2 Laboratoriya ishi Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash



Yüklə 151,56 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü151,56 Kb.
#135932
  1   2   3
2 Laboratoriya ishi Mavzu Kommutatorda port xavfsizligi port s


2 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash
Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port-security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC-manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).

2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:

  1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);

  2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi (2.3-rasm).

Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.

2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).

2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.

Yüklə 151,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə