyatda ko’payib ketdi. “Mubolag’asiz aytish mumkinki, yosh 
avlod ruhiy salomatlik sohasida so’nggi o’n yilliklar davomidagi eng og’ir inqiroz yoqasida 
turibdi... Biz yoshlarning qo’liga berib qo’ygan uskunalar ularning hayotiga jiddiy ta’sir 
ko’rsatib, ularni jiddiy tarzda baxtsiz qilayotganligiga ishonchli dalillar mavjud”. YAqinda 
o’tkazilgan boshqa tadqiqotlar esa shuni ko’rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoqlarda kuniga 2 soatdan 
ortiq bo’lish o’smirlar ruhiy salomatligi yomonlashuviga olib keladi, bunga depressiya 
alomatlari, xavotirlanish va o’zini o’zi o’ldirish to’g’risidagi fikrlar kiradi. Olimlar shunday 
xulosaga kelmoqdaki, mediasavodxonlik bilan birga talabalar OAVdan mas’uliyatli, xavfsiz va 
axloqiy foydalanishga ham o’rganadi, bunga haddan ortiq foydalanish xavfi, “raqamli 
oziqlanish” konsepsiyasi hamda OAV va texnologiyalardan foydalanishning salomatlik uchun 
xavfi ham ko’zda tutiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bizning ijtimoiy tarmoqlar bilan 
munosabatlarimizni va ularning ta’sirini yanada chuqurroq tushunish yoshlarga ulardan 
foydalanishga jiddiy munosabatda bo’lish va haqqoniy aloqalarni izlashga imkon beradi. 
SHunday savol tug’iladi: yosh kadrlarni o’qitish va tayyorlashda aynan qaysi fanlar 
dolzarb hisoblanadi? 
Bu yo’nalishda ham qator tadqiqotlar olib borilmoqda va tavsiyalar, sinalgan tajribalar 
mavjud. Jumladan, ayrim mamlakatlar MAS dasturini joriy etish bo’yicha faol bosqichga 
kirishgan, rivojlanayotgan davlatlar kelajak uchun jurnalistik kadrlarni tayyorlashda ularning 
tajribasini o’zlashtirishi, ishlangan ochiq manbalar va resurslardan foydalanishi mumkin. 
Quyida, bizning nazarimizda, 4-chi — axborot inqilobi davrida jurnalistlar uchun zarur bo’lgan 
ayrim kurslar va dasturlarni keltiramiz. 
Mediatahlil — OAVdagi xabarlar, odatda ularni ishlab chiqaruv- chilar va 
tarqatuvchilarning qadriyatlari va mafkurasini ifodalaydi. Kontent-tahlilga tayanib, jurnalist 
axborot, vaziyat vujudga kelishining sabablari, maqsadi, manbalarini ko’ra bilishi mumkin.
• 

Yüklə 399,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə