2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi. Virtual tanishuvlar


Shu o’rinda savol tug’iladi: bunday jinoyat ko’payishiga nima sabab bo’lmoqda va



Yüklə 399,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix30.03.2023
ölçüsü399,68 Kb.
#103756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-mavzu. Virtual o’yinlarning yoshlar ongida ta’siri

Shu o’rinda savol tug’iladi: bunday jinoyat ko’payishiga nima sabab bo’lmoqda va 
uning oldini olish mumkinmi? 
Ha, albatta, mumkin. Onlayn buyurtmaga asoslangan firibgarlik jinoyati sodir etilishiga 
aksariyat hollarda shaxsning o’zi sababchi bo’ladi. Misol uchun, doimiy foydalanadigan onlayn 
do’konning domeni nomiga jabrlanuvchi yetarlicha e’tibor qaratmaydi va domen nomidagi 
o’xshash harf yoki belgi, raqamlar orqali soxta fishing saytga kirib ketadi. Sinalmagan saytlar 
orqali onlayn buyurtma qilish va plastik karta haqidagi ma’lumotni o’zi bilmagan holda 
firibgarga berib yuborish ham uning tuzog’iga ilinishga sabab bo’ladi. 
Onlayn buyurtma vaqtida plastik kartani suratga olib onlayn buyurtma oluvchi shaxsga 
berish va ushbu shaxs jabrlanuvchining ishonchiga kirib, uning plastik kartasidagi mablag’ni 
o’zlashtirib olayotganini jabrlanuvchi bilmay qoladi. YOki turli aldov ruknidagi saytlarga kirish 
va unda nazarda tutilgan ketma-ket amallarni bajarish ortidan ham o’z mulkidan ajralib qolishi 
mumkin. Mazkur holatda onlayn buyurtma foydalanuvchilari hech qachon o’ziga berilayotgan 
qulaylikdan voz kechishi kerak emas, faqat ehtiyot bo’lish uchun qaysi axborot tizimi yoki 
platforma orqali narsa-buyum xarid qilayotgani, ehtiyoji uchun nazarda tutilgan axborot tizimiga 


to’g’ri kirayotgani yoki kirmayotganiga e’tibor qaratishi lozim. SHuningdek, har xil aldovlarga 
ishonmay, har bir reklamaning asosiga e’tibor qaratishi, o’z ehtiyoji uchun xarid qilishi 
maqsadga muvofiq. 
Bundan tashqari, ba’zi hollarda xarid vaqtida onlayn suhbatdan unumli foydalanish orqali 
ham firibgarlar tuzog’idan qutulish mumkin. Jabrlanuvchi onlayn xarid vaqtida savdo amaliyoti 
qaysi hududda o’tkazilayotgani va imkoni bo’lsa, oflayn sotib olishga ehtiyoji borligi, narsa-
buyum sotilayotgan joy manzilini so’rash orqali ham firibgar tuzog’idan xalos bo’lish mumkin. 
Agar sotuvchi halol shaxs bo’lsa, uchrashuvga rozi bo’ladi, aksincha holatda yuzlashishdan voz 
kechadi. 
Onlayn xarid orqali firibgarlikka uchragan yoki shunday vaziyat qurboni bo’layotgan 
shaxs, birinchi navbatda, zudlik bilan platformani tark etishi, plastik kartasi yoki elektron to’lovi 
haqidagi ma’lumotlarni kiritib qo’ygan bo’lsa, operatsiyani to’xtatishi talab etiladi. Imkoni 
bo’lsa, darhol tegishli bankka murojaat qilib, plastik kartasidagi pul mablag’larini muzlatgan 
holda boshqa plastik karta yoki boshqa hisob raqamga o’tkazishi, ro’y bergan ko’ngilsizlik 
xususida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi maqsadga muvofiq. 
Bundan tashqari, kartadagi pulni zudlik bilan mobil ilovalardagi bank omonatiga 
joylashtirishi yoki har bir bank operatsiyalarini bajarayotgan paytda to’lov amalga oshirilayotgan 
axborot tizimiga to’g’ri kirganiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Ba’zi hollarda shaxsning e’tiborsizligi, elektron to’lov vositalariga kiruvchi 
imkoniyatning xavfsizligi ta’minlanmagani onlayn buyurtma orqali firibgarlik sodir etilishiga 
sabab bo’ladi. SHu bois, xarid imkoniyatini beradigan axborot tizimi haqida dastlab batafsil 
ma’lumotga ega bo’lib, so’ng xarid qilish, tizimga kirishning identifikatsiya va audentifikatsiya 
yoki fase (qiyofa) nazorati usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
Onlayn xarid bugun xususiy sektordan tashqari davlat sektoriga ham kirib bordi. Elektron 
tijorat uchun mavjud imkoniyatdan davlat organlari va idoralari xizmatchilari ham 
foydalanayotgani ijobiy holat. Biroq yaratilayotgan va joriy qilinayotgan axborot tizimlarining 
axborot va kiberxavfsizligi yetarlicha ta’minlanmagani islohotlarning pirovard natijasiga salbiy 
ta’sir ko’rsatmoqda. 
SHu sababli axborot va kiberxavfsizlik talab laridan kelib chiqib, nafaqat davlat 
sektorida, balki xususiy sektorda ham litsenziyalangan dasturiy mahsulotlardan foydalanishga 
o’tish va uni majburiy qoida sifatida belgilash bugunning dolzarb masalalardan. Aynan 
litsenziyalangan dasturiy mahsulotlardan foydalanish orqali shaxs, jamiyat va davlatning 
kiberxavfsizligi ta’minlanadi. Litsenziyalangan dasturiy mahsulotlarga keltirilgan zarar 
qoplanishini oldindan aniq bilgan holda undan foydalanuvchilar soni ko’payadi. Buning uchun 
esa “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonun, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi 
kodekslarni ko’rib chiqish tavsiya etiladi. 
Bundan tashqari, bugun tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarli emasligi 
har tomonlama noqulaylikni vujudga keltirmoqda. SHu sababli raqamli iqtisodiyot bo’yicha 
vakolatli organ tashabbusi bilan IT marketga o’xshagan platforma yaratish orqali tadbirkorlik 
sub’ektlari o’rtasida raqobat muhitini oshirish mumkin. SHuningdek, davlat buyurtmachisi 
bo’lgan idoraning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq shartnomaviy 
munosabatlarga kirishishiga taqiq ushbu sohada ham raqobat muhiti takomillashuviga sabab 
bo’ladi. 
YUqoridagi takliflarning inobatga olinishi nafaqat onlayn xarid bilan bog’liq, balki 
boshqa axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining axborot va 
kiberxavfsizligi ta’minlanishiga zamin yaratadi. Qolaversa, barcha foydalanuvchilarning dasturiy 


mahsuloti litsenziyalanishi va litsenziyalangan axborot tizimlariga keltirilgan zararning o’rni 
qoplanishi natijasida raqamlashtirilgan jamiyatda foydalanuvchilarning davlat organlari va 
idoralariga bo’lgan ishonchi yanada ortadi, xususiy sektorda ham litsenziyalangan dasturiy 
mahsulotlardan foydalanish amaliyoti keng yo’lga qo’yiladi. 
Medialarning qudrati turli stereotip(qolip va andoza)larni, masalan, jinslarning 
jamiyatdagi an’anaviy rolini taqdim etish va singdirishda ham ko’rinadi. Odatda, ko’ngilochar 
filmlarda bosh qahramon erkak kishi bo’lib, ayol timsoli doim uning panasida talqin etiladi. 
Garchi ko’ngilochar dasturlar qiziqarli va beozor tuyulsa-da, ular orqali inson yangi qadriyat va 
qarashlar bilan tanishadi yoxud ilgari olingan tasavvurlarini mustahkamlaydi. Tomoshabin 
ma’lum bir yo’nalishda shaxsiy tajribaga ega bo’lmagan holatda OAVning ta’sir kuchi yanada 
ortadi. Ammo inson o’ziga tanish bo’lgan mavzular bo’yicha ham o’z ongida muayyan 
stereotiplarni shakllantiradi. Masalan, yuqorida qayd etilgan gender stereotiplari aksariyat 
hollarda OAV kontenti orqali shakllanadi.

Yüklə 399,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə