Mavzu: Markaziy osiyo ilk orta asr shaharlari



Yüklə 18,81 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü18,81 Kb.
#165355
  1   2   3   4   5   6   7   8
azim pptx

Mavzu:Markaziy osiyo ilk orta asr shaharlari

Reja

1.So’g’d shaxarlari (Kashkadaryo va Zarafshon voxasi)

2. Ilk o’rta asrlarda Sirdaryo va Choch shaxarlari.

3. O’zbekistonning janubiy viloyatlaridagi shaxarlar.

4. Xorazm voxasidagi shaxarlar

Kirish

Kirish

VIII asr voqyealarini e’tirof etgan yozma manbalar So’g’dda – Samarkanddan tashkari, Ishtixon, Robinjon, Dabusiya, Panjakent Barket (Abarket), Varagsar, Kamarja qal’asi shaharlar xususida eslatib utiladi. Bu vaktda nafakat Samarqand, balki Ishtixon (ixshidlar rezidensiyasi) va Kushaniya yirikligi jixatidan Buxorodan utib ketgan. Ulardan xam xatto Dabusiyaning 22-23 ga ega bo’lgan shahristoni bo’lgan. Buxoro voxasi singari, So’g’dda ko’pgina katta bo’lmagan viloyatlarga (knyajestva) bo’lingan bo’lib, ularning markazlari katta bo’lmagan shaharlardantashkil topgan edi. Bunday shaharlarning ba’zilari bizlarga ma’lum. Masalan: Kofir – qal’a (Narpayda), chelak, Quldor – tepa va haqazo. Azal-azaldan o’troq hayot, sug’orma dehqonchilik, ilm-fan va tarqqiyot markazi bo’lib kelgan, Samarqand – shahri Zarafshon vohasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, jahon tarixida insoniyatning madaniy beshiklaridan biri sifatida e’tirof etib kelingan. Samarqand va uning shakllanish va taraqqiy topishi to’g’risida turli tarixiy manbalar, moddiy va madaniy yodgorliklar, xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida ko’pgina ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, qo’hna Sharq yozma manbasining noyob durdonasi bo’lgan Avesto kitobida Zarafshon vohasida joylashgan So’g’d o’lkasining ajoyi iqlimi, serhosil yerlari haqida so’z boradi. Abbo’l Abbos Ja’far ibn Muhammad al Mustagfariyning «Tavorixi Samarqand», Abu Hafs Najmiddin Umar bin Muhammad an-Nasafiyning «Kitob al-qand fi tarixi Samarqand», Abulfazl Muhammad ibn Abdujamil ibn Abdumalik Haydar as-Samarqandiyning «Qandiyai Hurd» kabi yuzlab asarlarda shahar tarixi uning bag’rida yashab o’tgan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar haqida ma’lumot beriladi. «Samarqand» atamasining ma’nosi haqida ham tarixiy manbalarda turlicha fikrlar bor. Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’atit turk» asarida «Samarqand» atamasi turkiyda boy, obod shahar degan ma’nolarni anglatishi haqida yozgan.


Yüklə 18,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə