Mavzu: Markaziy osiyo ilk orta asr shaharlari


Ilk o’rta asrlarda Sirdaryo va Choch shaxarlari



Yüklə 18,81 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü18,81 Kb.
#165355
1   2   3   4   5   6   7   8
azim pptx

Ilk o’rta asrlarda Sirdaryo va Choch shaxarlari.

Ilk o’rta asrlarda Sirdaryo va Choch shaxarlari.

Bu yerda 4-5 m km2 maydonga ega bo’lgan40 ta shahar bo’lgan (togli tumanlarni xisobga olmay). Bo’lar Shosh va Iloq viloyatlarida joylashgandir.

Xususan, arablar boskiniga kadar Iloq shaharlari soni ma’lum emas. Ularning ba’zilari haqida XI asr sayyoxatchilarima’lumot berib utadi.

XI asrga kadar Iloqning poytaxti va yirik shahri Tunket xisoblanib, M.Ye. Masson fikricha, 180 ga teng bo’lgan raboti bo’lgan. XI asrdan boshlab o’z yetakchiligini mavkeini Nuketga bera boshlab, F.Yu. Buryakov fikricha, xatto o’zi yo’qolib borgan. Ayniqsa, IX-X asrlarga kelib, shaharlar usishi sezilib bordi. Chunki bu rayon xalifalikka asosiy kumush yetkazib beruvchiga aylandi. Toshkent. Toshkent shahrining nomlanishi xususida to’xtalib o’tib, Xitoy manbalarida «tosh» tosh ma’nosini beruvchi «shi» nomi bilan, «chjeki yuni» «Yuyuani» kabi nomlar bilan atalgan. Milodning boshlarida oid Eron sosoniylari manbalarida shahar nomi «choch» tarzida e’tirof etiladi.

V-VIII asrlarda Toshkent – Choch, Shosh, Shoshkent kabi nomlar bilan atalib, shu nomlar bilan mavjud davlatning poytaxti xam bo’lgan.

Shaharning so’g’dcha nomi xam «tosh» ma’nosini bildiradi. «Choch» toponimii yozma shaklda ilk bor sosoniy podshoh Shopur I farmoniga ko’ra «Zardo’sht ka’basiga» bitilgan yozuvlvrda (milodiy 262) viloyat nomi sifatida uchraydi.

Shuningdek ilk urta asr tangalari, kumush idish va Fatuvarning Divashtichga yozgan xatida «choch» toponimi bor.

O’rta asr forsiy yozma manbalarida xam shahar nomi «choch» shaklida berilgan. Masalan, 983 yilda yozilgan «Xudud al-olam» nomli forsiy asarda choch katta viloyat va uning poytaxti Binkat ekanligi ta’kidlangan. Arab manbalarida «choch» toponimii «Shosh» shaklida ifodalangan.

Muxammad Jarir at Tabariyning «Kitob ar-rusul val muluk» asarida Shosh viloyati bir necha bor tilga olinadi. Abu Is’hoq Al-Istaxriyning «Kitob masolik al-mamolik» asarida shahar darvozalarining (jami-20 ta) nomlari sanab utilgan.


Yüklə 18,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə