2. J. Piajening intellektni operatsional ta`limoti J. Piajening intellektning operatsion ta`limoti


J.Piajening intellektni operatsional ta`limoti



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə2/2
tarix19.07.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#119716
1   2
J.PIAJENI

J.Piajening intellektni operatsional ta`limoti
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa- bir vaqtning o’zida bir qancha ya`ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo’lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o’zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt , makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. YA`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Leonov N.I. Konfliktologiya. Moskva – Voronej, 2006
2.Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. T. “Turon-Iqbol” – 2006
3.Sokolov S.V. Sotsialnaya konfliktologiya: – M.: YUniti-dana, 2001.
4.Suxova A.N.Prikladnaya sotsialnaya psixologiya.M.“MODEJ”-1998
5.Bityanova M.R. Sotsialnaya psixologiya. Piter., 2008
6.Vagin M. Podnimis nad tolpoy. Moskva.:UP. 2001
7.Jalilova S. Ijtimoiy psixologiya. TDPU 2002

1 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages.


Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə