2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi



Yüklə 146,38 Kb.
səhifə1/6
tarix12.12.2023
ölçüsü146,38 Kb.
#148729
  1   2   3   4   5   6
2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi


2-MA’RUZA. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari.
Mavzu rejasi

  1. Davriy o’zgaruvchan toklar.

  2. Bir fazali tok zanjiridagi parallel va ketma-ket ulangan induktivlik, sig‘im va aktiv qarshilik.

  3. Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulida hisoblash

  4. Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan tasvirlash

O‘zgaruvchan tok.
Yo‘nalishi va qiymati davriy ravishda o‘zgarib turadigan har qanday tok o‘zgaruvchan tok dеyiladi. O‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha ma’lum qonun asosida o‘zgaradi, ya’ni tokning qiymati vaqtning funksiyasidir. Vaqt bo'yicha sinusoidal qonun bo’yicha o'zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal EYuK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi(2.1-rasm):
(2.1)
bu yerda i(t) – o‘zgaruvchan tokning oniy qiymati, Imo‘zgaruvchan tokning maksimal (amplituda) qiymati, ω – burchak chastota, φ – boshlang‘ich faza, t –vaqt.

2.1-rasm.
Agar tok qiymatlari bir xil vaqt oraliqlarida takrorlansa unda bu davriy tok deyiladi.
(2.2.)
O‘zgaruvchan tok qiymatlari eng kam vaqt oraliqlarida takrorlansa bu vaqt davr deyiladi. Davr T sekundlarda o‘lchanadi.
Sinusoidal tokning davriy qiymati quyidagi formula orqali topiladi.
(2.3)
Bu yerda tokning maksimal yoki amplituda qiymati.
sinusoidal funksiya argument faza deyiladi; t = 0 vaqt oralig‘idagi fazaga teng bo‘lgan φ kattaligi boshlang‘ich faza deyiladi. Faza radian yoki graduslarda o‘lchanadi. Davrga teskari bo‘lgan kattalik chastota deyiladi. Chastota ν gerslarda o‘lchanadi
[Hz] (2.4)
G‘arbiy yarim shardava Yaponiyada 60 Gs li o‘zgaruvchan tok, sharqiy yarimsharda esa 50 Hz chastotali tok foydalaniladi.
ω kattaligi aylanma yoki burchakli chastota deyiladi. Burchakli chastota rad/s da o‘lchanadi.
(2.5)
Agar bir xil chastotali sinusoidal toklarning boshlang‘ich fazalari bir xil bo‘lsa unda bu toklar faza bo‘yicha to‘g‘ri keladi. Ikkita sinusoidal toklarning faza siljishi boshlang‘ich fazalarning ayirmasi bilan o‘lchanadi.
(2.6)
Ossellograf yordamida sinusoidal tok yoki kuchlanishning amplituda qiymatini o‘lchash mumkin.
Elektr magnit tizimning ampermetr va voltmetrlari o‘zgaruvchan tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlarini o‘lchaydi. Davr davomidagi tokning o‘rtakvadrat qiymatiga o‘zgaruvchan tokning amaldagi qiymati deyiladi.

Yüklə 146,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə